Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar:
|
Ta’limiy maqsad: tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra 2 turga bo‘linishi, unli tovushlarning belgilari: to‘siqqa uchramasligi, cho‘ziq aytilishi va ovozdan hosil bo‘lishi, unli tovushlar so‘z ma’nosini farqlashga xizmat qilishi haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: mashqdagi matn orqali o‘quvchilarni, poytaxt shahar bilan tanishtirish, vatan ruhida tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilar lug‘atini tinchlik qo‘rg‘oni, ozodlik kuyi, mehrning o‘chog‘i so‘zlari bilan boyitish, chiroyli yozish ko‘nikmasini rivojlantirish
|
Kutilayotgan natija:
|
Dars yakunida o‘quvchilar unli va undosh tovushlar, unli tovushlarning belgilari, to‘siqqa uchramasligi, cho‘ziq aytilishi va ovozdan hosil bo‘lishi, unli tovushlar so‘z ma’nosini farqlashga xizmat qilishi haqida bilimlarga ega bo‘ladilar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |