Ta’limiy maqsad:O’quvchilarning undalma va undalmalarda tinish belgilarining qo`llanishiga oid bilimlarini kengaytirish
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilar bilan undalmalar ishtirokida vatanparvarlik, insonparvarlik tushunchalari mohiyatini anglatuvchi gaplar tuzgan holda ularda yuqoridagi tuyg`ularni shakllantirish, o`quvchilar ongiga insoniy fazilatlarni singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning so`zlarni to`g`ri qo`llay olish, mantiqiy fikrlay olish malakasini rivojlantirish.
Kutilayotgan natija
Dars yakunida o’quvchilar undalmalarda tinish belgilarining to`g`ri qo`llanishiga doir bilimga ega bo`ladilar. .
Dars davomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi, dars shiori ishlab chiqiladi, “Ma`naviyat daqiqasi” o`tkaziladi.
Munozara
5 daqiqa
3-bosqich darsning borishi
1.o’tgan dars haqidagi bilimlarni tekshirish
2. Undalma haqidagi bilimlarning qay darajada o`zlashtirilganligini aniqlash
3. Tilimizda qanday tinish belgilari mavjudligini so`rash
4. Mashqlar bajarish orqali yangi mavzuga doir qoidalar chiqarish.
5.Mustaqil ishlash.
Muammoli vaziyat
O’yin
Savol-javob
Muammoli- vaziyat
Yozma
1.Mavzuni mustahkamlashda o`yin va sahna ko`rinishidan foydalaniladi.
O`yin
Sahna ko`rinishi
3 daqiqa
3 daqiqa
5-bosqich Baholash
O’quvchilarnin darsda ishtiroki hisobga olinib ballar e’lon qilinadi va dars yakunlanadi.
2 daqiqa
6-bosqich
Tinish belgilarini qo`yib gaplarni ko`chirish va undalmalarni belgilash vazifasi beriladi.
Tushuntirish
2 daqiqa
Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur.
O`quvchilar bilan “Ma`naviyat daqiqasi” o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar ta`lim-tarbiyaga doir maqollar, hikmatli so`zlar aytishadi. O`qituvchi o`quvchilarning fikrlarini umumlashtirib, inson hamisha ona vatan xizmatida bo`lishi lozimligini uqtiradi.
So`ngra uyga berilgan 265-mashq tekshiriladi. Mashq shartiga ko`ra she`riy asarlardan undalmaning qo`llanishiga ko`ra gap tuzishlari kerak edi. Ular bu vazifani quyidagicha bajarishlari mumkin.
1-o`quvchi: -Nega yig`lamaysan, ahli Andijon?
2-o`quvchi: -Dehqon bobo, endi siz ham tin oling .
3-o`quvchi: -O`zbekiston, bo`yi-basting ko`rsat endi.
4-o`quvchi: -Jayron, nega ko`zing to`la yosh?
O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tarqatmalarda quyidagi savollar beriladi:
1.Undalma deb nimaga aytilad?
2.Undalma bilan eganing o`xshash va farqli tomonlari haqida so`zlang.
3.Undalma gapning qaysi o`rnida kelishi mumkin?
4.Uyushiq undalmalarga misol keltiring.
5.Qanday undalmalar yoyiq undalmalar deyiladi?
6.Undalma qatnashgan gapning kesimi qanday shaklda bo`ladi?
So`ngra muammoli vaziyat yaratish uchun yozuv taxtasiga misollar yozilgan ilinadi:
1.O`quvchilar imtihonlarga tayyorgarlik ko`rishni boshladilar.
O`quvchilar, imtihonlarga tayyorgarlik ko`rishni boshlang.
2.Do`stimni tug`ilgan kuni bilan tabrikladim.
Do`stim, tug`ilgan kuning bilan tabriklayman.
3.Ustozim-mening eng yaqin maslahatgo`yim.
Ustoz, siz mening eng yaqin maslahatgo`yimsiz gaplarini o`zaro qiyoslanadi. O`quvchilar ular orasidagi o`xshashlik va farqlarini topib gaplarning ega va kesimlarini aniqlaydilar.
Yangi mavzu bayoni:
266-mashq. Undalmalardan keyin undov belgisining ishlatilishiga e`tibor berib o`qiladi, undalmalarning gapdagi vazifasini aniqlanadi.
Aziz vatandoshlar! Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqni ko`zlab yashaganlar.
Zafar!Oyimlar keldilar.
– O`g`lim Yodgor! Aftidan, meni tanimading, – dedi chol.