3. Murtakning xillari (tiplari).
Ikki xujayrali proembrio xujayralarining bo’linishidan hosil bo’ladigan to’siqlar yunalishiga, hamda murtakning qismlarga ajralishiga asoslanib chet el embriologlari (Shnarf 1929,1931; Suej 1934,1935 va Djogansen 1950) gulli o’simliklarda 6 hil murtakning turlarini yozib koldiradilar.
1. Karamguldoshlar tipi (Cruciferae).
Bu ikki pallalilarga xos eng ko’p tarqalgan bo’lib, bunda proembrioning apikal xujayralari uzunasiga ikkiga bo’linadi. Bazal xujayra esa murtakning hosil bo’lishida juda kam ishtirok etadi va xattoki katnashmasligi ham mumkin. Bu tip jag-jag usimligida yaxshi urganylgan. Murtakning ana shunday tuzilishini karamguldoshlardan tashqari
sigirquyruqdoshlar, ayiktovondoshlar, rayxondoshlar, rutadoshlar, burchakdoshlar sutlamadoshlar va shu kabi oilalarda kurish mumkin. Ikki
xujayrali proembrio hosil bo’lishda bazal xujayra ko’ndalangiga ikkiga bulinadi, apikal xujayra esa uzunasiga bo’linadi, natijada 4 ta xujayradan tashkil topgan T shakldagi proembrio hosil bo’ladi. Keyinchalik xujayralar bo’linishida tusiqlar turli bulinishdan so’ng oktantlar
(8 xujayra) hosil bo’ladi. 8 xujayrali proembrioning intensiv bo’linishi natijasida turt qavat xujayralar hosil bo’ladi. Shulardan yuqori qavati (Yarusi) dan urug’pallalar va kurtakcha, uning ostidagi kavatdan gipokatil (urug’palla osti qismi va ostki ikki qavatdan murtakning ildiz qismi kin va ildizcha): paydo bo’ladi. Bazal xujayra 2-4 bulinishdan keyin birnecha (6-10 tagacha) osilma - sop xujayralarini hosil kiladi, ana shu xujayralardan ostkisi kuchli kengayib gaustoriyaga aylanadi.
Bazal xujayradan hosil bo’lgan boshqa xujayralar osilma - sopga aylanadi, ba’zan ulardan bir bo’lagi ildizning birlamchi pustlog’i, epiblemasi va ildiz qinini ham hosil qiladi. Ko’pchilik gulli o’simliklarda osilma - sop vaqtincha hosil bo’lib, keyinchalik u murtakning rivojlanishiga sarf bo’lib yo’qolib ketadi. Demak, osilma - sop murtakning oziqlanishi uchun qo’laylik tug’dirishdek asosiy vazifani bajaradi.
Osilma - sop bir xujayrali,ko’p xujayrali, bir qavatli va ko’p qavatli ham bo’lishi mumkin. Osilma - sop xujayralari ham bir yadroli yoki ko’p yadroli bo’ladi.
Kuchli rivojlangan osilma - soplar endosperm va nusellusdan olingan -oziqa moddalarning murtakka intensiv oqib kelishini ta’minlaydi. Ana shunday osilma - soplar beda, no’xat china va shu kabi boshqa burdoqdoshlar oilasi vakillarida yaxshi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |