Mavzu :Embriogenez
Urug’langan tuxum xujayra zigota deyiladi. Zigotaning o’simliklarning boshqa. ko’payish uchun xizmat qiladigan organ xujayralaridan farqi shundaki, unda ikkita maxsus jinsiy xujayra. gametaning belgilari mujassamlashgan, u ikkita organizm (onalik va otalik) genetik belgilarini o’zida aks ettiradi va ana shunday zigotadan rivojlangan yangi avlod o’zgarayotgan tashki muxit sharoitlariga ko’proq moslashgan bo’ladi.
Zigotaning shakli va ulchami har hil bo’ladi. Gulli o’simliklarda u ko’pincha noksimon yoki silindrsimon shaklda. bo’ladi, ba’zan u oz-moz bukilgan bo’lishi ham mumkin. Uning yadrosi ko’pincha ekssentrik xolatda joylashadi. Gulli o’simliklar zigotasi tashki tomondan yupqa pust bilan o’ralgan bo’lib u zigotani murtak xaltasi plazmasi bilan o’zaro modda almashinish jarayonini osonlashtiradi. Murtakning asta sekin rivojlanishi bilan zigota pusti yo’qolib boradi.
Zigota plazmasi tarkibida yadrodan tashqari yana mitoxondriyalar, leykoplastlar, xloroplastlar, xromoplastlar, amiloplastlar va yog’ tomchilari topilgan. Zigota kutblilik xos bo’lib, uning yuqori sitoplazmaga boy qismida yadro, ostki sitoplazmasi kam bo’lgan qismida esa vakuola joylashadi.
Shu sababli modda almashinishi jarayoni ham yuqori qismida pastki qismiga qaraganda intensiv bo’lib turadi. Tuxum xujayra urug’langandan so’ng zigotaning o’sishi va rivojlanishi jarayonida murtakning shakli va tizimi murakkablashib boradi va unda har hil tuqima va organlar shakllana boshlaydi. Zigotaning tinim (yetilish) davri birmuncha uzok, bo’ladi. Olimlarning fikricha yadroli endospermda xujayrali endospermga qaraganda tinim davri ko’prok, chuziladi. Zigotaning yetilish (tinim davri) birgina o’simliklar guruxiga emas, balki tashki muxit omillariga ham bog’liqdir. Issik, joylarda usuvchi bir yillik o’simliklarda bu kursatgich 4-6-10-18 soat davom etishi mumkin (Mageshvari, 1954). Boshqa hil o’simliklarda zigotaning yetilish davri chuziqroq bo’lib, bu kursatgich anjir, lipa, eman, va shu kabi daraxt o’simliklarda 2-4 xaftani tashkil etadi yoki Viscum albus usimligida 2 oyga teng bo’ladi.
Murtak xaltasiga kirgan chang naychalari murtakning rivojlanishida katta rol uynaydi. Urug’lanish jarayonidan keyin murtak xaltasi ichiga kirib kolgan chang naychalari zigotaning rivojlanishi davrida uning uchun ozika bo’lib xizmat kiladi. Ko’pchilik gulli o’simliklarda zigotaning birinchi bulinishi endosperm rivojlangandan so’ng kuzatiladi. Masalan makkajuxorida endosperm yadrosi bulinib uning mikdori 8-10-12 ga yetganda zigotaning birinchi bulinishi boshlanadi, primula (marvaridgulda) usimligida esa endosperm yadrosi 1000 taga yetganda zigota bo’lina boshlaydi va hokazo. Zigotaning birinchi bo’linishini tushuntiruvchi bir necha hil fikrlar mavjud. Ba’zi bir tushunchalar bo’yicha spermiy tuxum xujayraga kirishi bilan maxsus garmonlar ajratib zigotaning bo’linishini tezlashtiradi desa, ikkinchi bir fikr bo’yicha esa, zigotaning birinchi bo’linishi tuxum xujayraning uzi tomonidan ajratib chiqarilgan garmonlar asosida bo’ladi.
Birinchi va undan keyingi bo’linishlarning hammasi ham mitoz yordamida bo’lib o’tadi.
Zigotaning birinchi bo’linishi natijasida ikkita xujayra hosil bo’ladi. Bu xujayralarning mikropile tomonidagisini bazal va ikkinchisi apikal yoki terminal xujayralar deyiladi. Keyinchalik bazal xujayradan murtakning osma - sop shakllanadi, undan esa murtakning ildizcha qismi hosil bo’ladi.
Apikal xujayradan murtakning uzi shakllanadi. Bazal xujayradan apikal xujayraga qaraganda modda almashinishi jarayoni uzgacha bo’ladi va uning bo’linishi ham ko’pincha sust bo’ladi. Apikal xujayraning bo’linishi ko’pincha intensiv xolda o’tadi va juda kiska muddat davrida undan ko’p xujayrali proembrio-murtak oldi usimta hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |