Mavzu: uglerod ishning maqsadi



Download 40,61 Kb.
bet1/3
Sana30.03.2022
Hajmi40,61 Kb.
#517735
  1   2   3
Bog'liq
uglerot (1)


Mavzu: UGLEROD
Ishning maqsadi: Uglerod va uning birikmalari xossalarini o‘rganish.
Kerakli reaktivlar: qo‘rg'oshin (II) oksidi, fuksin eritmasi, suyuq brom, qo‘rg'oshin nitrat, qo‘rg'oshin yodid, konsentrlangan sulfat kislota, bromli suv, chumoli kislota, kaliy karbonat, malaxit (Cu2(OH)2CO3va CaCO3(bor kukuni) tuzlari, marmar bo‘lakchalari, va boshqalar
Kerakli jihoz, uskunalar va idishlar:
1. Har xil o‘lchamli probirkalar, chinni tigel, mufel pechi, Kipp apparati
2. Pipetkalar har xil o‘lchamda
3. Oddiy stakanlar, kolbalarbilan
Ishning borishi:
1. Amorf uglerodning olinishi (yog‘ochni quruq haydash). Probirkaning 3/4 qismigacha quruq yog'och qipiqlaridan yoki mayda bo‘lakchalaridan soling. Probirkani egik gaz o‘tkazuvchi shisha nay o‘m atilgan tiqin bilan berkitib, shtativga mahkamlang. Probirkani kuchsiz gaz alangasida qizdirib, yog'ochning parchalanishidan gaz mahsulotlarining ajralib chiqishini kuzating. Qizdirishni to‘xtamasdan gaz chiqaruvchi naydan chiqayotgan gazni yoqing. Gaz chiqaruvchi nayning egik qismida yog'ochni quruq haydashda kondensatsiyalangan suyuqlikni belgilang. Reaksiya tugagandan keyin qizdirishni to‘xtating, probirka sovigandan so‘ng uni shtativdan oling. Shisha tayoqcha yordamida hosil bo‘lgan yog' och ko‘mirini qog'oz ustiga tushiring va keyingi tajribalar uchun saqlab qo‘ying.
a) uglerodni qaytarish xossasi. 2-3 g qo‘rg'oshin (II) oksidini 2 marta ko‘proq olingan ko‘mir bilan yaxshilab aralashtiring. Aralashmani chinni tigelga solib. 20-30 minut ichida mufel pechida kuchli qizdiring. Tigelni pechdan chiqaring va soviting, aralashmadan qo‘rg'oshin zarrachalarini ajratib oling. Reaksiya tenglamalarini yozing.
2. Ko‘mirning adsorbilash xossasi: a) rangli moddalarni eritmadan adsorbilash. Probirkaning 1/2 qismigacha fuksinning och-binafsha eritmasidan quying.1-tajribada olingan ko‘mirning yarmini probirkaga soling. Probirka og'zini barmog'ingiz bilan berkitib, 2-3 minut davomida chayqating, eritmani tindirish uchun qo‘ying. Eritma rangining o‘zgarishini aniqlang;
b) gaz holidagi moddalar adsorbsiyasi. ( Tajriba mo‘rili shkafda olib boriladi). Probirkani gaz holidagi brom bilan to‘ldiring. Buning uchun shisha tayoqchaning 1-2 sm ini suyuq bromga botirib oling va so‘ngra quruq probirka tubiga tushiring. Shisha tayoqchani tezda probirkadan chiqarib olib, 1-tajribada olingan ko‘mirning yarmini qolgan bromli probirkaga tezlik bilan soling. Probirkani tiqin bilan zich yoping va bir necha marta kuchli chayqating. Probirkadagi gazning rangsizlanishini kuzating.
d) eritmadagi ionlarni adsorbilash. Probirkaga 2-3 tomchi qo‘rg'oshin nitrat tuzining 0,01 n eritmasidan tomizing. Unga 1 tomchi kaliy yodidning 0,1n eritmasidan qo‘shing. Qo‘rg'oshin yodidning cho‘kmaga tushishini kuzating (probirkani olingan cho‘kmasi bilan kontrol sifatida saqlang!). Boshqa probirkaning yarmigacha qo‘rg'oshin nitratning o‘sha eritmasidan quying va ustiga aktivlangan ko‘mir kukunidan soling.
Probirka og'zini barmog'ingiz bilan berkitib, 2-3 minut davomida kuchli chayqating. Eritmani filtrlash yorda mida ko‘mirdan ajrating. Olingan tiniq eritmadan 2-3 tomchi olib boshqa probirkaga o‘tkazing va 0,1 n kaliy yodid eritmasidan 1-2 tomchi tomizing. Kuzatganlaringizni laboratoriya daftariga qayd eting.
2-holda olingan qo‘rg'oshin yodid cho 'kmasi bilan kontrol probirkani solishtiring. Farq nima bilan tushuntiriladi?

Download 40,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish