Mavzu: Uchinchi sinf o`qish darsligidagi ertaklar ustida ishlash yo`llari. Ilmiy rahbar: f f. nomzodi, dosent


Ertaklarning janr xususiyatlari va turlari



Download 6,37 Mb.
bet5/7
Sana06.07.2022
Hajmi6,37 Mb.
#747313
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5237950979567000190

2.1. Ertaklarning janr xususiyatlari va turlari.
  • O'zbek adabiyotining ajralmas tarkibi bo'lgan bolalar adabiyoti rivojida fol`klor muhim omillardan biridir. Unda fol`klor janrlarini o'zlashtirib, shu asosda yangi bir asar yaratish o'ziga xos ijodiy jarayon tusini olgan. Ba'zan bu holat adabiy ta'sir samarasi sifatida ham izohlanadi.
  • Ertak janri stilizatsiyasi uchun ertak shakli (boshlanmasi va tugallanmasi) va ifoda uslubi (xayoliy yo hayotiy uydirma), mifologik obraz (Xizr, sehrgar chol yo kampir, uchar ot, oltin shoxli kiyik, dev, ajdar, jin, pari), tilsim predmetlar (qaynar xumcha, sehrli oyna, sehrli kitob kabi) va motivlari (evrilish, tush, sinov, shart qo'yish, safar singari) vazifalari imkon qadar saqlanib, mazmun o'zgartiriladi.
    • Ertaklar epik tur sifatida ko'pincha nasriy bayonga asoslanadi. Shuning uchun xalq ertaklariga nasriy ertak sifatida ijodiy yondashilsa, ularga xos epik bayon uslubi yo'qolib ketmaydi. She'riy (poema) hamda dramatik ertaklarda esa yo'qoladi. Shunday ekan, bu haqda bizgacha o'z mulohazalarini bayon etgan fol`klorshunos I.Yormatov aytgandek, stilizatsiya jarayonida yozuvchi fol`klorga xos rivoyaviy bayon uslubini o'zgartirmasligi har doim lozim bo'lavermaydi8. Yana u ta'kidlaganidek, muallif har doim ham hikoyachi sifatidagina ko'zga tashlanmaydi. Xususan, she'riy va dramatic ertaklar stilizatsiyasida buning iloji yo'q. Chunki she'riy ertaklarda voqelik ijodkorning lirik kechinmalari asosida lirik talqin qilinsa, dramatik ertaklarda voqelik ikki personaj dialogi asosida yuzaga chiqariladi.
    • O'zbek bolalar adabiyotida ertak janri eng ko'p stilizatsiya qilingani kuzatiladi. Adabiy ertakchilik shakllanishi va rivojiga esa ikkita omil katta ta'sir ko'rsatdi:
    • 1.Har qanday turdagi adabiy ertakchilik shakllanishiga xalq ertaklari g'oyaviy-kompozitsion jihatdan asosiy manba vazifasini o'tadi. Shoir-yozuvchilar xalq ertaklarining kompozitsion qurilishi, g'oyaviy mazmuni, ya'ni syujeti, obrazlar va motivlar tizimi, badiiy ifoda uslubi, tasvir va talqin tamoyillaridan foydalanib, she'riy, nasriy va dramatik ertaklar yaratdilar.
    • 2.Jahon xalqlari yozma adabiyotida ertak yaratish bo'yicha orttirilgan boy tajribalar ham o'zbek shoir va yozuvchilarining bu boradagi ijodiy faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatdi. Badiiy adabiyotda yozma ertaklar uch xil turda yaratilgan. Ular birbiridan o'ziga xos belgilari bilan farqlanib turadi:
    • 1. She'riy ertaklar. Yozma adabiyotda nazm (she'r, lirika)da yaratilgan ertaklar poema (doston) janrining takomiliga katta ta'sir ko'rsatdi. Poemaning bir ko'rinishini she'riy ertaklar tashkil etadi. Ularda voqelik she'riy ko'rinishda, barmoq vaznida, lirik qahramon (ijodkor)ning his'hayajoni, ruhiy kechinmalari orqali ifodalanishi, rang-barang qofiyalanish tizimi, ba'zan hatto radif, turli band qurilishi, ko'plab she'riy san'atlardan foydalanish asosida asar g'oyaviy mazmunining ochib berilishi kuzatiladi.
    • 2. Nasriy ertaklar. Xayoliy (fantastika) yoxud hayotiy uydirma (mubolag'a)ga asoslangan biror-bir voqelikni hikoya usulida bayon etishga, ijodkor qarashlari doirasida epik tasvirlashga mo'ljallangan. Unda voqelikni batafsil bayon etish, ijodkor munosabatini chuqurroq yoritish imkoniyati keng.
    • 3. Dramatik ertaklar. Sahnaga mo'ljallab yaratilishi va sahnada ijro etilishi bilan ajralib turadi. Ularda har bir obraz o'z xarakteriga xos xislatlarini nutqi, xatti-harakati orqali ochadi.
    1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish