Mavzu: Uchinchi sinf o`qish darsligidagi ertaklar ustida ishlash yo`llari. Ilmiy rahbar: f f. nomzodi, dosent


Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati



Download 6,37 Mb.
bet3/7
Sana06.07.2022
Hajmi6,37 Mb.
#747313
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5237950979567000190

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Ish amalga oshirilish jarayonida maktab darsliklarida o‘quvchilarning o‘quv, bilim faoliyatini izchil shakllantirishga yo‘naltirilgan nazariy yondashuvlar bilan boyitildi. Shuningdek, ertak janrini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma va tafsiyalar beriladi.
  • Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqotni yoritib berishda prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning asarlari, birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning ilmiy asarlari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning adabiyot darsliklari va bu mavzuga doir monografiyalar, dessirtatsiyalar, hamda ilmiy maqolalarga tayaniladi.
  • Tadqiqot metodlari. Obyektiv kuzatgan holda, qiyosiy-tarixiy, nаzаriy, аmаliy vа mustаqil ishlаsh (ijоdiy) mеtоdlаrdаn fоydаlаnilаdi.
  • Ilmiy ishning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi. Ushbu ilmiy bitiruv ishining mavzusi QDPI Boshlang`ich ta’lim fakulteti, BOshlang`ich ta’lim va STI o‘qitish metodikasi kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog‘liq bo‘lib, kafedraning umumiy mavzusidan kelib chiqqan holda tanlangan.
  • Tadqiqotning tuzilishi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, 6 reja xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
  • I bob. Boshlang`ich sinflarda ertaklarni o`rganishning nazariy asoslari.
    • Ertaklarning mavzu doirasi.
  • Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o'tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi. Ertakning o'tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahram onlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining — yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalari o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kishilar timsoli bo'ladi.
  • Ya’ni bir paytning o`zida ertaklarda ijobiy va salbiy qahramonlarning bo`lishi o`quvchi ongida yaxsilik va yomonlik haqidagi tasavvurlarning paydo bo`lishiga xizmat qiladi. Bu esa uning dunyoqarashi takomiliga katta ta’sir ko`rsatadi.
  • Inson qadim zamonlardan buyon tabiat kuchlarining mohiyatini anglash, ularni о'ziga bo'ysundirish, dunyoda ro'у berayotgan voqea-hodisalarni tushunish, adolat, baxt-saodatni orzu qilgan. Barcha xalqlarning orzu-niyatlari aslida bir-biriga hamohang bo'lsa-da, ularni har bir xalq о'zicha ifodalagan. Xalqlarning ana shu orzu-niyatlari ifodasi о'laroq xalq og'zaki ijodida ertak janri maydonga kelgan. Xalq ertaklari barcha xalqlar og'zaki ijodiga xos qadimiy janrdir. Har bir xalq ertaklarida mazkur xalqning dunyoqarashi, milliy "Ahmadjon bilan Luqmonjon" ertagiga ishlangan rasm xarakteri, sinfiy munosabatlari, turmushi ma'lum darajada о'z ifodasini topadi. Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy vа hayotiy uydirmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea-hodisalarning ajoyib-g'aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarining g'ayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Asrlar osha davr tahririga uchrab, sayqallashib, go'zal shakllari, sodda va teran mazmuni bilan bizgacha yetib kelgan ertaklarning badiiy kuchi — ularning xalq orzu- umidlari va turmush haqiqatlari bilan uyg'unligida, kishilarning ruhiyatini о'zida aks ettirishida, kattalarga ham, kichiklarga ham birday yoqimli, qiziqarli bo'lishidadir.
  • “Ertak” atamasi Mahmud Qoshg`ariyning XI asrda yozilgan “Devonu lug`atit turk” asarida “etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani og`zaki tarzda ifodalash ma`nosini bildiradi. Ertak so'zining lug'aviy ma'nosi — aytish, aytmoq, hikoya qilmoq ma'nolarini bildiradi. Ertak Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida «matal», Buxoro viloyatining ba'zi tumanlarida «ushuk», Toshkent shevasida «cho'pchak» atamasi bilan nomlanadi. Bundan tashqari, о'zbeklar orasida ertakning hikoya, afsona, о'tirik, tutal kabi atamalari ham uchraydi. Ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar, bahodirlik ertaklari, sehrli- fantastik ertaklar, sarguzasht ertaklar, tarixiy va ijtimoiy-maishiy ertaklar singari guruhlarga ajratiladi.
  • O'zbek xalq ertaklari, odatda, saj' (nasrdagi qofiya) usulida yaratiladi vа «Воr ekan-da, уо'q ekan, och ekanda, to'q ekan...» singari an'anaviy kirish bilan boshlanadi hamdа «... murod-maqsadlariga yetibdilar», degan an'anaviy tugallanma (xulosa) bilan yakunlanadi. Ertaklarda xalqning badiiy ijodga, boy taxayyuloti (fantaziyasi)ni ifodalashga intilishi aks etadi. Zero, hayotdagi buyuk kashfiyotlar ham, odatda, to'qimalardan, ijodiy tasavvurdan yaraladi. «Uchar gilam», «Zangori gilam» kabi mashhur xalq ertaklaridagi qahramonlar bundan minglab yillar oldin osmonga ko'tarilish, parvoz qilishni orzu qilib, ko'z ilg'amas masofalarni uchar gilamlarda bosib о'tgan edilar. Masalan, uchar mashina — samolyot ayni ana shu sehrli ertak mahsuli, ertaklardagi uchar gilamning hayotdagi aksidir. Albatta, uchar gilam bilan samolyot о'rtasida yer bilan osmoncha farq bor, lekin bunda insonning ko'kka parvoz qilish haqidagi asriy orzulari ro'yobga chiqdi.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish