KATTA GURUH BOLALARINI JISMONAN RIVOJLANTIRISH.
Bolalarni jismonan mashqlarni muntazam bajarishga o`rgatish. Sport turlari bilan tanishtirish
hamda ularning u yoki bu sport turiga bo`lgan qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish. Sport o`yinlarini
o`rgatish jismoniy mashqlar qilishga odatlantirish. Katta – katta qadam tashlab yurishga o`rgatish. Yarim
o`tirgan holda tovonda va barmoq uchlarida turish, oyoq yonlariga tayanish. Qo`llarni turli harakatli
yo`naltirishga, oyoqlarni chalishtirib qadamlar oralig`idagi masofani o`zgartirib borishga, tizzalarni
baland ko`targan holda uchlarida, katta-kichik qadam tashlab yurishga. To`siqlardan sakrab o`tishga
o`rgatish.
Bolalarni emaklab va tirmashib chiqishga o`rgatish, birin-ketin bir necha buyumlarning ustidan
emaklab o`tish, cho`kkalab, qo`llarni tizaga tiragan holda skameyka, kravat, divan bo`ylab orqa va
oldinga emaklashga o`rgatish.
Bir joyda yurgan holatda ikki oyoqda sakrashga, galma-gal almashtirib bir oyoqda sakrashga
o`rgatish. Oldindan siljigan holda 3-4 marta masofani shu zaylda sakrab o`tish, 20-25 sm balandlikdagi
to`ziqdan o`tishga o`rgatish.
Koptokni otishga, ilib olishga, yerda tashlab ikki qo`llab ilib olishga o`rgatish. Bir-biriga koptokni
otib, uni har xil vaziyatda (turgan, o`tirgan holatda, pastdan, bosh orqasidan, ko`krakdan, yerdan sakrab)
ilib olishga o`rgatish.
Qo`llarni ko`krak oldiga, yelkaga va yon tomonga tutishga, yon tomonga uzatish tirsakdan
bukish, oldinga bukish, ikkala qo`lni galma-galdan, va bir vaqtda yuqoriga ko`tarish va orqa ko`rsatish,
barmoqlarini yozish va bukish (musht qilish va ochish) mashqlarini bajarishga o`rgatish. Ketma-ket bir
necha marta o`tirib, turish, bunda qo`llarni yon tomonda va yuqoriga zarb bilan harakatlantirish
mashqlarini bajarishga o`rgatish.
Chalqoncha yotib, oyoqlarini chalishtirib harakat qilishga o`rgatish. Bolalarni jismoniy kamolatini
ta`minlash maqsadida quyidagi harakatli o`yinlar tavsiya etiladi: :Ko`z boylag`ich”, “Qoch bolam qush
keldi”, “Koptok o`yini”, “Pat”, “Chori chambar”, “Bekinmachoq”, “Doiragacha to`rt”, “Oq soq darg`a”,
“Biz quvnoq bolalarimiz”, “Oq terakmi, ko`k terak”, “Kim tez o`raydi”, “Buyumni almashtir”, “Ovchi va
quyoncha”, “Kim oladi-yo, shuginani-yo”, “Zag`izg`on”, “Bo`sh joy”, “Kim uzoqqa sakraydi”, “Do`ppi
yashirma”, “Xo`rozlar jangi” kabi.
“Alpomish va Barchinoy” testlarini bajarish.
1.Bilish. Yuvinish, artinish, cho`milishni gigiyenik ahamiyati, jismoniy o`yin, sayr uchin
kiyimlarni tanlash.
Bajara olish, jamoada o`zini tuta bilish, musiqa jo`rligida raqs tushish, nostandart buyim va
jihozlardan joydalanish.
Sinov va me`yor turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |