3. O`RTA GURUH BOLALARINING MA`NAVIY KAMOLATINI TA`MINLASH
Bolalarda nafosat va orastalikni shakllantirish. Ularda kiyinish, yechinish, sochlarini tarab qo`yish
etkazish kabi hislatlarni tarkib toptirish.
Kiyimlardagi nuqson (loy sachrash, choki so`kilishi, tugmasini tushib qolishi)ni o`z vaqtida
sezish, uni kattalar yordamida bartaraf qilishga odatlantirish.
Shaxsiy gigiyena (qo`lni sovun bilan yuvish, tirnoqlarini tozalash, iflos narsalarga qo`l
tekkizlaslik kabilar) qoidalariga rioya qilishga o`rgatish.
Uyqudan keyin, ovqatlanishdan oldin, yumush bajargandan so`ng suvni isrof qilmasdan
yuvinishga o`rgatish. Qo`l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlashga o`rgatish.
Ertalab yuvinmasdan kattalarga salom berish hurmatsizlik ekanligini anglatish.
Kiyimlarni tez va to`g`ri kiyib yechishga odatlantirish. Tengdoshlari kiyimdagi va
tartibsizliklardan ohista ogohlantirishga o`rgatish. Ko`chada qog`oz va boshqa ortiqcha narsalarni yerga
tashlamaslik, ularni belgilangan joyga tashlashga o`rgatish.
Bolalarda atrofdagi kishilarga, o`rtoqlariga nisbatan xushmuomalalikni shakllantirish. Ko`chada
jamoat joylarda, mehnonda tartib-intizomli bo`lishga odatlantirish. Xonaga kirganda oyoq kiyimini
yechishga va atrof joyiga tartibli qo`yishga o`rgatish.
O`zidan katta yoshdagilarga “siz”lab murojaat qilishga o`rgatish. Katta yoshdagi kishilarga
hurmat bilan salom berishga, uxlashga yotayotganida xushmuomalalik bilan “Otajon, onajon, yaxshi
yotib turing”, deb tilak bildirishga odatlantirish. Kattalar va tengqurlari ko`magiga minnatdorchilik
bildirib, “raxmat” aytishga o`rgatish. Tengdoshlari va o`zidan kichiklarga e`tiborli bo`lish, yordam
berish, saxiylik, mehribonlik, g`amxo`rlik qilishga o`rgatish.
Tengqurlari va o`zidan kichiklarning ismini to`liq aytishga, o`zidan kattaroq yoshdagilarga “aka”
yoki “opa” so`zini qo`shib aytishga o`rgatish.
Bolalarda mehnatsevarlik va mustaqillik sifatlarini rivojlantirish. Xonani saranjom-sarishta
tutishga, xona anjomlarini joy-joyiga qo`yishga, o`yinchoqlarning faqat kerakligini olib o`ynashga
odatlantirish.
Xontaxta, kursi, divan, kreslo, shkaf, ko`zgu kabilar bilan tanishtirish. Duradgorlik asboblarining
(arra, tesha, bolta, egov, ombur) nomlarini va vazifalarini o`rgatish.
O`g`il bolalarni uy hayvonlarini parvarishlash, suv keltirish, axlat to`kish kabi uy yumushlariga
o`rgatish.
Bolalarda kattalar mehnatiga qiziqish va hurmat hissini shakllantirish. Kattalar mehnati haqidagi
tushunchalarini kengaytirish. Uy-ro`zg`or yumushlarini bajarishga kattalarga yordam berishga
odatlantirish.
O`simlik va jonivorlarni parvarishlashga (o`simliklar tagini yumshatish va sug`orish, tovuq va
qushlarga don, suv berish, kabilar) meva va sabzavotlarni yig`ishtirishda yordam berishga o`rgatish.
Buyumlarni va rasmdagi shakllar (doira, kvadrat, uchburchak)ni bir-biridan farqlash, ularning
qanday shakllarda ekanligini aytishga o`rgatish.
To`g`ri to`rtburchak bilan tanishtirish, tayoqchalardan to`g`ri to`rtburchak, kvadrat, uchburchak
yasashda o`rgatish. Bu shakllardan foydalanib, qo`shimcha-uycha yasashga o`rgatish. Aniq bir
yo`nalishni ifodalovchi so`z va qo`shimchalarni o`rgatish.
Masalan: oldinga-orqaga, yuqoriga-pastga, o`ngga-chapga, oldinda-orqada, yuqorida-pastda,
o`ngda-chapda kabilar.
Vaqtni ifodalovchi so`zlarni o`rgatish asosida olalargavaqt haqida tasavvur hosil qilish. Masalan:
kun, tun, ertalab, kechqurun, kecha, bugun, ertaga kabilar. Harakat tarzini ifadalovchi so`zlarni (tez,
sekin) o`rgatish.
Sanoq cho`plar to`pi bilan tanishtirish va u bilan ishlashni, kub va shar shakllari nomini o`rgatish.
Bolalarning matematik tafakkurini rivojlantirish maqsadida quyidagi didaktik o`yinlar va
mashqlar tavsiya etiladi: “Kimga qancha?” , “Qaysi o`yinchoq yashirilgan?” , “Kimga shuncha?”,
“Darvozadan o`ting”, “Keling sanaymiz”, “Qaysi o`yinchoq, qaysi songa tegishli?”, “Sharlar”,
“Tovushiga ko`ra toping”, “Kim tezroq terib oladi?”, “Teskarisini ayting”, “Gulli g`ildirak”, “Miqdoriga
ko`ra tanlang”, “Qo`lingizda nima bor?”, “Katta va kichik narsalar”, “Qaysi doirani qo`yish zarur?”,
“Mahsus topshiriq”, “Nima o`zgardi?” , “Kimga nima?”, “Huddi, shunday halqani toping?”, “Unda nima
bor?”.
Bolalarga ilk iqtisodiy ma’lumotlar berish. O`yinchoq, konfet, kiyimlar va boshqa narsalarning
bozor va do`konlar sotib olinishini tushuntirish. Bozor va do`kondagi narsalar sotilishi, haqida tasavvur
hosil qilish. Pul mehnat evaziga topilishi haqida tushuncha berish. Pulni topish oson emasligi, uni tejab
sarflash, faqat zarur narsalar (kiyim, kechak, uy ro`zg`or buyumlari, oziq-ovqatlar, o`yinchoqlar) sotib
olish lozimligini anglatish.
Bolalarga tabiat va uni asrash zarurati haqida ma`lumot berish. Meva va sabzavotlar(olma, uzum,
qovun, tarvuz, nok, shaftoli, o`rik, olcha, gilos, qulupnay, sabzi, karam, pomidor, piyoz, kartochka va
boshqalar) nomlarini, shaklini, rangini va ta`mini aytib berishga o`rgatish. Ulardan qaysi biri qayerda
(daraxtda, polizda, kabi) o`sishi haqida tasavvur hosil qilish. Gullar bilan tanishtirishda davom etish.
Ularning nomlarini to`g`ri aytishga, rangi va o`ziga xos belgilarni ajrata olishga o`rgatish, xona gullari
haqida ma`lumot berish, ulardan ayrimlarini nomini aytishga o`rgatish, ularni parvarish qilishga
o`rgatish.
Uy hayvonlari (mushuk, kuchuk, sigir, qo`y, echki, ot va boshqalar) va ularning bolalarini
nomlarini aytishga o`rgatish. Har qaysi uy hayvoni nima oziqlanishi haqida tasavvur hosil qilish.
Ularning o`ziga xos xususiyatlari (yurish, ovoz chiqarish)ni o`rgatish.
Qushlar (chumchuq, musicha, kaptar, to`ti, bulbul, boyo`g`li, qaldirg`och, qarg`a va
boshqalar)ning nomi katta-kichikligi, rangi, qanday ovoz chiqarish, qanday, nima bilan oziqlanishi, bilan
tanishtirish.
Baliq, qurbaqa, ilon, toshbaqa, tipratikon, tovuq, o`rdak, g`oz kabi jonivorlar hayoti bilan
tanishtirish.
Bolalarda jonli tabiatga nisbatan mehribonlik hissini tarbiyalash, ularga daraxt shoxiga osilmaslik,
tosh otmaslik gullarni uzib tashlamaslik zarurligini anglatish.
Ta`limiy o`yinlar vositasida bolalarning nutqini o`stirish va tafakkurini rivojlantirish. Bolalarga
turli qiziqiqarli o`yinlar o`ynatish sahnalashtirilgan kichik ertaklar asosida bolalarga dumaloq, to`g`ri
to`rtburchak va uchburchak shakliga o`xshash narsalar (meva, sabzavot, o`yinchoqlar)ni qog`ozning
butun sathini joylashtirib tasvirlashni o`rgatish.
Bolalarning loy plastinlin bilan ishlash malakalarini o`stirish. Loy plastinlindan yumaloq,
uzunchoq, tuxumsimon shakllarni yasashga o`rgatish. Loy bilan ishlash yo`llari bilan yaqindan tanishtira
borish: barmoqlar bilan (yaqindan) tasvirning mayday qismlarini chimdish, yapaloqlangan shakllarning
chetlarini buklash va boshqalar.
Loy bo`lagini kaftlar orasiga olib aylantirish orqali yumaloq, tuxunsimon, ustuncha shaklidagi
narsalar (olma, sabzi, bodring, tuxum, baliq, toshbaqa, xo`roz va boshqalar)ni yasashga o`rgatish.
Bolalarni qog`oz va kartondan tasvirlar qirqib yopishtirish usuli bilan tanishtirish. Qirqib
yopishtirish usulida sodda ko`rinishdagi turli shakllarni yasash orqali bolalarning tasviriy faoliyatini
rivojlantirish.
Qirqilgan qog`oz va karton bo`laklarini bir-biriga yelimlab biror narsaning tasvirini yasashga
o`rgatish.
Qirqib yopishtirish bo`yicha quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi. “Kvadrat”,
“Doiracha”, “Barglar”, “Gullar”, “O`yinchoq mashina”, “Sandiqcha”, “Bayroqcha”, “Daraxt”, “Uy”,
“Narvon”, “Panjara”.
Qog`oz yoki kartonni qirqishda qaychi (bolalar uchun maxsus uchi to`tmoq) plasmassa,
qoplangan) I to`g`ri ushlash va ishlatishni, kvadrat shaklini qirqishni, kvadratdan doira shaklini qirqishni
o`rgatish.
Qirqish-yasash ishiga bolalarning qiziqishlarini rivojlantirish.
Ularning shakli va o`lchamli har xil bo`lgan taxtachalar uzun va qisqa, keng va tor, uchburchak va
to`rtburchak, katta va kichik taxtachalar bilan tanishtirish. Bu materiallardan soda ko`rinishdagi
shakllarni qurish va yasashga o`rgatish.
Bolalarning musiqiy faoliyatini rivojlantirish. Ularni musiqa cholg`u asboblari bilan tanishtirishda
davom etish.
Doirachalar va shiqildoqlardan foydalanib, turli ohangli usullarni chalishga o`rgatish.
Musiqa asboblari ohangiga mos ravishda chaqqon harakatlanish va ohista yurishga odatlanish.
Oyoq uchiga yurib, qo`llar mayin harakat qilishga o`rgatish.
Musiqa ostida harakatlarni mustaqil boshlash va tugallashga o`rgatish. Musiqa va qo`shiq
ohangiga mos holda yengil yugirib to`xtash malakasini hosil qilish.
Musiqa ritmik k`onikmalarni shakllantirish, raqs usullarini ifodali ijro etishga o`rgatish. Musiqa
mashg`ulotlari uchun quyidagi musiqa asarlari tavsiya etiladi: o`zbek xalq kuyi – “Yallama – yorim”,
“Andijon polkasi”, - X.Muhamedova – “Qo`g`irchog`im – alla-yo”, F.Nazarov – “Kichkintoylar marshi”,
I.Akbarov – “Ko`za”, D.Omonullayeva – “Childirma”, Q.Qodirov – “Bahtiyor”, “G`oz-g`oz turdi”,
“Paxtaoy”, K.Abdullayev –“Olma”.
Bolalarga she`rlar yodlatish, go`zallikni his etish tuyg`usini shakllantirish. She`rlarni ifodali
o`qish yo`llarini o`rgatish.
Bolalarni badiiy didini o`stirish maqsadida quyidagi asarlar tavsiya etiladi. “Qumursqa”, “Oltin
xo`roz”, “Halollik”, “Quyoncha va laylakxon”, “Chivinboy”, “Bo`g`irsoq,(rus xalq ertagi), N.Norqobilov
– “Do`st”, M.Murodov – “Ahillikda gap ko`p”, T. Adashboyev – “Qo`g`irchoqni avaylab”, X.Nazar –
“Pal`tocha”, O`.Xotimov – “Tomchi haqida ertak”, Y.Sa`dullayeva – “G`ish”, A.Mahmudov – “Barno”,
T.Adashboyev – “Sichqonning orzusi”, Sh.Sa`dulla – “Lola va mushuk”, X.Yoqubov – “Qor”,
A.Avloniy – “Taqsim”, “Alisher Navoiyning bolaligi”, “Bobur haqida”, Y.Sa`dullayeva – “Yong`oqjon”,
Mirmuhsin – “Olxo`ri va o`rik”, Z.Ibraximov “No`hat va tuz haqida ertak”, N.Rahimov – “Yalpiz”, T.
Ortiqxo`jayev – “Tushlik”, X.Rahmat – “Quyoncha”, T. Yo`ldosh – “Qo`g`irchog`im o`ynasin”,
P.Muhammadiyorov – “Nigora”, K.Rahim – “Dilbar”, Obid Rasul – “Tinchlik yashar”, A.Akbar –
“Bolarilar”, A.Obidjon – “kapalakning holi”, M.A`zam “Kun vat un” Shirin va baliqcha, “Osmonda oy
qanday paydo bo`lgan?” , “Tulki bilan xo`roz”(fors xalq ertagi) “Mitti sichqonning katta sarguzashtlari
(Amerika xalq ertagi), “Kaklikning necha dumi yo`q,(Afrika xalq ertagi).
Bolalarda huquqga doir eng datslabki tushunchalar haqida ma`lumot berish. Bolalarga
O`zbekiston konstitutsiyasida belgilangan tartib-qoidalar va ularga rioya etish haqida ilk tushunchalar
beish. Jamoat joylarida boshqalar oldida o`zini tutish odobi haqida qarashlarni shakllantirish, qilish
mumkin bo`lmagan, odobdan emas deb qaraladigan harakatlar haqida tushunchalar hosil qilish,
so`kinish, harhasha qilish, butun narsani sindirish, toza narsalarni kir qilish mumkin emasligini
singdirish.
Bolalarda tasviriy, san`atga oid tushuncha tasavvur, ko`nikma va malakalarni tarkib toptirish.
Ularda tasviriy san`atini his etish, undan zavqlanish va rasmlarda aks ettirilgan qahramonlarga
munosabat bildirish ko`nikmasini shaklantirish.
Bolalarda turli ranglardan zavqlanishni, mavzuli rasmlarni idrok etish hissini tarbiyalash. Ranglar
(qizil, sariq, yashil, ko`k, jigarrang, oq, qora)ni bir-biridan ajrata olishni, ularni o`zaro qiyoslash
(qizg`ish, ko`kish, sarg`ish)ni o`rgatish. Rasmlardagi ranglarning ifodalilik xususiyatlaridan
foydalanishni ranglar orasidan o`ziga ma`qul keladiganini tanlashga o`rgatish.
Bolalarning qalam, flomaster va mo`yqalamdan to`g`ri foydalanish malakalarini shakllantira
borish. Bolalarga qalam va mo`yqalamni ushlash, mo`yqalamni bo`yoqqa botirish, qalam va
mo`yqalamni qog`oz ustiga erkin yurgizish, ish tugagach, mo`yqalamni artib qo`yishga o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |