“ALPOMISH” VA “BARCHINOY” testlarini bajarish.
Bilish. Yuvinish, artinish, cho`milishni gigienik ahamiyati, jismoniy mashq, o`yin, sayr uchun
kiyimlarni tanlash.
Bajara olish, jamoada o`zini tuta bilish, musiqa jo`rligiga raqs tushish, nostandart buyum va
jihozlardan foydalana olish.
T/r
Sinov turlari
O`lchov birligi
O`g`il bolalar
Qiz bolalar
1
Mo`kisimon yugirish
3x10m sek
10,8
11,2
2
Sakragichda sakrash
Marta
18
20
3
Ko`p sakrashlar
Marta
14
10
4
Kichik koptokni nishonga
uloqtirish
5 marta
4
3
5
Joyda uzinlikka sakrash
Sm
105
95
6
Gimnastika
narvoniga
tirmashib chiqish
M
2,0
1,5
7
Osilish va sakrashlar
Bilish
Bilish
8
Suzish (suvdagi o`yinlar)
Min
15
12
9
Yaylovlarda sayr qilish
Km
15
12
10
Buyumli xarakatli o`yinlar
Bilish
Bilish
O`zbekiston haqida tasavvur hosil qilish. Bolalarning shuuriga Vatan tuyg`usini singdirish, ularda
xalq, millat, yurt haqida tasavvur uyg`otish. O`zbekistonning mustaqillik bayrami ekanligi haqida,
mustaqil davlatimiz gerbi, bayrog`i va madhiyasi haqida umumiy tasavvur hosil qilish. Madhiyani ijro
etishga o`rgatish.
Toshkent – O`zbekistonning poytaxti ekanligi haqida tushuncha hosil qilish.
Bolalarga bayramlarning tarixi, ularning nishonlanishi haqida ma`lumot berish. Bu bayramlar haqida
she`r va qo`shiqlarni yodlash. Bolalarda harbiy vatanparvarlik, botirlik va mardlik tuyg`usini uyg`otish.
Amir Temur, Bobur, Jaloladdin Manguberdi, Sobir Raximov kabi sarkardalar va ularning hayoti haqida
ma`lumot berish. Sarkardalar haqidagi asarlarni o`qib berish, ularning hayoti va faoliyatini aks
ettirishgan rasmlarni ko`rsatish, she`rlar yodlash.
Bolalarning so`z boyligini oshirish (3 mingtaga etkazish). Bolalar lug`atidagi so`zlarni faollashtirish,
qisqa – qisqa qiziqarli savollar berib, ko`proq gapirishga undash. Jumladan: “Qaysi sarkardalarni
bilasiz?”, “Ular qanday jang qilishgan?” kabi savollar bilan murojaat qilish.
Bolalarda nutqning gramatik jihatdan to`g`ri rivojlantirishni ta`minlash. Bolalarning nutq tovushlarini
o`zaro bir-biridan farqlagan holda to`g`ri talaffuz etishlarini ta`minlash.
Bolalarda so`zlardagi har bir nutq tovushini alohida va boshqa tovushlar bilan birgalikda talaffuz qila
olish malakasini rivojlantirish.
So`zda tovushlar ketma-ketligini farqlash, tovushlardan bo`g`inlar, so`zlar tuzishga o`rgatish. Bosma
ko`rinishdagi harflar bilan tanishtirish, kesma harflar yordamida nutq tovushi bilan harfning farqi va
umumiy tomonlarini o`rganish.
Bolalarning mantiqiy tafakkurini va hisoblash malakasini o`stirish. Bolalarni 20 gacha to`g`ri
sanashga, 10 dan 1 gacha teskari sanashga o`rgatish.
10 gacha tartib bo`yicha sanog`ini mustahkamlash. “Nechta”, “Nechanchi” kabi savollari to`g`ri
javob berishga o`rgatish.
Son bilan masofa, buyumlarning shakl va o`lchami orasidagi aloqadorlikni aniqlash.
10 gacha bo`lgan sonni o`zidan kichik bo`lgan ikkita songa (buyumlar misolida ajratish) . masalan:
“Senda 10 ta olma bor, ikkitasini ukangga berding. O`zingda nechta qoldi?” degan savol bilan murojaat
qilish.
10 ichiga barmoq, sanoq cho`pi va buyumlar yordamida qo`yish va ayirishni o`rgatish.
Butun va bo`lak tushunchasini anglatish. Bunda butunning bo`lakdan kattaligini, bo`lak butunning
qismi ekanligini tushuntirish.
Geometrik shakllarning (uchburchak, to`rtburchak) tomoni, uchi va burchagi haqida ma`lumot berish.
Masalan: uchburchakning uchta tomoni, uchta uchi, uchta burchaki borligini tushuntirish.
Tayoqchalarning o`rnini almashtirish asosida berilgan shakllar (uchburchak, to`g`ri to`rtburchak,
kvadrat) ni o`zlashtirishga oid topshiriqlarni bajarishga o`rgatish.
Atrofdagi buyumlar orasida o`ziga tanish bo`lgan geometrik shakllarni topish va ularni izohlash.
Bolalarning mantiqiy o`stirish maqsadida quyidagi didaktik o`yinlar va mashqlar tavsiya etiladi:
“Savollar izlang”, “Nima o`zgardi?”, “Nechta bir xil doira?”, “Matematik estafeta”, “U yerda qancha
qoldi”, “Maydalang”, “Domino”, “Uddaburon sanoqchiga – bayroqcha”, “Doirani aylantiring”,
“Topingchi, kimning bo`yi uzun?”, “Geometrik domino”, “Shakllarni to`rtta cho`ntakka joylang”,
“Ziyrak bo`ling”, “Berilgan shaklni kim tezroq tuza oladi?”, “Qanday shakl hosil bo`ladi?”, “Shaklni
toping”, “Qaysi shakl yetishmaydi?”, “Men nimani aytsam shuni bajaring”, “Qayerga borib, nimani
topamiz?” , “Shakllarni to`g`ri joylashtiring”.
Bolalarga tevarak – olam va tabiat hodisalari haqida ma`lumot berish. Yorug`lik, elektr va issiqlik
hodisalari (quyosh yoritadi va isitadi, elektr chiroq yonadi, elektr dazmol isiydi kabilar) magnit
(magnitlarning o`zaro tortishishi), temirlarni o`ziga tovush (buyumlarni bir – biriga urganda tovush
chiqishi, hayvonlarning tovushi va insonlarning nutq tovushi orasidagi farq) haqida dastlabki
ma`lumotlarni berish.
Inson tafakkurining mahsuli bo`lgan turli texnik vositalar (radio, televizor, videomagnitafon,
kompyuter) haqida ma`lumot berish, “Tetris”, “Sego”, va “Dendi” kabi kompyuterlar bilan bog`liq
o`yinlar tashkil etish.
Yil, fasllari, ularning nomi va o`ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish.
O`simliklarning tarkibiy tuzilishi (ildizi, tanasi, bargi) haqida tasavvur hosil qilish. O`simliklarning
fasllarga ko`ra o`zgarishi haqida ma`lumot berish.
Daraxt va butalar kurtaklarini bo`rtishi, barg yozishi va gullashi, maysalarning o`sib chiqishi haqida
tasavvur hosil qilish.
O`simliklarni parvarish qilishda va hosilini yig`ishda ishtirok etishga o`rgatish.
Hovlida (chinnigul, atirgul, moychechak, nastarin, gulxayri, rayhon, namozshomgul) va xonada
(sabur – aloe, qumanjir – kaktus va boshqalar) o`sadigan gullar va ularni o`zaro farqlashga o`rgatish.
Uyda parvarish qilinadigan qushlar (to`ti, bedana, konareyka, sa`va, tovus kabilar) bilan tanishtirish,
ularni parvarish qilishga o`rgatish.
Uyda boqiladigan parrandalar (tovuq, o`rdak, g`oz, kurka) haqida kengroq ma`lumot berish, ularni
parvarish qilishga o`rgatish.
Baliq, qurbaqa, ilon, chayon, ninachi, chumoli, qo`ng`iz, qurt, chigirtka, kapalak, sichqon, kalamush
kabi jonivorlar haqida ma`lumot berish. Ularda nisbatan foyda yoki zarar keltirishiga qarab to`g`ri
munosabatni shakllantirish hayvonlarga g`amxo`rlik ko`rsatish va ulardan o`zini muhofaza qilishga
o`rgatish.
Bolalarga inson uchun zarur bo`lgan iqtisodiy – ekologik va tabiiy ehtiyojlar haqida ma`lumot berish.
Bolalarda dastlabki iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishga e`tibor berish. Bozor, bozor iqtisodiyoti,
pul, tovar, sotish, sotib olish, tejamkorlik isrofgarchilik, uvol, sifat, narx, biznes, biznesmen, barter
singari tushunchalar haqida dastlabki ma`lumotlarni berish. Bolalarni savdolashib xarid qilishga
o`rgatish.
Bolalarga suv, havo, oziq- ovqat, kiyim – kechak, yorug`lik, issiqlikning inson hayotidagi
ahamiyatini, bularning manbalarini toza saqlash zarurligini tabiatning tozaligi faqat tabiat uchungina
emas, balki odamlarning o`zlari uchun ham g`oyat zarur ekanligini tushuntirish. Maysa, o`t – o`lan,
daraxtlar, quyon va turli jonivorlarga ozor yetkazish, ularga zarar keltirish mumkin emasligi borasida
tushuncha uyg`otish.”Savob” va “gunoh” tushunchalarini ekologiya sohasida tatbiq etishga o`rgatish.
Inson yashashi uchun muayyan shart – sharoitlarning zarurligi haqida tasavvur hosil qilish, yashash
uchun zarur bo`lgan moddiy ne`matlarni yaratish uchun qilinadigan harakatlar to`g`risida ma`lumot
berish.
Mehnat inson ehtiyojlarni qondiruvchi asosiy manba ekanligini tushuntirish. Mehnat, dam olish va
salomatlikni muhofaza qilish haqida dastlabki tushuncha berish.
Sog`liqni saqlash muassasalari (shifoxona, dorixona, poliklinika, oromgoh, dam olish uylari) haqida
ma`lumot berish. Shifokor, hamshira “tez yordam” haqida tasavvur hoail qilish.
Uy xo`jaligi haqida tasavvur hosil qilish. Oila xo`jaligining faoliyati – hayotiy ehtiyoj ekanligini
aniqlash. Xonadagi jihozlar, xo`jalik mollari, bog`, tomorqa oila ehtiyojini qondirish manbai ekanligini
tushuntirish.
Oila, unda kattalar hamda bolalarning burch va vazifalari haqida ma`lumot berish.
Ishlab chiqarish va unga bo`lgan ehtiyoj qo`l mehnati orasidagi tafovutlar haqida dastlabki
tushunchalar berish.
Qishloq xo`jalik mahsulotlari va jamiyatda ularga bo`lgan ehtiyoj, qishloq va shahar orasidagi farq,
sanoat tovarlari haqida ma`lumot berish.
Aloqa vositalari (pochta, telefon, telegraf, radio, televizor, matbuot) haqida ma`lumot berish.
Transport vositalari (avtomobil transporti, temir yo`l transporti, havo transporti, suv transporti)
haqida tasavvur hosil qilish.
Ta`lim olish va ma`naviyat (maktab, kitob, gazeta, jurnal, kino, teatr, konsert, istirohat bog`lari,
madaniyat saroylari, sport majmualari) haqida tushuncha berish.
Jamiyatda kishilar hayotini muhofaza qilish (harbiy qo`shinlar, militsiya, o`t o`chirish, chegara va
chegara xizmati) haqida tushuncha hosil qilish. Mulk (shaxsiy mulk va davlat mulki) va uni muhofaza
qilish haqida dastlabki ma`lumot berish.
Uyda ko`chada, bog`chada xavfsizlikni saqlash haqida tasavvur hosil qilish. Bolalarda,
mehnatsevarlik, mustaqillik, mehnati natijasidan qoniqish sifatlarini shakllantirish. Bolalarda maqsad sari
intilish, intizomlilik, saranjom – sarishtalik kabi fazilatlarni rivojlantirish, foydalangan buyumlarini toza
va saranjom tutishga, o`zgalar mehnatini qadrlashga o`rgatish.
Bolalarni hunarmandchilikka qiziqtirish. Duradgor, naqqosh, o`ymakor, sopolsoz, kashtachi,
tikuvchi, do`ppido`z kabilarning mehnati bilan tanishtirish.
Tabiiy materiallar (tol novdasi yong`oq, danak, tuxum po`choqlari, tosh, qamish va boshqalar) dan
o`yinchoqlar yasashga o`rgatish.
Mehnat materialini isrof qilmaslikka, ortiqcha chiqit chiqarmaslikka o`rgatish.
Loy va plastilindan meva va sabzovotlar, hayvonlar, qushlar,parrandalar, turli o`yinchoqlar, uy-
ro`zg`or buyumlari shaklini yasashga o`rgatish.
Bolalarning badiiy fazoviy tasavvurlarni kengaytirish maqsadida qog`oz va kartondan buklab,qirqib
yelimlab yopishtirish orqali turli buyumlarni (quticha, sandiqcha, kursicha, xontaxtacha, uycha,
shkafcha) yasash malakasini hosil qilish.
Bolalarni ma`nan rivojlantirish.
Bolalarda nafosat va orastalikni tarbiyalash. Badiiy asarlar yordamida bolalarning til boyligini,
ruhiyatini va estetik dunyosini rivojlantirish hamda milliy odob-ahloq me`yorlarini singdirish.
Jamoat joylarida, uyda tartib va ozodalikni saqlash, o`zini kamtarona tutish, o`zgalar narsasini
talashmaslikka, katta-kichikka yo`l va joy berish.
Bolalarni “Keling, marhamat”,”Mumkinmi?”, “Kechirasiz?”, “Osh bo`lsin”, “Xo`r bo`ladi”,”Xush
kelibsiz”,”Raxmat”,”Marxamat”,”Xayrli tun”,”Yaxshi yotib turing”, kabi so`zlarni o`z o`rnida qo`llashga
o`rgatish. Bolalar bilan uyushgan holda o`ynashga, bolalar bilan do`stona munosabatda bo`lishga
o`rgatish.Ularda tashabbuskorlik hislatlarni shakillantirish.
Bolalarni go`zallikni farqlashga, unga intilishga,orasta va chiroyli kiyinishga odatlantirish.
Bolalarning badiy didini o`stirish. Badiy asarlar orqali bolalar ma`naviy olamini rivojlantirish.
Bolalarni o`zlari bilan ertak, hikoya, voqea-hodisalarni so`zlab berishga, mustaqil ravishda hikoya
tuzishga o`rgatish.
Bolalarni yoshiga mos keladigan asardagi badiylikni his etishga, ulardagi asosiy ma`noni tushunib
olishlariga erishish. Bolalarda diolog, monolog tarzidagi nutqni rivojlantirish. Bolalarda o`zbek xalq
og`zaki ijodi namunalari, mumtoz adabiyot vakillari va hozirgi zamon shoirlari haqida daslabki
tushunchalarni uyg`otish. Ularni ertak, maqol, topishmoqlarni obrazli ifodani xis etishga odatlantirish.
Bolalar nasriy asarlarda aks ettirilayotgan voqea – hodisalar mohiyatiga chuqurroq tushunishlariga,
unda ishtiroq etayotgan qahramonlar orasidagi to`qnashuvlarning sabab va oqibatlari haqida fikirlab,
mustaqil xulosalar chiqarishga alohida ahamiyat berish. Nasriy asarlarni so`zlab berayotganlarida
nutqlarida badiiy tasvir vositalaridan ijodiy foydalanishlariga, ularda ishtiroq etayotgan persanajlar ruhiy
kechinmalarini tushunib, ravon bayon etishlariga o`rgatish.
Bolalarning badiy asarlarga adabiyuotga qiziqtirish nutqini o`stirish va ularning badiy didini o`stirish
maqsadida quyidagi asarlarni o`qish tavsiya etiladi..
O`zbek xalq ertaklari:”Nima eksang, shuni o`rasan”, “Ovchi”, “Ko`kcha va Dono”, “Zumrat va
Qimmat”,”Egri va to`g`ri”, “Sahiylik va bahillik”,”Uch og`ayni botirlar”,”Vofodor it”,
“Boroqvoy”,”Teremoq”(rus xalq ertagi).J.Rozzoqov-“Qor yog`moqda”, Alisher Navoiy- “Sher bilan
Durroj”, “Xotami toy”,Z.Ibroximov-“Urishqoqgul va bola”, “Uyqu nega hafa bo`ldi”, Ya.Sa`dullaeva-
“Chamadon”, “Rustamjon”,”Alpomish”,”Shirin va Shakar” dostonlaridan olingan parchalar.
A.S.Pushkin-“Baliqchi va baliq haqida ertak”, Bobur-“boburnoma”(parcha), N.Narzullaev- “O`lkam”,
Y.Sulaymon –“Nurli zamon”, A. Obidjon-“Temur bobo”, M.A`zam-“Yer aylandi”,”Onam ishdan
keladi”, N.Orif-“Tinchlik”, A.Oripov-“onatilimga”, X.Raxmat-“Esonmisiz-Omonmisiz”,T.Yo`ldosh-
“Mexmon”,”Ota-ona”, R.Mo`min-“Bivijonim bivijon”, T. Ortiqxo`jaev –“Kulcha non”, A.Akbar-
“Oriyatli kuchikcha”, D.Rajab- “yoz tingi”,”So`ngi yaproq”, M.Yusuf-“Orzu”, “Qushlar ham yig`lasa
kerak”,U.Azim-“Qo`rqmasmi bog`”, “Uch shaxzoda”(hind ertagi). Muchalning kelib chiqisgi (Xitoy xalq
ertagi),”O`n ikki oy”(Slovak ertagi),”Rahimdil ovchi”(Amerika xalq ertagi), “Turna pati”(Yapon
ertagi),”bahtiyor Gans”(Olmon halq ertagi). “Bir kalava yung”(Farang xalq ertagi).
Bolalarda daslabki huquqiy tushunchalaruni shakillantirishda davom etish. Maktabga tayyorlov
yoshdagi bolalarda huquqqa doir tushunchalarni O`zbekiston Konstitutsiyasida amal qilgan holda tarkib
toptirish.”mumkin”,”mumkin emas”,”yaxshi”,”yomon”,”haq”,”hohaq”,”tartib” “qoida”,”intizom”,singari
tushunchalar bilan tanishtirish. Bolalarda jamiyat talablariga bo`ysunish tuyg`usini tarkib toptirish.
Ko`ngliga kelgan, o`zi hohlagan har qanday ishni qilaverish mumkin emasligiga ko`niktirish. Ularda
vaqti kelganda, o`z istaklarini jilovlash tuyg`usini shakllantirish.
Bolalarda tasviriy san`at namunasi mazmunini anglashga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Xalq og`zaki ijodi namunalari, tarixiy yodgorliklar, zardo`zlik, kashtachilik, chilangarchilik namunalari
bilan tanishtirish.
Bolalarni kitoblardagi rasmlar, kitoblarni bezatishlarning o`ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish.
Ularga rasm chizishga kerak bo`ladigan asosiy qurollar (qalam, flomaster, moyqalam, akvaren, bo`yoq
kabi) bilan ishlash haqida ma`lumot berish.
Dekorativ naqshlarni ishlashga o`rgatish. Turli ranglar vositasida manzaralar yaratishga o`rgatish.
Ertak. She`r va boshqa asarlar asosida voqeaband rasmlar chizishga o`rgatish. Doira, kvadrat, yo`l-
yo`l chiziqlardan foydalanib aylanma va jimjima chizishga o`rgatish.
Qog`oz yuzasidan chizayotgan tasvirni to`g`ri joylashtirishga o`rgatish. Kerakli rangni tanlab olish va
uni o`rinli ishlatish malakasini shakllantirish.
Atroflicha narsa – hodisalarni kuzatish asosida mustaqil rasm chizish malakasini rivojlantirish.
Quyidagi mavzularda yo`nalishi rasm ishlash tavsiya etiladi.
“Kuzgi terak”, “Ko`p qavatli bino”, “Gullagan daraxt”, “Parrandalar”, “Bolalar sayr qilmoqda”,
“Yomg`ir yog`moqda”, “Qushlar donlamoqda”, “Daraxtdagi qushlar”, “Bargi to`kilgan daraxt”,
“O`lkamda qish”, “Qorli tog`lar”.
Bolalarning musiqiy faoliyatining rivojlantirish. Bayramni kayfiyatni ko`taruvchi qo`shiqlarni
aytishga o`rgatish. Mumtoz kuylarni tinglash va his etishga o`rgatish.
Bolalarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish, idroki va xissiyotlarini tarbiyalash maqsadida quyidagi
kuy va qo`shiqlarni aytishga o`rgatish tavsiya etiladi: o`zbek xalq kuylari, qo`shiqlari – “Choriy
chambar”, “Boychechak”, “Qaldirg`och”, “O`ynaylik omon”, o`zbek xalq kuylari – “Munojat”, “Rohat”,
M.Burxonov “O`zbekistonning davlat madhiyasi”, “Oltin paxta”, M.Dadaboyev – “O`zbekiston
mustaqil”, “Navruz muborak”, “Tinchlik qo`shig`I”, S.Boboyev – “Terimchi qiz qo`shig`i”, N.Kenjayev
– “Quyoshli O`zbekiston”, I.Akbarov – “O`zbek askari”, M.Mirzayev – “Bahor vasli”, G`.Qodirov –
“Bahor”, “Rahmat onajon, rahmat bog`chajon”, N.Noxo`jaev – “Gul terdi gullar”.
O`yin jarayoni orqali bolalarni o`zbek xalqining milliy turmush tarzi, o`ziga xos urf – odatlari,
kundalik mashg`ulotlari, odamlarning fe`l – atvori, xarakatlari bilan yaqindan tanishtirish bolalarni o`yin
uchun zarur bo`lgan narsalarni tayyorlashga o`rgatish. Kashfiyotga, fikrlashga undaydigan o`yinlarni
tashkil etish. Sahnalashtirilgan o`yinlarni o`ynashga sharoit yaratib berish. O`yin jarayonida bolalarning
mustaqil harakat qilishlariga imkon yaratish.
Bolalarning nutqini o`stirish va tafakkurini rivojlantirish maqsadida quyidagi o`yin va mashg`ulotlar
tavsiya etiladi. G.Muxammadjanova – H.Egamov, - “Soya teatri”, G.Umarova – “Ulug`bek bobom
keldilar”, M.Karimova – “Boylandi”, “Oila”, “Bo`gcha – bog`cha”, “Choyxonada”, “Shifokor –
shifokor”, “Kichik aravakash”, “Yil fasllari”, “Yovvoyi va uy hayvonlari”, “Qayerda nima o`sadi,
gullaydi, pishadi?, “Ishlash uchun nima zarur?”, “domino”, “Qayerda o`sishini ayt”. “Loy o`yini”, “Ip –
ip”, “Tomga tosh otdim”, “Tomdan tarasha tushdi”.
TEST SAVOLLARI
1. Tubandagilardan qaysi biri maktabga tayyorlov guruhida taalluqli.
a) “Qurbaqa qiz” ertagini hikoya qilib berish.
b) Bir oyoqda 3-4 metr masofaga sakrash.
c) 25 sm balandlikdan sakrash
d) Og`irligi 1 kg gacha bo`lgan sport toshlarini dumalatishga o`rgatish.
2. A. Temur, Z.Bobur, J.Manguberdi, S.Rahimov kabi sarkardalar bilan tanishtirish qaysi amalga
oshiriladi.
a) maktabga tayyorlov guruhda
b) kichik guruhda
c) katta guruhda
d) o`rta guruhda
3. Tubandagi fikrlardan qaysi biri noto`g`ri
a) so`zda tovushlar ketma-ketligini farqlashga o`rgatish maktabga tayyorlov guruhda amalga
oshiriladi.
b) Tayyorlov guruhda qo`lni uzmasdan harfni chiroyli yozishga o`rgatiladi.
c) Tayyorlov guruh bolalari bosma ko`rinishdagi harflar bilan tanishtiriladi.
d) Tayyorlov guruhda harf bilan tovushni farqlashga o`rgatiladi.
4. Qaysi biri maktabga tayyorlov guruhi bolalariga o`rgatiladi.
a) Yorug`lik, elektr va issiqlik hodisalari, magnit haqida ilk tushuncha berish.
b) E.Vohidovning “Olma”, she`ri yod oldiriladi.
c) 5 gacha bo`lgan sonni o`zidan kichik bo`lgan ikkita songa ajratish.
d) Quyosh va oy bilan tanishtirish
5. Qaysi ertaklar maktabga tayyorlov guruhda o`rgatiladi.
a) “Na eksang shu olasan”, “Qarg`avoy”, “Gilam”, “Sahiylik va bahiylik”
b) “Qurbaqa qiz”, “Zumrad va Qimmat”, “Teremoq”, “Xumacha polvon”
c) “Vafodor it”, “Baraqxon”, “Uch og`ayni botirlar”, “Nima eksang shuni o`rasan”, “Egri va to`g`ri”
d) “Vafodor it”, “Zumrad va Qimmat”, “Gilam”, “Qarg`avoy”.
6. Quyidagi xorijiy xalq ertaklaridan qaysi biri maktabga tayyorlov guruhda o`tilmaydi?
a) “Uch shahzoda” (hind xalq ertagi)
b) “Maymun nega daraxtda yashaydi” (Afrika xalq ertagi)
c) “Rahmdil ovchi” (Amerika xalq ertagi)
d) “Turna pati” (yapon ertagi)
7. Duradgor, naqqosh, o`ymakor, sapolsoz, kashtachi, tikuvchi, do`ppido`z kabilarning mehnati
bilan qaysi gururhda tanishtiriladi.
a) katta guruhda
b) o`rta gururhda
c) kichik guruhda
d) maktabga tayyorlov guruhda
Do'stlaringiz bilan baham: |