Mavzu: “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturidagi o`rta va katta yosh davri tahlili



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/59
Sana15.12.2020
Hajmi0,99 Mb.
#53336
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablari

Foydalanadigan adabiyotlar  

 

1.  “Uchunchi ming yillikning bolasi” dasturi. 

2.  “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim” – tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari” 

3.  “Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash haqida” Oxunjanova S.A. 

4.  “Ta`lim to`g`risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. 

 

1.  Bolalarni jismonan rivojlantirish. 



 

Jismoniy  mashqlarni  mustaqil  bajarishga  o`rgatish  jismoniy  mashqlar  jarayonida  jarohatlanishning 

oldini  olish  maqsadida  ularda  ehtiyotkorlikni,  o`z  harakatini  nazorat  qila  olish  ko`nikmalarini  tarkib 

toptirish. 

Bolalarni  jismoniy  tarbiya  musoboqalari  hamda  harakatli  o`yinlarga  jalb    qilish.  Bolalarda 

chaqqonlik,  jasurlik,  topqirlik  xislatlarini  tarkib  toptirish.  Mustaqil  tarzda  jismoniy  harakatlarni 

bajarishga odatlantirish.  

Buyruqqa (start, stop) asoslanib yugirishga o`rgatish. Uzluksiz 2-3 minut davomida yugurishga,  40-

50 metr masofani 2-3 marta yugurib o`tishga o`rgatish. 

Xoda  ustida  o`tirib  oldinga  siljishga  o`rgatish.  Narvon  yordamida  tepaga  chiqishga  va  pastga 

tushishga  o`rgatish.  Arqon  yonida  turib,  uni  mumkin  qadar  balandroqdan  ushlash  uchun  intilishga 



o`rgatish. Arqonga osilib turishga o`rgatish, arg`imchoq uchishga o`rgatish. Og`irligi 1 kg gacha bo`lgan 

sport toshlarini yumalatishga o`rgatish.  

Cheklangan satr va chiziq bo`ylab  yonma – yon qadam tashlab o`tishga, qiya qo`yilgan taxta ustidan 

yurib o`tishga o`rgatish. Bir oyoqda, qaldirg`och bo`lib turishga o`rgatish. 

Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib olib ko`tarish va pastga tushirishga o`rgatish. 

Og`il  bolalar  bilan  “Oq  suyak”,  “Quloq  cho`zma”,  “Eshak  mindi”  kabi  o`yinlarni  o`rgatish,  qiz 

bolalarni esa “Sopalak”, “Xappak”, “Besh tosh”, “Cho`p qo`g`irchoq” singari milliy o`yinlar o`ynashga 

jalb etish. 

Musiqa ohangiga mos harakat qilishga o`rgatish. Quvnoq va hazil musiqalarning ohangiga mos holda 

harakat qilishga, harakatlarni musiqa ostida boshlash va  yakunlash, navbatma  – navbat  goh oyoq bilan, 

goh tovoni bilan qo`yish, oyoqlar bilan tappilatish, qadamma –qadam yurish, cho`kkalagan holda o`tirib 

musiqa  ohangini  qarsaklarda  ifodalashga  o`rgatish.  Musiqa  ohangiga  mos  ravishda  qo`llarni 

harakattirishga o`rgatish.  

Bolalarni  jismoniy  rivojlanishini  ta`minlash  maqsadida  quyidagi  kuy  va  qo`shiqlar  tavsiya  etiladi. 

O`zbek xalq kuylari – “Do`lancha”, “Andijon polkasi”, “Yallama yorim”, “Qori navo”, “Chertma”, “O`z 

o`zingni tanib ol”, M.Ikramova – “Ha, o`yna, o`yna”, I.Akbarov – “Ayiqlar raqsi”, Q.Qodirov “Marsh”, 

N.Norxo`jayev – “Kim chaqqon”. 

Bolalarning  jismoniy  kamolatini  ta`minlash  maqsadida  quyidagi  harakatli  o`yinlar  tavsiya  etiladi. 

“Zag`izg`on”,  “Kim  uzoqqa  sakraydi?,  “Kalit”,  “Do`ppi  yashirma”,  “Chavandozlar”,  “Chambarakni 

tushirish”, “Qushim boshi”, “Hamma o`z bayrog`iga”, “Ovchi va Quyoncha”, “Chuqurchaga tushirish”, 

“Yakkama  –  yakka  tortishmachoq”,  “Xo`rozlar  jangi”,  “Arg`imchoq”,  “Sopalak”,  “Kim  tez  tortadi”, 

“Koptokni urish”, “Do`ngdan-do`ngga”. 

 


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish