Psixologik-pedagogik kuzatuv daftari maktbgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun
Daftarga MTM psixologik, guruh tarbiyachisi, tibbiy hodim hamkorlikda tarbiyalanuvchining
jismoniy, ma;naviy-ruhiy, aqliy va shaxs rivojlanishidagi dinamik o’zgarishlar hamda
maktabgacha ta’lim davlat talablari bo’yicha bilim, ko’nikma,malakalarni egallaganlik
ko’rsatgichlarini uzluksiz qayd etib boradilar.Bu daftar o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish
va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining ilmiy kengashida muhokama etilgan
Psixologik-pedagogik kuzatuv daftarini yuritishda quyidagi talablarga rioya qilinadi.
1. Psixologik-pedagogik kuzatuv daftari MTM ning har bir tarbiyalanuvchisi uchun alohida
yuritiladi. Unda shu tarbiyalanuvchi bilan yil davomida o’tkazilgan tibbiy ko’rik, psixologik-
pedagogik tashxis hulosalari hamda uning MTDT asosida o’zgartirgan bilim, ko’nikma,
2. Kuzatuv daftarini to’g’ri yuritishda guruh tarbiyachisi va MTM psixologik ma’sul
- tashxis matodikalari bolalarning yosh xususiyatlariga mos, ishonchli va natijalarni ob’ektiv
hulosalash.
- Kuzatuvni bolalarning asosiy faoliyati hisoblangan o’yin jarayonida amalga oshirish (bolani
imtihon qilmaslik).
- Har bir davriy tashxis xulosalarining keyingi davr uchun korreksion rivojlantiruvchanlik va
tavsiyaviy xususiyatga ega bo’lishi.
- Davriy tashxis natijalarini korreksion tahliliy xolosalarni ishlab chiqish va dinamik
o’zgarishlarni aniq ifodalash.
- Kichik yosh (3-4 yosh) davri bo’yicha tibbiy, psixologik pedagogik tashxis ma’lumotlar.
- Katta yosh (5 – 6 yosh) davri bo’yicha tibbiy, psiologik-pedagogik tashxis ma’lumotlari.
- Maktabga tayyorlov guruhi ( 6-7 yosh) da tibbiy, psixologik-pedagogik tashxis ma’lumotlari
MTMDT o’zgartirish ko’rsatgichlari.
Psixologik-pedagogik yozma qayd etiladi.3,2,1,0 ko’rinishda ball qo’yiladi. 3 ball – agar mazkur
ko’rsatkich bolada to’liq shakllangan bo’lsa; 2 ball - mazkur ko’rsatkich bolada qisman
shakllangan bo’lsa; 1 ball – natija yosh imkoniyatlaridan past bo’lsa;
0 ball - mahsus qo’llanilgan choralarga qaramay natija o’ta past bo’lsa.
Rivojlanish yo’nalishlari bo’yicha to’plangan ballar umumiylashtirilib, maksimal ballar soniga
nisbatan 3 ta ko’rsatgich darajasi belgilanadi.
I – daraja: 75 -100%
II – daraja: 50-75 %
III – daraja : 50% dan kam.
Bilish jarayonining rivojlanish darajasini aniqlash uchun “ob’ektiv ma’lumotlar” bo’limiga 4 ta
joyga ( bo’yi va vazniga alohida ball qo’ymasdan ikkisi uchun 1 ta joyga ball qo’yiladi),
“Psixik rivojlanish” bo’limiga 7 ta joyga , “bilish psixik jarayonlari” bo’limiga 6 ta joyga jami
17 ta joyga ball hammasi qo’shilib to’plangan ball chiqariladi. Jami to’plangan ball 100 ga
ko’paytirilib maksimal 51 ballga bo’linadi. Natija- foiz hisoblanadi.Foizga qarab daraja
aniqlanadi. Yil boshida ustuni sentabr oyida, yil oxirida ustuni may oyida to’ldiriladi. Bolaning
MTMDT ning asosiy mezonlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallaganlik darajasiga
qarab “Pedagogik korreksiyani talab etadigan sifatlar”, “Psixologik pedagogik kuzatishning
umumiy xulosalari” yozma ravishda yoziiladi. Ota-onalarga va tarbiyachilarga tavsiyalarga
tavsiya MTM ning psixologi, psixolog bo’lmasa mudira tomonidan bolaga qanday yondashiladi
qaysi tomonlama sayoz, nimalarga ko’proq e’tibor berish lozimligi bo’yicha yordam tariqasida
maslahat yozilada. Tarbiyachi navbatdagi guruhdagi bolaga ta’lim-tarbiya berishda ushbu
tavsiyalarni inobatga oladi.
Ball qo’yishda bolalarning yosh xususiyatlari qanday hisobga olinadi?
Bilish psixik jarayonlaridan idrokni aniqlashda bolaning vaqtni, makon, rangni, shaklni idrok
qilishiga qarab ball qo’yiladi. Masalan vaqt bo’yicha bolaning ertalab, kunduzi, kechqurun,
kechasi so’zlarini tushunishi va farqlash, makon bo’yicha oldida, orqada, yuqorida pastda, o’ngda,
chapda so’zlarini o’z o’rnida qo’llashi nazarda tutiladi.Shakl bo’yicha doira, kvadrat,
uchburchakni tanishi, rang bo’yicha esa qizil, sariq, ko’k, yashil, jigarrang, oq, qora ranglarning
nomini aytishi va farqlay olishi hisobga olinadi. Boshqa guruhlarda esa “Uchinchi
mingyillikning bolasi” dasturida qanday vazifalar ko’rsatilgan bo’lsa shular nazarda tutilgan
holda baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: