Mavzu: “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturidagi o`rta va katta yosh davri tahlili



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/59
Sana15.12.2020
Hajmi0,99 Mb.
#53336
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablari

Foydalanadigan adabiyotlar. 

1.  “Uchinchi mingyillikning bolasi” dasturi. 

2.  Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari 

3.  “Konstitutsiya saboqlari”  

4.  “Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish” F.Yusupova 

Bolalarni  iqtisodiy  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni  egallashga  tayyorlash.  Buning  uchun 

maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarning  fikrlash  doirasini  kengaytirish  va  chuqurlashtirishga  imkon 

beruvchi  turli  vaziyatlarni  ishlab  chiqish,  bu  vaziyatlarning  yechish  variantlarini  amalga  oshirishga 

sharoit  yaratish;  iqtisodiy  bilimlarni  egallashga  zamin  bo`luvchi  mantiqiy,  matematik  fikrlarini 

rivojlantiruvchi o`yinlar kompleksini amalga oshirish zarur. 

Ikkinchi bosqichni hayotga tadbiq etish yo`nalishlari 

1.  Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarning  iqtisodiy  savodxonlik  darajasi  mezonlarni  ishlab 

chiqish. Shunga ko`ra dastur bo`limlarni integrasiya qilish. 

“Matematika  –  iqtisodiy  –  mehnat”,  tarbiya  –  iqtisodiy,  “Ma`naviyat  –  iqtisod”,  “Xorijiy  tillar  – 

iqtisod”, kabilar.  

2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun “O`yinlar lobirinti” tizimini ishlab chiqish va amalda 

sinash. 

3.  “Tabiatdagi  ta`lim”  kompleksi  dasturini  yaratish.  Bu  kompleks  dasturida  maktabgacha  tarbiya 

yoshidagi  bolalarga  bevosita  tabiatda  o`yin  tarzida  tabiiy  boylik,  ne`matlarining  iqtisodiy  ahamiyatini 

ko`rsatuvchi ta`limiy, tabiat qo`ynidagi sog`lomlashtirish kabi tadbirlar aks etadi. Bunda xorijiy tillardan 

rus va ingliz tillarini o`rganishga iqtisodiy tushuncha va so`zlarni ishlatishga alohida e`tibor beriladi.  



Hozirgi  kunda  bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  davrida  hammaga,  jumladan  maktabgacha  tarbiya 

yoshidagi bolalar ham iqtisodiy tarbiya bo`yicha boshlang`ich tushuncha berish muhimdir. Bu yoshdagi 

bolalarga  iqtisodiy  tarbiya  bo`yicha  tushunchalar  maxsus  ravishda  tashkil  qilingan  mashg`ulot,  dars 

shaklida emas, balki kundalik hayotda o`yin, mehnat faoliyatlari jarayonida bolalar ongiga singdiriladi. 

Tarbiyachining mohirlik bilan bolaning yosh xususiyattini, o`zlashtira olish darajasini hisobga olgan 

holda sharoit yaratishi muhim ro`l o`ynaydi. 

Bolalar  bog`chasining  maktabga  tayyorlov  guruhida  iqtisodiy  tarbiya  bo`yicha  tushunchalarni  hosil 

qilishga  yordam  beradigan  alohida  burchak  yoki  imkoniyati  bo`lsa  alohida  xona  tashkil  qilish  lozim. 

Xona  yoki  burchakda  “Do`kon-do`kon”,  “Maktab-  maktab”,  “Bozor-bozor”,  o`yinlarini  o`ynash  uchun 

tubandagi anjomlar bo`lishi kerak.  

1.  Do`konchining qalpoqcha va xalati 

2.  Oyinchoqlar rastasi 

3.  O`quv qurollari rastasi 

4.  Mevalar rastasi 

5.  Sabzavotlar rastasi 

6.  Kassa 

7.  Tarozi 

8.  Xaridorlar uchun sumkalar. 

9.  Qog`ozdan yasalgan pullar 

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  turli  xil  voqeaband  ijroli  o`yinlar  o`ynash  orqali  iqtisodiy 

tarbiyaga oid quyidagi oddiy tushunchalarni o`zlashtirib oladilar. 

 

Narx    



 

 

 



sifatsiz narsa  

 

Tovar   



 

 

 



tejamkorlik 

 

Pul 



 

 

 



 

zarar  


 

Arzon   


 

 

 



foyda 

 

Qimmat 



 

 

 



barter  

 

Sifatli narsa   



 

 

valyuta 



 

Bank   


 

 

 



biznesmen  

 

Reklama  



 

Bundan  mamlakatimizning  iqtisodiy  va  ma`naviy  hayoti  har  tomonlama  sog`lom,  quvvatli 

salohiyatga  ega  bo`ladi.  Ular  davlatimizning  asosiy  Qonunini  mukammal  bilishi,  uning  me`yorlariga 

rioya qilgan holda ish yuritishlari kerak. 

 

Maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  Konstitutsiyani  o`rganish  “Konstitutsiya  saboqlari”  maxsus 



kursi o`rgatiladi. 

 

Har  bir  bola  o`zining  inson  eng  ulug`  zot  ekanligini,  boshqa  tirik  mavjudotlardan  nima  bilan 



ajralib turishini go`dakligidan qalbi bilan his qilishi kerak.  

 

Maktabgacha ta`limda huquqiy ta`lim-tarbiya berish 3 bosqichda olib boriladi. 



1.  o`rta yosh (3-4 yosh) 

2.  katta yosh (4-5 yosh)  

3.  maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh) 

Dasturning  maqsadi  bolalarda,  umumiy  axloq  me`yorlari  talablariga  javob  beradigan,  ularning 

shaxs sifatida kamol topishiga asos oladigan bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.  

Dasturning vazifalari: 

- bolalarda hayotdagi ijodiy va salbiy holatlarga nisbatan sezgirlikni tarkib toptirish; 

- umumiy axloq ko`nikmalarini rivojlantirish, kattalar, tengdoshlari fikrli bilan hisoblashish, zarur 

bo`lganda o`zining qarashlarini himoya qilishga o`rgatish; 

- davlat, uning ramzlari, Konstitutsiya va qonunlar to`g`risidagi ilk tasavvurlarini tarkib toptirish

-  maktabgacha  ta`lim  yoshidagi  bolalarga  ilk  huquqiy  ta`lim-tarbiya  berishda  bolalarning  yosh 

xususiyatlarini  hisobga  olish  zarur.  Huquqiy  qoidalarni  bayon  qilib  berishda  o`yin  usullaridan 

foydalanish tavsiya qilinadi. Bolalarga ilk huquqiy tushunchalarni berish orqali ularni qonun-qoidalarga 

tioya  qilishlariga  erishiladi.  Huquqiy  ta`lim  mujassam  mashg`ulot  tarzida  o`rta  (3-4  yosh),  katta  (4-5 

yosh)  va  maktabga  tayyorlov  davr  (6-7  yosh)  larida  tevarak-atrof,  tabiat  bilan  tanishtirish,  badiiy 



adabiyot,  odobnoma  mashg`ulotlarini  mujassamlantirib,  har  bir  yo`nalishni  bir-biriga  moslab,  uzviy 

ravishda olib boriladi.  

O`rta yosh davri (3-4 yosh)  

-  bolalarda  tug`ilib  o`sgan  joyi,  ona    vatanga  nisbatan  mehr-muhabbatni  tarbiyalash  –  1 

mashg`ulot. 

-  oila  a`zolari  ota-ona,  aka-uka,opa-singillariga  nisbatan  bo`lgan  hurmat  hissini  tarbiyalash  –  1-

mashg`ulot 

-  mumkin,  mumkin  emas,  yaxshi,  yomon  kabi  tushunchalarni  farqlay  olishga  hamda  uning 

ma`nosini tushunishga o`rgatish – 1-mashg`ulot 

- bolalarni odob saqlash, intizomli bo`lish, asrab-avaylashga o`rgatish – 1-mashg`ulot 

 

Jami: 5 ta mavzu 



Katta yosh davri (4-5 yosh)  

-  bolalarning  tug`ilib  o`sgan  Ona-Vatani,  shahar,  qishlog`I,  mahallasi,  xalqi,  urf-odatlari,  tarixiy 

joylari haqida ilk tushunchalar berish – 2-mashg`ulot 

 

-  O`zbekiston  Respublikasi  ramzlari:  bayroq,  gerb,  madhiya  bilan  tanishtirish  hamda  ularga 



hurmat bilan qarashni tarbiyalash 2-mashg`ulot 

 

- bolalarda harbiy qo`shinlarga nisbatan qiziqish uyg`otish orqali botirlik, jasurlik, vatanparvarlik 



tuyg`usini sindirib borish – 1 mashg`ulot  

 

- bolalarga tartib-intizom qoidalarini o`rgatishda davom etib, yaxshi, yomon, mumkin emas degan 



tushunchalarini rivoyatlar orqali tushuntirib borish – 1mashg`ulot 

 

O`zbekiston  Respublikasining  davlat  tili  –  o`zbek  tili  ekanligini  turli  shakllarda  (tez  aytish, 



maqollar  o`rgatish,  sh`er  yodlash  orqali  hamda  ertaklar  aytib  berish  orqali)  bolalarga  tushuntirishda 

davom etish – 1 mashg`ulot 

 

Maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)  



 

Mustaqil  O`zbekiston  haqidagi  tushunchalarini  kengaytirish,  erkinlik,  ozodlik,  o`z  davlat  tiliga 

ega bo`lish, milliy bayramlarni qayta tiklanganligi to`g`risida tushunchalar berib borish – 2 mashg`ulot  

 

O`zbekiston  Respublikamizning  ramzlari:  bayroq,  gerb,  madhiya  haqidagi  olgan  bilimlarini 



yanada mustahkamlash, milliy valyutamiz haqida bilim berish – 1 mashg`ulot 

 

Konstitutsiyamizning 



bolalarga 

o`rgatiladigan 

moddalari 

(1,4,5,6,29,36,37,40,41,49,50,52,55,64,54,68,70,89,122,126)  ni  bolalar  ongiga  yetkazib  borish  –  3 

mashg`ulot 

 

Bolalar qalbida o`zbek millati, uning tili, urf-odatlariga mehr-muhabbat va hurmat hislarini tarkib 



toptirish,  milliy  faxrlanish  hissini  tarbiyalash.  Shaxs  sifatida  bolani  o`zini  anglashga  o`rgatish  –  1-

mashg`ulot 

 

Milliy  bayramlarimiz  Mustaqil  kuni,  Navro`z,  xayit  va  boshqalar  haqida  tushunchalar  berish. 



Ma`naviy merosimizni asrash, ularni o`rganish burchimiz ekanligini tushuntirib borish – 1 mashg`ulot 

Jami: 8 ta mavzu 

Tarbiyachi  20  ta  mavzuni  mashg`ulotlar  va  kundalik  faoliyatda  o`yinlar  orqali  konstitutsiya 

moddalarning mazmunini bolalar ongiga singdiradi.  

Yer  kurrasidagi  barcha  insonlar  kundalik  faoliyatda  doimo  yer,  suv,  havodan  foydalanadi.  Yer, 

suv, qanchalik toza bo`lsa inson salomatligi ham shunchalik yaxshi bo`ladi. 

Istaimizmi,  yo`qmi  har  kuni  chiqindi  chiqadi.  Yosh-u,  keksa  o`sha  chiqindilar  bilan  yer,  suv, 

havoni  ifloslantirmaslik  bo`yicha  bosh  qotirishi  juda  foydali.  Nafas  oladigan  havo,  iste`mol  qiladigan 

suvning  toza  bo`lishi  lozimligini  tushunib  yetmagan  kimsalar  tabiatga  oqilona  munosabatda  bo`la 

olmaydilar. 

Ajdodlarimiz asrlar maboynida qir va tog`larni, ko`l va daryolarning tozaligini, yer osti, yer usti 

boyliklarini saqlay olganlar. Hatto suvga tuflashni gunoh deb hisoblashgan.  

Bunday tushunchajarni bolalikdan boshlab singdirish yaxshi samara beradi.Donishmandlar fikriga 

ko’ra, bolaning besh yoshgacha olgan tarbiyasi, butun umr bo’yi olgan tarbiyasining ko’pchilik qismini 

tashkil  qiladi.  Shu  bois,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda    ,,Uchinchi  mingyillikning  bolasi’’  dasturi  



asosida  tabiatga  nisbatan    ehtiyotkorona  munosabatda  bo’lish,    jonivorlarga  ozor  bermaslik  kabi 

tushuncha va tasavvurlar hosil qilinadi.  

Bu vazifalar kundalik faoliyatda mashg`ulotlar, o`yinlar jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiyachi 

qaysi  mashg`ulot  bo`lishidan  qat`iy  nazar  bolalarga  qanday  qilib  ekologik  tarbiya  berishni  o`z  oldiga 

maqsad qilib qo`yishi kerak. Tabiat bilan tanishtirish mashg`ulotida jonivorlar, o`simliklar, mevalar bilan 

tanishtirishda ular haqida bilim ko`nikma hosil qilish bilan birga, ularga toza yer, sof havo, ifloslanmagan 

suvning zarurligi bilan bog`liq bo`lgan turli xil topshiriqlar bajartiriladi va o`yinlar o`ynatiladi. Masalan, 

“Baliqning ko`lga borishiga yordam ber” labirint o`yinida baliq, yo`lakchalar, yonida zavod chiqindilari 

tushayotgan ko`l,  bola baliqning toza suvga borishi  uchun to`g`ri  yo`l  ko`rsata bilishi kerak. Aks holda 

baliqni o`ldirib qo`yadi.  

Rasm  mashg`ulotida  tarbiyacha  bolalarning  rasm  qog`oziga  bulut  va  yomg`ir,  daraxtlar, 

avtomobil,  uy,  quyosh  nuri,  qush,  gul,  baliq,  inson,  zavod  rasmlarini  chizib  qo`yadi.  Bolalarga  qaysi 

narsalar  yerni,  havoni,  suvni  ifloslantirsa  ularni  aylana  ichiga  oling  yoki  yoniga  yulduzcha  yasang 

topshig`ini beradi. 

Har  bir  guruhda  inson  himoyachisi  obrazini  yumshoq  o`yinchoq  qilib  tayyorlash  va  undan 

kundalik faoliyatda foydalanish lozim. Uni shunday tayyorlash kerakki, og`zi, ko`zi, qulog`I o`zgartirilib 

xursand  yoki  xafa  holatiga  tushsin.  Yashaydigan  joyning  toza  bo`lishi  uchun  o`yinchoqlarni  sindirib 

chiqindiga  aylantirmaslik,  gullarni  changini  artish,  bargini  gulini  uzmaslik,  payhon  qilmaslik,  daraxt 

shohini  sindirmaslik,  ularni  parvarish  qilish  jonivorlarga  ozor  bermaslik  foydali  ekanligi  tushuntiriladi. 

Inson  himoyachisining  bunday  ishlarni  ya`ni  yaxshi  ishlarni  ko`rganda  xursand,  yomon  ishlarni 

ko`rganda  hafa  bo`lishi  bilan  bog`langan  holda  bolalarga  topshiriq  beriladi.  Masalan,  inson  hi,oyachisi 

obrazini  quloqlari  shalpayib  pastga  qaragan,  lunjlari  osilib  hafa  holati  tarbiyachi  tomonidan  ko`rsatilsa, 

bolalar,  daraxt  shohini  sindirayotgan,  qushlarga  tosh  otayotgan  bolalar  rasmi  tushirilgan  kartochkalarni 

topib ko`rsatishi kerak yoki aksincha. 

Shuningdek,  mumkin,  bo`lmagan  ishlar  bilan  bog`liq  bo`lgan  rasmlar  qator  qilib  qo`yiladi. 

Bolalar  qaysi  birini  qilish  mumkin  emas  bo`lsa,  shu  rasmning  tagiga  ikkita  tayoqchani  ayqashgan 

ko`rinishda (X) qo`yib  chiqadi va bajargan ishlarni  gapirib  beradi.  Masalan, jo`mrakdan suv  oqayotgan 

rasmning  tagiga  ikkita  tayoqchani  ayqashgan  ko`rinishda  (X)  qo`yadi,  qushlarga  in  qurayotgan  bola 

tasviri tushirilgan rasmning tagiga esa hech narsa qo`yilmaydi va hakozo.  

Tarbiyachi  bunday  usullar  orqali  O`zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasidagi  “Fuqarolar 

atrof  tabiiy  muhitga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo`lishga  majburdirlar”,  “yer,  yer  osti  boyliklari,  suv, 

o`simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  zahiralar  umummilliy  boylikdir,  ulardan  oqilona 

foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” degan 50-55 moddalarning mazmunini bolalar ongiga 

singdiriladi. 

Bolalarga  ekologik  tarbiya  berishda  ularning  yosh  xususiyatlari  nazarda  tutiladi.  4-5  yoshdagi 

bolalarda  mashinalar  havoni  ifloslantirishi  velosiped  esa  ifloslantirmasligi  to`g`risida  tasavvur  hosil 

qilinadi.  Mustahkamlash  uchun  mashina  va  velosipedlarning  rasmli  kartochkalar  har  qaysi  bolaga 

tarqatiladi.  

Qaysi biri havoni ifloslantirsa o`ng qo`lda, ifloslamaydiganini esa chap qo`lda  yuqoriga ko`tarib 

ko`rsatish  topshirig`I  beriladi.  6-7  yoshli  bolalarga  bir  muncha  murakkablashtiriladi.  Kartochkaga 

birinchi  qatorda  6  ta  yengil  mashina,  ikkinchi  qatorda  bitta  avtobus,  uchinchi  qatorda  8  ta  velosiped 

rasmlari  tasvirlanadi.  Bu  transport  vositalarining  havoni  ifloslantirishiga  ko`ra  1,2,3  raqamlarini  qator 

boshiga qo`yish topshirig`I beriladi.  

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  ekologik  tarbiyaning  shu  tarzda  boshlang`ich  elementlari  hosil 

qilinsa, kelajakda albatta o`z samarasini bermasdan qolmaydi.  

TEST   SAVOLLARI  

 

1.  Naqd pulsiz oldi-sotdi ishlarida qo`llaniladigan atamaning nomi? 



A)  chakana 

B)  barter  

C)  ko`tara 

D)  reklama 




2.  Uzluksiz hududiy ta`lim-tarbiya dasturi asosida qaysi ta`lim bosqichi poydevor hisoblanadi? 

A)  oiladagi ta`lim 

B)  boshlang`ich ta`lim 

C)  maktabgacha ta`lim 

D)  o`rta maxsus ta`lim 

3.  “Konstitutsiya saboqlari” dasturini o`rganish necha bosqichni o`z ichiga oladi? 

A)  3 bosqich 

B)  5 bosqich 

C)  4 bosqich 

D)  6 bosqich 

4.  “Konstitutsiya  saboqlari”  dasturi  asosida  bolalarni  tug`ilib  o`sgan  joyi  ona  vatanga  nisbatan 

mehr – muxabbatni tarbiyalashga 1 mashg`ulot qaysi guruhga berilgan? 

A)  maktabga tayyorlov guruhda 

B)  kichik guruhda 

C)  katta guruhda  

D)  o`rta guruhda  

5.  Ijtimoiy huquqni aniqlang? 

A)  mulkdor bo`lishi 

B)  mitinglar o`tkazish 

C)  bilim olish 

D)  siyosiy partiyalarga uyushish 

6.  Iqtisodiy huquqni aniqlang? 

A)  ommaviy harakatlarda ishtirok qilish 

B)  tibbiy xizmatdan foydalanish 

C)  dam olish 

D)  mulkdor bo`lish 

7.  Tarbiyachi  sayr  bitta  bolaning  tugmasini  yerdan  topib-oldi  va  kimniki  ekanligini  aniqlab 

kostyumiga taqib qo`ydi, yo`qotmaslikni tushuntirdi. Bu bilan qaysi tarbiya amalda oshirildi? 

A)  huquqiy tarbiya 

B)  iqtisodiy tarbiya 

C)  ekologik tarbiya 

D)  aqliy tarbiya 

 

 



12-Mavzu: Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  pedagogik-psixologik  tashxis  qilish. 

 

MTM – tarbiyachilari  qursi  uchun 2 soat. 




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish