HUQUQIY SAVODXONLIK- MA’NAVIY ETUKLIK MEZONI
Xuquq - bajarilishi majburiyligi o‘rnatilgan yurish-turish qoidalar, xatti- harakatlaridir. Huquqning majburiyligi davlat tomonidan o‘rnatiladi va bajarilishi ta’minlanadi. Huquq tushunchaksi fuqarolarga nisbatan olinsa, u Konsututsiyaviy yoki oddiy huquqlarga bo‘linadi. Konstitutsiyaviy huquqlar konstiutsiyaviy me’yorlar bilan oddiy huquqlar oddiy qonunlar bilan tartibga solinadi. Huquq o‘z navbatida tarmoqlarga bo‘linadi: konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq fuqarolik huqo‘qi, jinoyat huquqi va boshqalar.
Huquq va ma’naviyat o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bir birini barpo etish, insonparvar fuqarolik jamiyatni vujudga keltirish byuilan uzviy rivodjlanib bormoqda. Buni ma’naviyatni rivojlantirmasdan amalga oshrib bo‘lmasligi hammagna ayon Mmalakat Prezidenti Islom Karimov ma’naviy – axloqiy va madaniy yuksalishni xalqimizning azaliy turmush demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning kafolati deb bildi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, to ma’naviy kamolotga etmaguncha to xatti- harakatlarimiz munosabatlarimiz aqlu –idrok va umummanfat doriasiga ko‘tarilmaguncha demokratiyaning mazmuni ham, ko‘lami ham talab darajasida bo‘lmaydi. Bu bevosita fuqarolar ongi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish jarayonlari bilan bog‘liq. SHu bosidan ham albatta bu jarayon savodxonlik bilan belgilanadi. Demak, ma’naviy va madaniyatneing asosiy belgilaridan biri- savodxonlik va ilm bo‘lib, bular ma’naviy boyligimizning poydevori hisoblanadi. Hozirgi sohada ishlayotgan 46 ming xodimdan 2,8 mingga fan doktori 16,1 ming fan nomzodlari- kelajagi taraqqiy etayotgan davlatimiz rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayapti.
O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1997 yil 20 may kuni respublika huquq- tartibot idoralari rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy ommaviy axborot vositalari bilan bo‘lgan uchrashuida ko‘tarilgan eng muhim mavzu:
huquqiy bilim
huquqiy ong
huquqiiy madaniyat qilib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» matbuotda e’lon qilindi.
1) Huquqiy bilim- O‘zbekiston aholisini savodsiz deb bo‘lmaydi bizni sho‘ro davrida inqilobgacha 2 foiz savodi bor xalq deb kelgan edi. Afsuski, inqilobgacha bo‘lgan davrda ham ko‘plab machit-madrasalar, maktablar mavjud bo‘lgan va ularda aholi deyarli 50 foiz atrofida savodli edi. Bugungi kunda O‘zbekiston savodxon o‘lkallardan biri. O‘zbekiston aholisining 99,06 foizi savodli. Lekin shuni ta’kidlash joizki 1997yil 20 mayda Prezidentimiz huquq-tartibot idoralar rahbarlari bilan uchrashuvda, keyinchalik 1997 yil 29 avgustda tasdiqlangan «Jamiyatda huuqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi»da ta’kidlaganidek, xalqimizning huquqiy bilimini oshirish eng muhim galdagi masala deb qaraldi. Negaki demokratik davlat qaror topayotgan bir sharoitda Konstitutsiya qonun Farmonlarga bo‘lgan munosabatimiz ana shu huquqiy bilimlar bilan belgilanadi. Bu borada Toshkentdagi Huquqshunoslik instituti, Adliya vazirligi kbi markaz huzurlarida huquqshunos xodimlarning bilim saviyasini yanada oshirish, xalqimizga qonunlarning mohiyatini tushuntirish muhim vazifa qilib qo‘yildi. SHu boisdan ham 1977 yil kuzidan boshlab respublikkamizning barcha maktablarida «Siz qonunni bilasizmi? Mavzuida tuman viloyat ruspublika mintaqaviy ko‘rik-tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Bu masalaga bugungi kunda jiddiy ish deb qaralmoqda…..
2) Huquqiy ong-kishilarning huquqqa qonunga odil sudlovga bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydigan qarashlar yig‘inisi. Huquqqa hurmatda bo‘lish yoki huquqni mensimaslika ta’sir qiladi. Kishining huquqiy ongi qanchalik kuchli bo‘lsa, huquqiy me’yorlarning ixtiyoriy bajarilishiga olib keladi.
Huquqiy me’yorlar-huquqni belgilovchi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yor . Ular turli ko‘rinishda shaklda namayon bo‘ladi. Huquqiy me’yorlar Konstitutsiyada qonunlarda va boshqa ma’yoriy hujjatlar bayon qilinadi Huquqiy munosabatlar-huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Mehnat pul-kredit munosabatlariga kiradi.
Huquqiy madaniyat-fuqarolarning etukligi va ongliligini ko‘rsatuvchi me’yor. Huquqiy madaniyat tushunchasi, huquqning rivojlanish darajasi, aholning huquq haqidagi tushunchasi qonunlarining ahvoli quqni amalga oshirish ishlarining tashkil etilish darajasi, huquqning obro‘i singari qismlardan tashkil topadi. Huquqiy madaniyatga huquq faning rivojlanish darajasi, huquqni tashviq qilishning qanday yo‘lga qo‘yilganligi, madaniyatning umumiy darajasi ta’sir qiladi.
Demak huqo‘qiy madaniyat-umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiiy bilimlarga ega bo‘lgan va ulrani amalda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanadi. Milliy dasturimizning maqsadi aholning barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo‘lay olishlari uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning keng qamrovli tizimini yaratishdan iboratdir. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi quyidagi vazifalarni ko‘zda tutadi:
huquqiy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish:
barcha davlat organlari mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishish:
aholining huquqiy savodxonligini oshirish:
fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faprovonligini oshirish.
Huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib yoshlikdan boshlab berilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq hulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi m’anviy va ba’zi huquqiy me’yorlar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida o‘qish davomida bu bilimlar kengaytrilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur, deyiladi «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi»da.
Huquqiy madaniyatni shalkllantirish ma’naviy qadriyatlarimsizning ko‘p jihatlari bilan bog‘liq. Huquqiy madaniyatning mohitini qonunni tushunish, bilish, hayotga tatbiq etish, ijrosini ta’minlash va shaxslarni ijtimoiy hayotmizda faol qatnashishi va bunday faoliyatni boshqalardan ham talab qilishdagi jarayonlarda ko‘rishimiz mumkin. Huquqiy madaniyatni, avvalo, insonning ichki dunyosi, ichki madaniyati, umuminsoniy an’analarga va huquqiy bilimlarga bo‘lgan munosabati belgilaydi. SHaxsning ichki madaniyati uning tashqi odobini ko‘rsatadi. Huquqiy madaniyat egasi bo‘lgan kishi jamiyat talablari va qoidalariga hurmat bilan qarydi, jamiyatni boshqarishda o‘zning huquqiy malakalarini ishga solib, faol qatnashadi. Dunyo tajribasi shunday qoida bor: qonunni bilmaslik aybni engillashtirmaydi. Biz qonunga mansimaslik bilan qarasak, uni o‘rganmaslik shunday noqulay ahvolga ko‘proq tushamiz. Qonunni bilish, hurmat qilish jinoyatdan jinoiy olamdan yiroq yurishning birdan-bir yo‘lidir. Qonunga hurmat inson madaniyati bo‘lib qolganda bunday jamiyatni boshqarish, adolatni barqaror etish oson bo‘ladi.
Ma’naviyat so‘zsiz jamiyat taraqqiyotida salmoqli o‘rin egallydi, boshqacha aytganda ma’naviyat huquqiy davlat tayanchidir. Fuqarolarning ma’naviy etuklik darajasi yuqori bo‘lgan taqdirdagina ular ijtimoiy hayotning taraqqiy hayot qonunlari, huquqiy davlatning mohiyatini va insoniyatga adolatli hayot kechirish kafolatini berishni yaxshi biladi.
O‘zbekiston Respublikasi ravnaqi va kelajagi uchun shaxslarning huquqiy madaniyati davlat tomonidan nazorat qilinadi va boshqariladi. Bunda respublika Ichki ishlar vazirligi akademiyasi muhim o‘rni tutadi.
Fuqarolar huquqiy madaniyatini shakllantirishda jamoat fikri ham salmoqli rol o‘ynaydi. SHarq xalqlari, mahallamahalla bo‘lib yashaydigan joylarda odamlaor o‘zlarining har bir xatti-xarakatlarini tartibga solishga va nazorat qilishga intiladilar.
Xuquqiy axloq borasida sharq xalqlarining o‘z tushunchalari mavjud. U milliy tarixga, azaliy qonun-qoidalarga asoslanadi. Lekin bu xalqlarda huquqiy madaniyat tushunchasi axloq odob, madaniyati tushunchalari bilan qorishiq xolda tushunilganligini biz Navoiy Bobur Forobiy, Amir Temur singari buyuk zotlar asarlarida vasitlarida o‘qish mushrhada qilish bilan tushunib etamiz. Alisher Navoiyning safdoshi va shogirdlaridan biri Xusayn Voiz Koshifiy «Ijtimoiy axloqiy fazilatlarni yuzaga chiqarishning asosiy vositasi» deb ilm- ma’rifat bilan axloqiy tarbiyani tushunadi. Uning «Insonning qadr-qimmati uning mol-mulki yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning ma’naviy qiyofasi axloqiy sifatlari bilan o‘lchanadi» degani bejiz emas.
Milliy ma’naviyatimizdagi huquqiy-axloqiy qadriyatlar hozirgi davrda ham muxm o‘rin tutadi. SHarqda «Ash-SHaria» arabcha so‘z bo‘lib, «To‘g‘ri haq yo‘l» degan ma’noni bildiradi. U nafaqat qonunchilki tizimining balki musulmonlarning bugun hayotning barcha tomonlarini- turmush tarzi, eb-ichishi, kiyinishi, axloqiy diniy huquqiy burch va majburiyatlari, taqdirlangan ishlari, mukofotlari va jazolari majmuidan iborat, va ayni paytda shariat sof diniy qonunchilik tizimi bo‘lib qolmay, u birinchi navbatda danyoviy qonunchilik tizimi – jamiyat va davlat hayotida inson aql-zakovati ahli inson talablari, insoning sha’ni shavkatini hurmatlash, qonun kuchi bilan bu huquqlar va burchlarini kafolab berishga qaratilgan huquqiy-ahloqiy tizimdir.
SHariatning rivojda borishi bilan shariat manbalari bo‘lmish Qur’oni Karim, Sunna, ra’y-Qiys va Ijmo’da mavjud bo‘lgan umuminsoniy huquqiy-ahloqiy qadriyatlar jahon huquqiy adabiyotida birinchi bo‘lib musulmon huquqi tizimida – shariatda keng ko‘lamda asoslab berildi, bu huquqiy qadriyatlarning kafolati mexanizmi yaratildi… yoki bo‘lmasa «Al-Xidoya» da oila va nikohning huquqiy negizlari batafsil ishlab chiqilgan bulib, erga yoki ayolga tegishli majburiyatlar, huquq va ahloqiy burchlar kafolatlab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |