Мавзу: Туронзамин – қадимий маънавият ва маърифат маскани


Mavzu: DEMOKRATIK JARAYONNING SHAKLLANISHIDA MA’NAVIYATNING O’RNI



Download 1,12 Mb.
bet30/41
Sana23.07.2021
Hajmi1,12 Mb.
#126341
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
Navbahor engil sanoat kasb-hunar kolleji

14.Mavzu: DEMOKRATIK JARAYONNING SHAKLLANISHIDA MA’NAVIYATNING O’RNI.
Demokratiya-grekcha so‘z bo‘lib ( demo-xalq, kratos- hokimyat), ya’ni «Xalq hokimiyati» degan ma’noni bildiradi. Demokratiya-xalqni, davlat organlarini tuzish, ular ishida ishtirok etish, davlat organlari ishini tashkil etish, mamlakatda inson huquqlarini ta’mirlash orqali namoyon bo‘ladi. U davlat bilan inson munosabatlaini belg‘ilaydi. Demokratiya- fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyilllarini e’lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shaklidir. Demokratiya ozchilik ko‘pchilikka bo‘ysunushi, davlat hokimyati asosiy organlarning saylab qo‘yilishi, siyosiy huquq va erkinliklarning mavjudligini ko‘zda tutadi. Demokratiya bevosita demokratiya va vakillik demokratiyasi shaklida bo‘ladi.

  1. Bevosita demokratiya: har bir fuqaroning davlatni boshqarishda, davlat ishlarida bevosita, ya’ni shaxsan ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasining yorqin ifodasi xalq deputatlari bo‘lib, ular saylovchilarning vakilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham xalq vakilidir.

  2. Vakillik demokratiyasi:-davlatni boshqarishda, davlat va jamoat ishlarida fuqarolarning vakillar orqali ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasining yorqin ifodasi xalq deputatlari bo‘lib, ular saylovchilarning vakilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham halq vakilidir. Vakolatli demokratiya institutlari (referendumlar davlat hayoti masalalarining umuxalq , jamoat tashkilotlari faoliyati) farq qiladi.

Demokratiya- kishilik jamiyat tarixida insoning ongli hayoti boshlangan davrdan boshlab uning erku irodasini, xohish istagini belgilaydigan mezon bo‘lib kelmoqda. Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy huquqiy, ma’naviy va boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tashkil etgan aholi umumiy dunyoqarashini o‘zida mujassam etadi. Har qanday davlat o‘z huquqiy asosiga, siyosiy rejimiga, boshqaruvidagi aniq tamoyillariga ega bo‘lmasa, fuqarolar esa o‘z xaq-huquqlarini himoya qilish bilan jamiyat va davlat oldidagi, o‘z mamlakati istiqbol yo‘lida vazifalari va burchlarini to‘la anglab olmagan taqdirda demokratiya tom ma’nodagi mazmuniga va jahon tajribasida isbot qilingan mohiyatiga ega bo‘la olmaydi.

Jahon davlatchiligi tajribalari toboro boyib, xalqning o‘zligini anglash jarayoni tezlashib borgan sari demokratiyaning jamiyat hayoti taraqqiyotida tutgan o‘rni xususida munozaralarkeskin avj oldi. XX asr kishilik tarixida keskin burilish yasadi. Ikki lager o‘rtasidagi siyosiy huquqiy, iqtisodiy va mafkuraviy raqobat tufayli bir qator xalqaro tashkilotlarning paydo bo‘lishiga, inson xaq-huquqlarini ma’lum bir tartibga solib turishga uni ximoya qilishga ehtiyoj sezildi. Totalitar tuzumdagi inson huquqlarining cheklanganligi: birinchidan, mafkuraviy yakkahokimlik jamiyat ma’naviy taraqqiyotini cheklab qo‘ydi, ikkinchidan, Osiyo Afrika va Lotin Amerikasid ozodlik uchun kurash, milliy davlatchilikka zamin yaratish va shu asosida inson huquqlarini himoya qilish, har tomonlama barkamol demokratik jamiyatni vujudga keltirishga intilish kuchaydi.

Qadimgi SHarqda-azaldan huquqiy demokratik davlatchilik va fuqarolik jamiyatning turli elementlari mavjud edi. Bunga Afrosiyob va Qoraxoniyylar, Xorazmshoh, temuriylar va boshqa qator sulolalar davlatchiligi misol qilib keltirish mumkin. Bu davrlarda haqiqat va adolat g‘oyasi nihoyatda baland ko‘tarilgani va butun mamlakatda aniq tartib-intizom o‘rnatilganligi natijasida inson hayoti, aholi turmushi kafolatlanganligi bilan alohida ajralib turadi. SHarq uyg‘onish davri va keskin yuksalish paytlarida dunyoviy ilmlar, ishlar bilan islom madaniyati nazariyasi va falsafasi uyg‘un holda taraqqiyo topdi, turmush tarzimizga aylanib qoldi. SHarq turmush falsafasining abadiyatini, haqiqatni va qadriyatini belgilaydi. Sohibqiron Amir Temurning «Kuch adolatdadir» degan shiorida huquqiy demokratik davlatning ham, fuqarolik jamiyatning ham insoning yashash huquqi va uning barcha erkinliklari hamda hozirgi zamon demokratik harqatlarining eng ilg‘or tajribalari mujassam bo‘lgan.

SHarq davlatchiligida inson erki, haq-huquqlari ko‘p jihatdan himoya qilingan hamda o‘z davrning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, inson ozodligi va xatti- harakatlari erkinligi ta’min etilgan edi. Bu ayni demokratik jamiyatning muhim asosiy belgilaridan hisoblanadi.

Biz bugun yangi tarixiy sharoitlarda: jahon demokratik jaryonlari tobora chuqurlashgan, uning imkoniyatlari ancha kengaygan, odamlarning onglilik darajasi oshgan bir paytda yashayapmiz. Demokratiyaning madaniyati, ma’rifat odamlar o‘rtasidagi munosabatlardan tortib. Danyoviy muammolarni hal etishgacha bo‘lagn nizo murosa va yaqdillik, uning iqtisod, siyosat vafikrlar xilma-xilligi sharoitidagi vazifalari ancha kengaygan.

Demokratiyaning murosachilik va yaqdillik madaniyati mamlakat ichki hayotida ham tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Odamlar –mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlar qanchalik iliq bo‘lsa, umumxalq va umumdavlat manfatlari yo‘lida birlashib, muammolarni hal etishda oqilona faoliyat ko‘rsatilsa barcha uchun umumiy bo‘lgan vazifalar oldida mas’ulyat chuqur his qilinsa- bu demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi.



Demokratiyaning tashqi siyosatidagi ko‘rinishi bu bevosita davlat rahbarining dunyo muammolarini hal etishdagi faoliyatida aks etadi. Prezident Islom Karimovning bu boradagi faoliyatida ushbu jihatlar e’tiborlidir:

  • har qanday mojaroli masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish. Muzokaralar yo‘li balan fikr almashish va eng to‘g‘ri hamma uchun birday manfatli bo‘lgan xulosalarga kelish.

  • har qanday zo‘rovonliklarga tazyiq va kuch ishlatishlarga qarshi sharqona munosabatlar ilmini egallash, sharqona demokratiya tamoyillari asosida ish yuritish. SHarqda, sharq davlatchiligida harq qanday zo‘rovonliklardan xoli, masalalarni aql-idrok bilan oshqora muloqat asosida hal etish tamoyillari mavjud. Biz hamisha AQSH davlatining demokratik huquqlarini, jamiyatini bugungi kunda namuna tarzida gapirib kelamiz. Aslida AQSH davlatining vujudga kelishi uchun qariyib 200 yil kerak bo‘lgan. Qomus loyihasi e’lon qilingan 1789 yilda faqat qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bir mamlakat edi. AQSH ning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Stenli Eskudero fikrlari: «Ma’naviy qashshoqlik ba’zan dinning jamiyat hayotidagi o‘rnini tushunib etmaslikdan paydo bo‘ladi….. Mamlakatimiz boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar uchun ham etarli shart-sharoit yaratilgan. YUrtimizda musulmon aholi ko‘payib bormoqda bizda buddaviylar, hindular ibdatxonalari mavjud minglab musulmonlarning masjidlari bor. Ular ma’naviyatning yuksalishiga xizmat qiladi. Demokratiya men uchun –tenglikni kafolatlovchi siyosiy tuzum xamma joyda qullash mumkin bo‘lgan inson huquqlari deganidir. Biroq tuzum bu huquqlarni mamlakatda va jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgartirishlarga mos holda kafolatlay borsa, demokratiya eng amaliy demokratiyaga aylanadi. Bizning demokratiyamiz hammabop Qonunlar majmuasida tananing rangidan, irqidan, e’tiqod qilayotgan dinidan, qaysi millaga mansubligidan qat’i nazar har bir amerikalikka tegishli barcha huquqlar kafolatlarnadi. Masalan, mening buvam meksikalik bo‘lgan. Men amerikalik 2-avlod vakiliman, go‘dakligimda oilamiz juda kambag‘al yashagan. Huquqlarimdan foydalanganman, bozor munosabatlari tuzumida jon kuydirib ishlaganim tufayli elchilik martabasiga erishdim.

  • Kupgina mamlakatlarda Amerikadagidek faqat insoning o‘zigagina bog‘liq bo‘lgan bunday imkoniyatlar yo‘q. Bizda esa ko‘p narsa shaxsiy tashabbusga bog‘liq Qo‘shma shtatlar bunday imkoniyatlarni yaratib imtiyozlarni kafolatlar ekan, biz mamlakatimiz demokratiyasini eng oliy va eng afzal deb tan olaveramiz. O‘zbekistonda demokratiya shakllanish, oyoqlanish jarayonida O‘zbekiston yaqindagina mustaqil davlat bo‘ldi. Siz uzoq yillik istibdoddan so‘ng o‘z taqdiringizga o‘zingiz xo‘jayin bo‘ldingiz. Mamlakatda hali demokratiya siyosati,erkin bozor siyosati, demokratiyani boshqarish tajribasi yo‘q edi. Turgan ham bo‘lmagan. Biz bu huquqlar butun dunyo bo‘yicha universal bo‘lishi kerak degan fikrdamiz. Endigan tiklanish yo‘liga kirgan mamlakatlardan bu sohada katta tajriba to‘plagan Fransiya, Germaniya, AQSHda kabi demokratiyaga amal qilishni talab qilish nodonlik bo‘lur edi. Eng avvalo O‘zbekistondagi hozirgi vaziyat, voqelar yo‘nalishi to‘g‘risida to‘g‘ri hukm chiqarish. Mamlakatingiz Prezidenti, rahbariyati demokratiya, ekrin bozor munosabatlari millat, mamlakat kelajagi ravnaqi uchun nechog‘liq muhim ekanini yaxshi tushunadi. Ijtimoiy barqarorlikning ahamiyatini ham to‘g‘ri anglaydi….. Demokratiyani bir kunda qaror toptirishga urinish barqarorlikka putur etkazishi xech gap emas…»

Jamiyatda jemokratiya qay darajada erkinligini belgilovchi kamida 3 ta mezon bor. Bular: 1) xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan xabardorligi, 2) Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, 3) oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu 3 sohada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, demokratiya oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi. Bu siljish bir kunda bo‘lishi shart emas.

Demak Amerikada demokratik jamiyat qurish tarixi:



  1. Konstitutsiyani yaratishga 10 yil muddat zarur bo‘lgan.

  2. Mamlakatni qulchilik tartibotlaridan xalos qilishga 89 yil kerak bo‘lgan.

  3. Ayollarga ovoz berish huquqi uchun 144 yil kerak bo‘lgan.

  4. Barcha fuqarolarni qonun oldida teng qilish uchun 188 yil muddat zarur bo‘lgan (bu fikrni AQSH Prezidenti rafiqasi Xillari Rodem Klinton 1998 yilda Ukrainaga borganida gapirgan edi).

Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida…» asarida XX asrning so‘nggi o‘n yilligida jamiyat tarixida katta o‘zgarishlar yuz berganligini aytib, uning asosiy tamoyillaridan biri sifatida demokratik qadriyatlarning tobora ommabop bo‘lib borishini ta’kidlab ko‘rsatgan edi.

Inson xuquqlari, shaxsning siyosiy mazmuni konsepsiyasi BMT tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan «SHaxs huquqlari umumiy deklaratsiya»da ifodalab berilgan. Deklaratsiyaning 30 dan ortiq moddasida madaniy olam erishgan yutuqlar tizimga solingan. Unda inson erkin shaxs va to‘laqonli fuqaro sifatida mavjud bo‘linishining eng zarur vositalari ko‘sratilgan.

O‘zbekiston Prezidenti 1996 yil 25 iyunida AQSHga safaridan so‘ng O‘zbekistonda demokratiya masalasiga yanada katta e’tibor qaratdi. 1996 yil 29-30 avgustda Oliy Majlis 6-sessiyasida Islom Karimov «Hozirgi bosqichda demokratik islohatlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari» mavzuida nutq so‘zladi. Bunda bir qator vazifalar belgilab berildi:


  1. Mamlakatimizda siyosiy institutlarni va sud tizimining islohatlarini chuqurlashtirish. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish:

  2. Respublikada qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq holga keltirish:

  3. Aholining siyosiy faolligini oshirish muammolari:

  4. Jamoat nodavlat tuzulmalarini rivojlantirish (muxolifat):

  5. Matbuot axborot vositalari demokratik rivojlanish uchun ulkan ahmiyatga ega. «Matbuot erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun:

  6. qonunchilik mexanizmini va qabul qilingan qonun me’yorlari ijrosi va nazoratini yanada takomillashtirish, respublika qonunlarini umume’tirof etilgan xalqaro me’yor va qoidalarga muvofiq holga keltirish muhim vazifa hisoblanadi.

1996 yili O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qiluvchi quyidagi tashkilotlar tuzildi:

  1. Inson huquqlari bo‘yicha respublika milliy markazi.

  2. SHaxs huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hukumatga qarashli bo‘lmagan qumita.

  3. Qonunchilikni mustahkamlash borasida respublika monitoring (himoya) instituti tashkil etildi. U oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha shug‘ullanadi.

  4. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman). Ombudsman-inson huquqlariga amal qilinishini nazorat qilish uchun maxsus saylanadigan (yoki tayinlanadigan) lavozimli shaxs.

Prezident huzurida axborot tashkil etildi. 1996 yil 31 oktyabrda "«inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublika Milliy markazini tuzish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Islom Karimov 1997 yil 11 noyabda «Izvestiya» gazetasi muxbiri savollariga javobida demokratiyaning 4 asosiy bosqichi haqida gapirgan edi. Demak, jamiyatni demokratlashtirish va O‘zbekistonda huquqiy jamiyatni barpo toptirish uchun avvalo:



  1. An’naviy mezonga e’tibor berish va uning bilan hisoblashish lozim.

  2. Avval mamlakat aholisi turmushini yuksaltirish lozim. CHunki turmush ongni belgilaydi.

  3. Fuqarolar ongi, tafakkurini o‘zgartirish kerak. Turmushning yuksalish o‘z navbatida odamlar ongi va tafakkuri tarzini o‘zgartirishga olib keladi.

  4. Huquqiy demokratik jamiyatga tabiiy yo‘sinda, hech qanday zo‘riqish va talofatsiz erishishimiz mumkin.

Demak, SHarqda demokratik jarayonlarining qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. YA’ni SHarqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urunishlar g‘oyat, noxush hatto fojeali oqibatlarga olib keladi. Inqilobni g‘arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidiy va yovvoyi shakli» deb ataganlar. Tabiiyki bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi», deganida Prezidentimiz demokratiyani joriy etishning yurtimizda o‘zbekona tamoyillari shakllanayotganini ko‘rsatib o‘tgan edi.

O‘zbekiston mustaqillika erishgach, bir qator mamalakatlar, jumladan Turkiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, va boshqa davlatlarning tarqqiyot yo‘llari bilan yaqindan tonishdi. Tarix shundan dalolat beradiki, demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib ko‘r-ko‘rona ko‘chirish aslo samara bermaydi. Aksincha bunday yo‘l xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. g‘arb demokratiyasi SHarq mamlakatlarida ko‘r-ko‘rona joriy etish mumkin emas. Unga taqlid qilish kutilmagan fojealarga olib kelishi mumkin. Masalan, Tojikiston misolida ko‘rayapmiz……. Atoqli faylasuf Andre Jidning Erkin yikrlash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, eng avvalo xatti-harakatlarimiz og‘ir oqibatlariga olib kelmasligi kafolatiga ega bo‘lmoq lozim», degan edi.

Demokratiyani Prezident yoki hukumatning bir farmonu qarori bilan parlamentning bir qonun bilan o‘rnatib bo‘lmaydi. Uni xalq o‘zi uchun o‘z aql-idroki va zakovati bilan yaratadi.

Demokratiyani anglash shaxsning hamma uchun birday zarur bo‘lgan qonunlarga rioya etish, aniq tartib-intizomga tayanib yashash salohiyati. Demokratiya bizni inson haq-huquqlarini himoya qiladigan, umumxalq va umumdavlat manfaatlarini asraydigan barcha qonunlarga bo‘ysunub yashashga o‘rgatadi. Demokratiya faqatgina siyosiy, huquqiy yoki ijtimoiy kategoriya emas. Demokratiya – bu ayni paytda ma’naviy axloqiy kategoriyadir. Demokratiya – bu hokimyatsizlik yoki separatizm emas. U davlat birligi va Konstitutsiya asosidagi qat’iy tartib-intizomdir. g‘arbda ota-onasini sensirash. SHarqda esa o‘zidan kattalarga rahbarga hurmart bilan qarash, aql bilan ish tutish an’analari mavjud. Umuman hayot tarzi, an’analar hamma vaqt har bir mamlkat xalqlarining xulq-atvorini shakllantiradi.

Demokratiyaning ma’naviy qiyofasi: Demokratiya buyuk qadriyat hamdir. Lekin u umumxalq manfatini hisobga olib unga tanyasagina qadriyaga aylanishi mumkin. Demokratiyani oliy qadriyat darajasiga tushunish yoki toptash avvalo har bir insonning ichki madaniyatidan, ma’naviy qiyofasidan, so‘ng esa butun millatning madaniy saviyasidan, onglilik darajsidan, siyosiy va ijtimoiy faolligidan dalolat beradi. Xohlagan paytda xohlagan gapni gapiraverish, erkinlikni emas, aksincha u shaxsiyatimizni ma’naviy imkoniyatlarimizni, milliy qadri-qimmatimizni paymol etishi mumkin.

Demokratiya-ongli fikrlash tafakkur, aql-idrokka tayangan munosabatlar. Demokratiya-yuksak ma’naviyat va ichki madaniyatni oshkor etish imkoniyati. Demokratiyani anglash-shaxsning barcha uchun birday zarur bo‘lgan qonunlarga to‘la rioya etish, aniq tartib-intizomga tayanib yashash salohiyati. Demokratiya bizga inson haq-huquqlarini himoya qiladigan, umumxalq va umumdavlat manfatlarini asraydigan barcha qonunlarga buysunub yashashni o‘rgatadi va talab etadi. SHuning aksi bo‘lgan joyda boshboshdoqlik, parokandalik avj oladi. Kishilar hayoti tahlikka ostida qoladi…

SHaxs va jamiyat erkinliginining mushtarakligi, ruhiy va ma’naviy –axloqiy uyg‘unligi oliy maqsad, turmush tarzi va eng muhim taraqqiyot yo‘li bo‘lmog‘i kerak. Hozirgi islohotlar davri tub burilishlar jarayoni bizdan teran mulohaza, hushyor qarashlar talab etadi.

Ma’naviy kamolotga etmaguncha to xatti- harakatlarimiz, munosabatlarimiz aqlu-idrok va umummanfat dorirasiga ko‘tarilmagancha demokratiyaning mazmuni ham ko‘lami ham talab darajasida bo‘lmaydi. Buning uchun fuqarolar ongi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish lozim. Prezident Islom Karimov : «……… demokratiya o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Demokratiya tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib ……… erishish mumikn», degan edi. 52





  1. Download 1,12 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish