Mavzu: Turkmaniston berk havzasi daryolari



Download 37,5 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2021
Hajmi37,5 Kb.
#69102
1   2   3   4
Bog'liq
Туркманистоннинг берк ҳавзалари

Murg‘ob daryosi Afgonistonga qarashli Safidko‘x va Bandi Turkiston tog‘ tizmalari oralig‘idagi baland yassi tog‘lardan boshlanadi. Uning uzunligi 852 km, suv yig‘ish maydoni 46880 km2. Daryoning o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi Taxtabozor shahri yonida 51,6 m3/sek. Bu daryo qor-yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi, mart-iyun oylari davomida 52,1 %, iyul-sentyabr oylari davomida 19,5 %, oktyabr-fevralda esa 28,4 % oqim oqib o‘tadi. Bu daryo va uning irmoqlari O‘rta Osiyodagi eng loyqa daryolaridandir ( Murgob daryosida, Taxtabozor yonida 1949-1959 yillar oralig‘ida kuzatilgan o‘rtacha yillik suv sarflari 53,1 m3/s ga teng bo‘lgan, suv loyqaligi esa 5,4 kg/m3 ni tashkil etgan, demak o‘rta hisobda har yili suv yig‘ilish maydoni yuzasidan 259 tonna loyqa oqiziqlar yuvlib ketadi).

Irmoqlari Koshon (L =252 km, F=7000 km2, Q=1.15m3/s); Kushka(L=277 km, F=10720 km2 Q= 3.5m3/s ) Kaysar LF daryolaridir. Biroq bu daryolarda bahorda sekundiga bir necha o‘n va hatto bir necha yuz metr kubdan ortiq suv oqib o‘tadigan sel toshqinlari bo‘lishi mumkin.Koshon va Kushka O‘rta Osiyoning eng loyqa daryolaridir. Kosho daryosining o‘rtacha loyqaligi 94,5 kg/m3ni tashkil etadi, Kushka daryosining loyqaligi 28,1 kg/m3ga teng.

Tajan daryosi Eron hududida Safedko‘x va Siyoxko‘x tog‘ tizmalaridan oqib tushuvchi bir nechta kichik soy va jilg‘alarning birlashuvidan hosil bo‘ladi. Uning uzunligi 1124 km, suv yig‘ilish maydoni 70620 km2 ga teng. U boshlanish qismida Sarijangal, o‘rta qismida Xerirud va Turkmanistonga chiqqandan keyin Tajan nomi bilan oqadi. Seraxs shahridan yuqorida Tajan daryosiga bir nechta irmoqlari kelib quyadi, ular orasidan chap tomondan quyiladigan Tabobishlan, Jom va Kashshofrud daryolari ajralib turadi.

Tajan daryosining o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi 32,3 m3/sek. ga teng. O‘rtacha hisobda yillik oqimning 84,7 % mart-iyun, 0,6 % iyul – sentyabr va 14,7 % oktyabr – fevral oylarida oqib o‘tadi. Maksimal suv sarfi 990 m3/sek. ni tashkil etadi. O‘rtacha yillik loyqaligi 16 kg/m3 ga teng.

5. Kopetdog‘ tizmasining shimoli-sharqiy yon bag‘ridagi daryo, soy, jilg‘alar. Kopetdog‘ tog‘ tizmasining shimoli-sharqiy yon bag‘ridan 30 daryo soy, jilg‘a va buloqlar oqib tushadi. Ular orasida nisbatan yiriklari Durungyor (F=3150 km2 ), CHaa-cha-chayniki (F=1397 km2), Qazaganchayniki F=1300 km2 , Sakkizyob (Garmob) F=949 km2, Ashxabodsoy, Feruzasoy va boshqalar. Daryolarning o‘rtacha yillik suv sarfi 0,5-2 m3/s oralig‘ida o‘zgaradi. Kopetdog‘ tog‘ tizmasidan hochil bo‘lgan oqim moduli 0,8 l/s* km2 ga teng, daryo havzalaridan jami 11,8 m3/sek suv keladi.



Turmaniston berk havzasi daryolarining rejimi quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. daryolarning nisbiy suvlilik darajasi juda past;

  2. butun qish davomida daryolarning erigan qor va yomg‘ir suvlari bilan to‘yinib turishi qish davrida suvning serob bo‘lishiga sabab bo‘ladi;

  3. bu erdagi daryolarning to‘yinishida yomg‘irlarning nisbatan muhim rol uynashi shunga olib keladiki, suv miqdorining toshqin davridagi o‘zgarishlari asosan havo haroratining o‘zgarishiga emas, balki yomg‘irlar yog‘ib turishiga bog‘liqdir;

  4. daryolarda suv juda kam, natijada bu daryolarning ko‘pchiligi qurib qoladi, ba’zi birlarining boshlanish joylari o‘zgarib turadi;

  5. quyi oqimlarda daryolarni suvi juda loyqa bo‘ladi, bunga tog‘ etaklarida oson va tez emiriladigan jinslarning keng tarqalganligi sabab bo‘ladi.


Sinov savollari:

1. O‘rta Osiyo daryo tarmoqlarining o‘ziga hos xususiyatlari.

2. Murg‘ob daryosining suv rejimini yoritib berish.

3. Tajang daryosining gidrografiyasi va suv rejimini izohlab bering

4. Kopetdog‘ tizmasining shimoli-sharqiy yon bag‘ridan qanday daryo, soy, jilg‘alar oqib tushadi?
Download 37,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish