Havzaning umumiy tavsifi
Turkmanistondagi berk havzali daryolar suv yig’ilish maydoning xarakteri xususiyatlari hududi Atrek havzasinikiga o’xshaydi, qor kam yog’adi, qor qoplami yupqa bo’ladi va qisqa muddatda erib ketadi. Tog’larning pastki va o’rta zonalarida (2000-2500 m gacha bo’lgan balandliklarda). Odatda butun qish davomida deyarli qor yog’may, faqat yomg’ir yog’adi.
Ushbu havzalarda yillik yog’inning eng ko’p qismi dekabr-aprel oylarida yog’adi; may-iyun vf oktyabr-noyabr oylarida yog’in juda kam yog’adi, iyul-sentyabr oylari davomida esa deyarli yog’ingarchilik bo’lmaydi.
Serdarz va g’avak tog’ jinslarining keng tarqanligi yog’inning oz yog’ishi, qor qoplamining qalin bo’lmasligi natijasida Turkmaniston berk havzalarining katta qismida oqar suvlar hosil bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |