Мавзу: туркистон мухторияти тарихига доир архив ҳужжатлари


Mavzuning ilmiy jihatdan o’rganilish darajasi



Download 386,5 Kb.
bet2/9
Sana27.04.2023
Hajmi386,5 Kb.
#932630
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ARXIV HUJJATLARIDA TURKISTON MUXTORIYATI TARIXINING YORITILISHI

Mavzuning ilmiy jihatdan o’rganilish darajasi. SHo’rolar Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi, bu yerdagi “bosmachilik” harakati, Turkiston Muxtoriyati (“Qo’qon muxtoriyati”), fuqarolar urushi haqida ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borildi, ularning xulosalari ilmiy adabiyotlarda o’z aksini topdi. Lekin, ularning hammasida bolьsheviklar (sovetlar) va qizil askarlar Turkiston xalqiga beqiyos yaxshilik qilgan, ularni ozodlikka olib chiqqan qahramonlar sifatida ta’riflanib kelindi. Muxtoriyatchilar, istiqlolchilik harakati qatnashchilari, ya’ni bolьsheviklarning ta’biri bilan aytganda – “bosmachilar” esa xalqning qahr-g’azabiga uchragan, “reaktsion”, “aksilinqilobchi”, “burjua-millatchi” deb ta’riflangan. Xususan, Turkiston Muxtoriyati sovet tarixshunosligida “burjua-millatchi, aksilinqilobiy hokimiyat” deb talqin qilinib kelingan1. Sovetlar tomonidan “muxtoriyatchilarni mahalliy aholi qo’llab-quvvatlamadi, ularga qarshi kurashda mahalliy aholi qizil armiya saflarida turib kurashdi”, - deb tarixni soxtalashtirganlar. Muxtoriyatchilar bilan mahalliy aholining munosabatlarini hamda bolьsheviklar bilan mahalliy aholining munosabatlarini yorituvchi dalil va hujjatlar o’ta maxfiylik ostiga olinib, arxivlarga tiqildi, ko’plari, hatto, yo’qotildi.
Turkiston Muxtoriyatiga aloqador dastlabki tadqiqotlar sifatida G.Safarov, Ye.Fedorov, T.Risqulov, T.Galuzolarning kitoblarini keltirish mumkin2. Mana shu adabiyotlarda Turkiston Muxtoriyati masalasiga anchagina ob’ektivroq yondashilgan edi.
1931 yilda P.Alekseenkovning “Qo’qon muxtoriyati” nomli asari chiqdi3. 40 – 50 yillarda 1917 yil Fevralь va Oktyabrь voqealarini tadqiq qilish yana kuchaydi. I.K.Dodonov, K.Ye.Jitov, X.SH.Inoyatov, A.A.Gordienkolar asarlari bevosita o’sha davr voqealarini yoritdi4. Mazkur tarixchilar o’z asarlarida Turkiston Muxtoriyati masalasiga ham u yoki bu darajada to’xtalib o’tganlar.
Yuqoridagi asarlada ham tarixiy voqealar kommunistik mafkura nuqtai nazaridan yoritilgan. Aks holda, ular qattiq ta’qibga uchrab, nashr etilmagan bo’lar edi.
Xullas, sovet tarixshunosligida Turkiston Muxtoriyati masalasi mazmun-mohiyatiga xolis baho berilmadi, soxtalashtirildi va uning faoliyati hamda rahnamolariga nisbatan faqat tavqi-lan’atlar yopishtirildi. Lekin, o’sha sovet davlati hukmronligi yillarida ham muhojirda yurgan vatandoshlarimiz tomonidan 1917 yil voqealari ancha xolis yoritilgan. Xususan, Turkiston Muxtoriyati masalasida M.CHo’qay, Ahmad Zaki Validiy, Boymirza Hayitning asarlarini ko’rsatish mumkin5.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, tarix fanida, jumladan, Turkiston Muxtoriyati masalasiga yondashishda tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. M.Hasanov, SH.Doniyorov, S.A’zamxo’jaev, N.Norqulov, X.Sodiqov, N.Karimovlarning ilmiy tadqiqotlarida Turkiston Muxtoriyati bilan bog’liq bo’lgan voqea-hodisalar xolis ochib berildi6. Mazkur ilmiy maqolalarda muxtoriyatchilarga nisbatan mahalliy aholining, bolьsheviklarning munosabatlari ham ko’rsatib o’tilgan. Bu masalada Farg’ona viloyati davlat arxivi (keyinchalik – FVDA) fondlarida ham talaygina hujjatlar mavjud. Hujjatlarda Turkiston Muxtoriyati va uning faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan voqealarni yorituvchi dalillar o’z aksini topgan. Bu hujjatlar Farg’ona viloyati boshqaruv organlarining, zavod va fabrika mehnatkashlarining, umuman, mahalliy aholining muxtoriyatchilar bilan aloqalari, ularga bo’lgan munosabatlari haqida, muxtoriyatning bostirilishi va uning oqibatlari bilan bog’liq bo’lgan voqealar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Afsuski, ularning ko’pi hali to’liq o’rganilmagan. SHuni hisobga olib, biz Turkiston Muxtoriyatining ba’zi bir jihatlarini arxiv hujjatlari asosida ko’rib chiqishni bitiruv malakaviy ishimizning ob’ekti qilib oldik.

Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish