MAVZU: ARXIV HUJJATLARIDA TURKISTON MUXTORIYATI TARIXINING YORITILISHI
MUNDARIJA sahifa
Kirish…………………………………………………………………..3 - 7
I bob. Turkiston Muxtoriyatiga munosabat haqidagi
hujjatlar……………………………………………………...8 - 38
1.1. Farg’ona viloyati aholisining muxtoriyatga
munosabati haqidagi hujjatlar…….…………………8 - 26
1.2. Turkiston Muxtoriyati va mahalliy
boshqaruv organlarining o’zaro munosabatlarini
yorituvchi hujjatlar…………...………………………27- 38
II bob. Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi bilan
bog’liq hujjatlar…………………………………………39 - 50
2.1. Muxtoriyatning bostirilishi bilan bog’liq
hujjatlar………………………………………………39 - 45
2.2. Muxtoriyatining tugatilish oqibatlari bilan
bog’liq hujjatlar..…………………………………….46 - 50
Xulosa………………………………………………………………..51 - 53
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxati……………..54 -55
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil davlatchiligimizni tashkil qilganimizga ham mana yigirma yil bo’lyapti. Lekin, mana shu tarix uchun qisqa vaqt ichida O’zbekiston dunyo xaritasida o’z o’rniga ega bo’ldi, jahon mamlakatlari va afkor ommasi o’rtasida obro’-e’tibor qozondi. O’zbekiston mustaqil davlat bo’lgach, xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub’ektiga aylandi. Hozirgi kunda O’zbekiston 200 ga yaqin davlat tomonidan tan olindi, 150 dan ziyod davlatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatildi. BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda kengashlarga a’zo bo’ldi (1996 yil holatiga ko’ra 51ta tashkilot hamda kengashlarga a’zo bo’lgan). 1991- 2001 yillar mobaynida O’zbekistonda 43 ta davlat elchixonasi, 13 konsullik vakolatxonalari ochildi. O’zbekiston chet davlatlarning 25 tasida elchixonalar, 10 tasida konsulxonalar ochishga muvaffaq bo’ldi. Bundan tashqari, BMT, YeXHT, YeI, NATOda o’z vakolatxonalariga ega bo’ldi.
To’g’ri, mustaqillikka, milliy davlatchiligimizga 1991 yil to’la erishdik. Lekin, erk va istiqlol, milliy davlatchilik xalqimizning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz asrlar davomida bu ezgu niyat yo’lida kurash olib borganlar. Xalqimizning yuzlab va minglab asl farzandlari bu yo’lda o’z hayotlarini va hatto, o’z jonlarini ham fido qilganlar. “Turkiston Muxtoriyati” milliy davlatchiligimizga qo’yilgan ilk qadam, dastlabki urinishlar, desak xato bo’lmaydi.
Turkiston Muxtoriyati tashkil topishi bilanoq, bolьsheviklar tomonidan tazyiqqa uchradi. Muxtoriyat uzoq yillar davomida “burjua-millatchi, reaktsion, aksilinqilobiy hokimiyat”, uning tashkilotchilari va va rahbarlarini esa “burjua-millatchi”, “panislomchi”, “panturkchi” deb talqin qilinib kelindi. Natijada, keyingi avlodlar ongida Turkiston Muxtoriyati va uning rahbarlari to’g’risida noto’g’ri tasavvurlar shakllantirildi.
Turkiston Muxtoriyati va uning faoliyatini o’rganish, mustaqilligimizning qanchalik chuqur poydevorga ega ekanligini, osonlikcha qo’lga kiritilmaganligini ko’rsatib beradi. Mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, qolaversa, milliy istiqlol g’oyamizni yaratishda muxtoriyat va uning rahbarlari faoliyatini namuna sifatida olishmiz mumkin. SHuning uchun bu kabi mavzular davrlar o’tishi bilan hech qachon o’z dolzarbligini yo’qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |