7. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda axborotlanganlik tamoyilini qo‘llash marshrutni o‘ziga xos ravishda reklama qilish, turizm bozoriga kiritish ham hisoblanadi. Bu tamoyilda marshrut haqidagi barcha ma’lumotlar turist uchun muhayyo qilinishi kerak–broshyura, jurnal, buklet, gazeta, radio, televediniya. Turist marshrutda nimalarni ko‘radi, nimalar haqida ma’lumotlar eshitadi, qanday yuradi, qaysi kiyimlar kerak bo‘ladi, qanday transport vositalari taklif qilingan, qaysi xil ovqatlar ichimlik lar tayyorlanadi, qanday dam oladi, ovqatlanish tartibi qanday tashkil qilinadi va hakozalarga – hammasiga javob bo‘lishi shart bo‘ladi.
Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish tamoyillaridagi talablarni o‘rganib tahlil qilganimizda har bir tamoyilning marshrutda muhim o‘rni borligini anglaymiz. Bu tamoyillarni asos qilib olib ishlab chiqilgan marshrut o‘zida marshrutning barcha talablarini majmuali ravishda mujassamlashtirgan bo‘ladi, ekomarshrutning reklamaligi ahamiyatini oshiradi.
2.1. Ekoturizm marshrutlaridagi xizmatlar.
Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishning tamoyillari o‘z mohiyati jihatidan turistik marshrut lardagi xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, imkoniyatning yaratilgan ligi, ko‘p variantlilik, qulaylilik va axborotlanganlik tamoyillarida marshrutlarda turistlar uchun qanday xizmatlar tashkil qilinishi va ko‘rsa tilishining ayrim, umumiy nomlanishlariga to‘xtaldik. Ekologik turizm marshrutlaridagi xizmatlar quyidagi, alohida-alohida sohadagi xizmat larni o‘z ichiga oladi:
1. Transport xizmatlaridan marshrutda bo‘lish davomida quyidagi holatlardan foydalanish mumkin:
a) Turistik firmaning xususiy transportlaridan foydalanish mumkin.
b) Boshqa tashkilotlardan maxsus jihozlangan transport xillarini ijaraga olish mumkin.
v) Turist mahalliy aholidan ot, eshak, tuya va aravalarni ijaraga olishi mumkin.
g) Turist o‘zining shaxsiy transportidan foydalanish mumkin.
Ekoturizmning katta masofali marshrutlaridan foydalanilganda albatta hozirda mavjud bo‘lgan quyidagi transport turlari turmarshrutning o‘ziga tegishli xizmatini bajarib beradi:
Aviatsiya transportlari (samolyot, vertolyot).
Avtobus transportlari (kichik va katta hajmdagi avtobuslar, mikro avtobuslar).
Avtomobillar transporti (yengil, jiplar, arzon, qimmat, maxsus).
Temir yo‘l transportlari.
Mahalliy aholi transportlari (ot,eshak,tuya,arava, bug‘u, it chanalari).
Kombinatsiyalashgan transport xillari.
Suv havzalari transportlari (kater, qayiq, kemalar, maxsus sollar).
Ekomarshrut davomida turistlarga xizmatlar ko‘rsatish xillari quyida gilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Dam olishni tashkil qilish xizmatlari (marshrut davomida qisqa muddatli dam olishda yig‘ma stol-stullarning bo‘lishi, kofe yoki choy tayyor lash,tunash-palatkalarda, yig‘ma karovatlar, ko‘chma tele-radio vositalari, mehmonxonada).
Marshrut davomida va marshrut oxirida–ekologik resurs maskanidagi xizmatlar (qisqa muddatli va 1-2 kunlik ekskursiyalarda).
Turistlarga ko‘ngil ochar xizmatlarni (o‘yinlar, musobaqalar, ekzotik harakatlar) ko‘rsatish.
Qayd qilingan xizmat xillari ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishdagi axborotlanganlik tamoyili bo‘yicha ham talab qilinadi. Eko turizm marshrutlarida xizmatlarni sifatli qilib bajarish, turistga taklif qilishning mukammal ishlab chiqilgani va a’lo darajada bajarilgani turistik firmada turistlar oqimini ko‘paytirib olinadigan daromadning oshishini ta’minlaydi, turizm bozorida tur firmaning mavqeini ko‘taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |