2-Bob. Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish tamoyillari
Mavzuning rejasi bo‘yicha turizmda marshrutlar ishlab chiqish tamoyil lari bilan ekologik turizm marshrutlarining ta’rif va tavsiflarini ishlab chiqamiz.
1. Ekologik turizm marshrutlaridagi jozibadorligi, betakrorlik tamoyili talablari haqida ta’riflashni batafsil keltirishga izoh bu yerda ortiqchalik qilsa kerak. Ekoturizmning kelib chiqishi ham insonning tabiatni sog‘inishi, hozirgi sivilizatsiya bo‘hronlaridan (atmosferaning ifloslanishi, yerlarning ishdan chiqib borayotganligi, noyob o‘simlik va hayvonotning insondan uzoqlashib borayotganligi, toza havoning yetishmayot ganligi va hakozolar…) charchaganligidan, insonning tabiatdagi toza havoli tabiiy mintaqalariga sayohatni hoxlaganligidan kelib chiqdi. Bu soha marshrutlarini tuzganda tabiatdagi jozibadorlik–betakrorlikning o‘zi hamtabiiy mintaqalarning o‘ziga xos bo‘lgan landshaftlari, shu mintaqada o‘suvchi o‘simliklar va shu mintaqa tabiatiga intilish jihatlarini hisobga olish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ekologik marshrutlar tuzishda ishlatiladigan jozibadorlik va betak rorlik ko‘rinishlari O‘zbekistondagi 5 ta tabiiy ekologik mintaqada mavjud. Shuning uchun ham ekologik maskanlarga–resurslarga marshrut tuzishda bu tamoyilni qo‘llashning kutilgandan ziyoda bo‘lgan imkoniyatlari bor. Eng muhimi marshrut tavsifida ekologik resursdagi jozibador va betakror tabiiy ko‘rinishlar birinchi navbatda rasmlar tasvirida berilishi kerak.Bu tipdagi marshrutlarni ishlab chiqishda albatta noyob hayvonot olamidagi qushlar, hayvonlar, «Qizil kitob» dagi hayvonot turlarining rasmlari, ta’riflari marshrut ma’lumotlarida berilishi maqsadli bo‘ladi.
2. Imkoniyatning yaratilganligi tamoyilida ekoturizm resursiga marshrutlar ishlab chiqish juda jiddiy masala. Bu tamoyilga amal qilib ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda quyidagi imkoniyatlar bo‘lishi talab qilinadi.
Ekoturizm maskanlariga kirishning huquqiy-qonuniy tartiblari yaratilganligi.
Ekoturizm maskanida turistlar uchun maxsus marshrutlarning (so‘qmoqlar, yo‘llar, dam olish joylari) ishlab chiqilganligi va faoliyat ko‘rsatishi.
Ekoturizm maskanlarida turistlarga xizmatlar ko‘rsatish tizimlarining tashkil qilinganligi (dam olish, tunash, ovqatlanish, ko‘ngil ochar o‘yinlar, qisqa muddatli ekskursiyalar va hako…).
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda Davlat muhofazasidagi tabiat landsh aftlari, qo‘riqxonalar, tog‘ tizmalariga turistlar kiritilishining huquqiy qonuniy meyorlari ishlab chiqilmagan. Bu meyorlar endi yaratilmoqda. Demak, bu ekoturizm maskanlaridan ekoturizmda foydalanishning eng muhim imko niyatlari hozircha yo‘q. Shuning uchun ham bu tamoyilning talablari (1,2,3)amalda bajarilgandagina ekoturizm resurslariga, obyektlariga turistik marshrutlar ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |