Mavzu: Turizmda ekoturistik marshrutlar ishlab chiqish


Turizmda ekoturizmning tutgan о‘rni



Download 44,39 Kb.
bet3/10
Sana09.06.2022
Hajmi44,39 Kb.
#645752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word

1.1.Turizmda ekoturizmning tutgan о‘rni
Hozirda turizm jadal ommalashib nafaqat son, balki sifat jihatidan ham о‘zgarib bormoqda. XX asrning о‘rtalariga kelib tabiiy turizm va uning turli kо‘rinishlari rivojlangan bо‘lsa, 70-yillarning boshlarida undan ekoturizm ajralib chiqishni boshladi. Ekoturizm o’zining mazmun- mohiyatiga kо’ra insonlarning nafaqat ona tabiat qо’ynida dam olish, xordiq chiqarish yoki muayyan sog’lomlashtirish bilan shug’ullanish, shu bilan birga atrof- muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ishlarni
bajarishga undaydi. Ma’lumotlarga kо’ra umumiy turizm ichida ekoturizm 7% dan 60% gacha bо’lgan turistlarni qamrab oladi. Bunday kо’rsatkichlarga sabab bir tomondan mualliflarning yetarli ma’lumotga ega bо’lmasligi yoki ekoturizm bilan boshqa turizmni aralashtirib yuborishlari bо’lsa, ikkinchi tomondan har bir davlatning ekoturistik imkoniyatlari turlicha ekanligidan kelib chiqadi. Hozirda turistik industriyasi ichida ekoturizmning mavqei oshib bormoqda. Masalan, dunyo bо’yicha XX asrning 90-yillari oxirida ekoturistlar soni10% dan30% gacha kо’tarilgan. Germaniyada ekoturlarga oid sotilgan turistik paketlar soni1% gacha, AQShda3% gacha, Finlyandiya va Shvetsiyada2% atrofida, Fransiyada4%dan Kо’p bо’lgan. Agar ekoturizmning boshqa turistik turlar bilan qо’shib olib borilayotganini inobatga olsak, unda sotilgan paketlar soni15-20% gacha kо’tariladi.
Butunjahon turistik tashkilotining ma’lumotlariga kо‘ra, kо‘pgina Osiyo, Afrika, Lotin Amerika mamlakatlarida ekoturizm alohida bir turizm turi sifatida qaralmaydi. Bularda ekoturistik marketing va menejment ishlari hanuzgacha amalga oshirilmagan. Ekoturizm eng rivojlangan mamlakatlar, AQSH va Kanadada keng miqyosda amalga oshiriladi. О‘zbekistonning boy tabiatini, insonlarning о‘z yashab turgan joylariga bо‘lgan hurmat-ehtiromini hamda tabiat milliy qadriyatlarning bir bо‘lagi sifatida e’tirof etilishi hisobga olingan holda1995 yilda Prezidentning"Respublikamizda Buyuk ipak yо‘lini qayta tiklash va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirishda О‘zbekiston Respublikasi ishtirokini jonlantirish tо‘g‘risida"gi farmoyishi qabul qilindi. 1999 yil esa turizmni rivojlantirishning2005 yilgacha bо‘lgan Dasturi tasdiqlandi, 2001 yilda Vazirlar Mahkamasining"Chimyon-Chorvoq kurort zonasida tabiiy boyliklarni saqlash, sog‘lomlashtirish va dam olish tizimini rivojlantirishning qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida"gi maxsus qarori ekoturizmning rivojlantirishga asos soldi. О‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri uning ekzotik tabiatidir. Respublikada о‘ta quruq landshaftlardan tortib doimiy qorliklar va muzliklar bilan band bо‘lgan Tyan-Shyan, Pomir-Oloy tog‘ tizmalari, ekologik inqirozga misol bо‘la oladigan Orol dengizi va uning atrofi, uzoq о‘tmish, tabiiy tarixga ega bо‘lgan Janadaryo quruq vohasi, biologik xilma-xillikka ega bо‘lgan Hisor, Ugom, Chotqol tog‘ tizmalari mavjud.
YUNESKOning Butunjahon meroslar rо‘yhatiga754 ta obyekt kiritilgan bо‘lib, ularning4 tasi О‘zbekistonda joylashgan. (Ichanqal’a-Xiva, Buxoroning tarixiy markazi, Shaxrisabzning tarixiy markazi, Samarqand-Madaniyatlar chorrahasi). Ushbu noyob tarixiy turistik obyektlarda ekoturistik marshrutlarni birga qо‘shib olib borish о‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi shunday ekoturistik imkoniyatlar nafaqat tarixiy, balki folklor, madaniy va diniy markazlar orqali ham rivojlanishi mumkin. Bu о‘rinda Boysun tog‘li hududi, Termiz atrofidagi
buddizm va zardushtiylik dinining markazlari orqali ekoturizmni rivojlantirish mumkin.
Ekologik turizm adabiyotlarda“yashil”, “xlorofill”, “landshaft", "tabiiy turizm” iboralari ostida ham tilga olinadi. Ekologik turizm bu–shaxslarning doimiy yashash joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy yoki boshqa maqsadlarda“Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi va boshqa ekologik qonunchilik hujjatlari bilan qо‘riqlanadigan obyektlarda haq tо‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga sayohat qilishdir. Ekologik turizm tabiiy atrof- muhit bilan tanishish va hordiq chiqarishning eng qulay shakllaridan biri sifatida tan olingan munosabatlar majmui hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ekotizimlarga va tabiiy atrof-muhitga ta’sir kо‘rsatmaydi. Bir vaqtning о‘zida esa mamlakatimiz iqtisodiyoti, xalqimiz farovonligini kо‘tarishda sezilarli hissa qо‘sha oladigan soha hamdir.
Ekoturizm nisbatan yaqin davrda“yashillar” harakati tо‘lqinida vujudga keldi va mamlakatning barqaror rivojlanish konsepsiyasi asosida g‘arbda keng avj oldi. Ekoturizm tabiatda qisqa muddatli dam olish(uik-end)dan, to tabiiy mavzularda ilmiy tadqiqot о‘tkazish maqsadidagi turistlar oqimigacha qamrab oladi. Keyingi yillarda ekoturistlar kо‘plab yuqori malaka talab etilmaydigan dala ishlariga jalb etilmoqdalar. Ular mehnat ta’tillarini ekzotik mashg‘ulotlar; qushlar, tuyoqoyoqlilar va boshqa hayvonlarni, planetamizning uzoq burchaklaridagi kamayib borayotgan
о‘simliklar sonini hisobga olish yoki Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi yо‘qolib borayotgan toshbaqalar tuxumini yig‘ish, yoinki Sharqiy Afrika va Osiyo kengliklaridagi yirik yirtqich va tuyoqli hayvonlarni kuzatishlarni olib boradilar. Ekoturistlarning bir qismini esa noyob о‘simliklar dunyosi va biotsenozi, masalan tropik ekvatorial о‘rmonlar, yozda gullagan tundra yoki chо‘ldagi bahor, jonsiz tabiat obyektlari(g‘orlar, daralar, tog‘ qoldiqlari v.b.), shuningdek antropogen landshaftlar qiziqtiradi. Ekoturizm aholining ekologik bilimi, ongi, madaniyatini oshirish orqali atrof-muhit holatini optimal holatda saqlab turishga(tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, buzilgan tabiiy komplekslarni qayta tiklash) yо‘naltirilgan turizm shaklidir.
Ekologik turizmni rivojlantirish uchun Butunjahon yovvoyi tabiat Fondi, Tabiiy resurslar va tabiat muhofazasi Xalqaro ittifoqi kabi Xalqaro tashkilotlar faoliyati jalb etilmoqda. Bundan tashqari xalqaro va mintaqaviy darajada kongresslar, simpoziumlar va seminarlar о‘tkazilmoqda, ekoturistik firmalar soni oshib bormoqda, turizmning barcha turlaridan kо‘ra ekologik turizm afzal kо‘rilmoqda.
Ekoturizm boshqa turizm turlaridan nimasi bilan farq qiladi, degan haqli savol tug‘iladi. U turizmga nisbatan:
- tabiiy holatda saqlanib qolgan hududlarga sayohat qilish (qо‘riqxonalar, milliy bog‘lar, buyurtma qо‘riqxonalar va boshqa muhofaza ostiga olingan obyektlar kiradi);
- tabiatdan foydalanuvchi soha;
- ekologik targ‘ibotning bir kо‘rinishi.
Kelajakda davlatlar va hamjamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda ekologik turizm asosiy omillaridan biri bо‘lib qolishi lozim. Chunki insonniyatning tabiiy atrof- muhitga bо‘lgan munosabati kishilarning erkin fikrlash, samarali ishlash va ijod qilish qobiliyatini belgilash, mehnat qobiliyatini tiklash imkoniyatini beradi. Amaliy jihatdan har bir mamlakat “yashil” sayohatlar uyushtirish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda asosiy ekoturistik oqim AQSH, Kanada, Avstraliya, Nepal, Ekvador, Braziliya, Filippin, Keniya, Janubiy Afrika Respublikasiga qaratilgan. Chunki ularning iqtisodiy imkoniyati va tabiiy muhiti shunga loyiqdir.


1.2. Ekologik turizmning resurslari


Ekologik turizm o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab jahon turizmi industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butun jahon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha keyingi besh yilda ekologik turizmda turistlar oqimi tobora ko‘payib borayotganligi haqida hisob–kitob natijalari keltirilgan. Bu turizm yo‘nalishida Janubiy Yevropa, Janubiy–sharqiy Osiyo,kichik Osiyo, Xitoy va Afrika qit’asidagi davlatlar oldingi o‘rinlarga chiqmoqda.
Albatda, qayd qilingan geografik tabiiy manzillar betakror tabiat mintaqalaridir. Doimiy bahor va yoz iqlimiga ega bo‘lgan davlatlarning tabia tidagi biologik xilma-xillik sharoitlari bu mintaqalarda yil davomida turistlar oqimining ko‘payishini ta’minlaydi, imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib jahonda ekologik turizm jadal sur’atlar bilan rivoj lanib borayotgan iqtisodiyot sohalaridan biriga aylandi. Ekologik turizm ning rivojlanib borishining yana bir sababi, turist o‘zi qiziqqan tabiat va uning tabiiy sharoiti, biologik resurslari bilan tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag‘rida dam ham oladi, tabiat go‘zalligini chuqur his qiladi, uning resurslarini avaylash, hoxish-istagi paydo bo‘la di.
O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishning hozirgi kunda ancha muammolari to‘planib qolgan. Lekin respublikamizning ekologik turizm salohiyatini hisobga olganimizda ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari-4 faslli tabiat mavsumlari, o‘zining ekologik tizimlariga ega bo‘lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida endemik (faqat O‘zbekiston tabiatida) turlarning ko‘pligidir. O‘zbekistonning ekologik turizmdagi resurslar salohiyatiga alohida to‘xtalganimizda quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish, tavsiflash masalaga aniqlik kiritadi.
O‘zbekiston 38 mln. gektarga ega bo‘lgan ovchilik–baliqchilik yer maydon lariga ega,ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o‘txo‘r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur baliqlarga ega.Bulardan O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» o‘txo‘r hayvonlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 dan ortiq o‘sim lik turlari mavjud. Shulardan 3000 turlari oliy yovvoyi o‘suvchi o‘simliklar, ulardan 9 % endemiklardir.
O‘zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlari tarkibida 2164 km2 ni tashkil qilgan, 10 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km2 ni tashkil etgan 3 ta milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‘paytirish Xalqaro–«Jayron» Ekomarkazi, 12186 km2 maydonni tashkil etgan 16 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud. Keltirilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha qilib qayd qilish mumkinki, O‘zbeksiton Markaziy Osiyoning o‘rtasida, ekologik turizmning rivojlanishi uchun qulay transport geografik arealda joylashgan.



Download 44,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish