MAVZU: Turbo-Paskal muxitini o’rnatish va uning asosiy tavsiyanoma bo’limlari.
REJA:
TP muhitida dasturni bajarish ketma-ketligi.
Delphining boshqa ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimlaridan farqi.
Delphi 4 ning qanday lahjalarini bilasiz?
Delphining ixtisoslashtirilgan dasturlash muhiti nimalarni o’z ichiga oladi?
Appbrowser tahrirlagichining imkoniyatlari.
Code Explorer nima uchun mo’jallangan?
Delphining boshlang’ich fayllari.
Delphi tizimi - bu Windows uchun yaratilgan dasturlar muhiti bo’lib 1995 yilda Borland kompaniyasi guruhi dastur tuzuvchilari Chak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan.
Bu til o’zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o’zining ba’zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi. Borland Delphining paydo bo’lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko’rinish bo’ldi. Delphining dunyoga kelishiga quyidagi tendensiyalar sabab bo’ldi:
Windows uchun dasturlash va komponentlar texnologiyasi;
Masalalarni yechish uchun obyektga yo’naltirilgan usul;
Interpretatsiyadan emas, kompilatsiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilator bilan ishlash tezligi o’n martalab ustunlikka ega bo’ladi;
Universal usullar yordamida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlarining mavjudligi; Masalan, lokal va shu bilan bir qatorda server ma’lumotlari faylidan mijoz-server arxitekturasiga yoki ko’pbosqichli N-tier sxemasiga o’tishni ta’minlash.
Borland Delphi yuqorida bayon etilgan tendensiyalarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Obyekt Paskal tili bo’lib hisoblanadi.
Delphi 2 tizimi yanada yaxshiroq bo’lib qoldi. Asosiy qo’shimchalar quyidagilardan iborat:
- Bir necha yozuvlar bilan bir vaqtda ishlash uchun TDBCtrlCrid komponentasi;
-Jadval ma’lumotlari uchun yaxshilangan TDBGrid to’ri;
-OLE Automation va Variant turlarining himoyalanishi (qo’llab-quvvatlanishi);
-Windows 95 ning to’la qo’llab-quvvatlanishi.
-Uzun satrlarning yangi turi.
Bularga Delphi 3 da quyidagilar qo’shildi:
Code Insight texnologiyasi;
- DLL da otladka imkoniyati;
- TeeChar va Decision Cube komponentalarining shablonlari;
-WebBroker texnologiyasi;
- Komponentalar paketlari;
- Active formalari;
-COM bilan integratsiya.
Delphi 4 ning yangi kiritilgan tushunchalari quyidagilardan iborat:
-Ancha tezkor AppBrowser muharriri.
-Windows 98 ning yangi imkoniyatlarini yaxshilangan himoyasi.
-COM va OLE larning yaxshilangan himoyasi.
-Ma’lumotlar bazasining kengaytirilgan komponentalari.
-BDE ning yangi lohjasi;
-VCL bazalariga qo’shimchalar to’plami.
Delphi 4 muhitida izlanishning eng katta muammolari ro’yxatiga quyidagilarni kiritsa bo’ladi:
-Delphi 4 muhitining 4-lahjasidapaydo bo’lgan - biriktiriladigan darchalar, kod muharririning yangi ko’rgazmali imkoniyatlari va h.k.
-Delphi 4 da mujassamlashgan va ishlatiladigan Object Pascal tilining lahjalari tafsiloti.
-Obyektga yo’naltirilgan dasturlashtirish va uning barcha imkoniyatlari (наследования, полиморфизм, инкапсулкация va h.k.) dan foydalanishdagi asosiy e’tiborni olib tashlash.
-Berilganlar bazasi bilan lokal va klient-server sifatida ishlash. Bunda SQL tilining berilganlar bazasini lokal berilganlar bazasi variantlari va klient-server tizimlarini to’liq o’rganish ko’zda tutiladi.
-Dinamik kutubxonalar tuzish, Delphi komponentlari va Delphi komponentlari paketini tuzish komponentlarni Active X boshqaruvchi elementlariga aylantirish va Active X elementini WEB gipermatn sahifasiga aylantirishga qo’llanilishi.
-Eng yuqori zamonaviy kompyuter dunyosi texnologiyasi bilan Delphi ni boyitib borish. Masalan, Internet uchun dasturlashtirish va TCPG’IP soketlarida dasturlash.