Obyektlar Repozitariysi (bazasi)
Delphida yangi forma, loyiha, ma’lumotlar moduli (Data module) hosil qilishga imkon beradigan bir necha buyruqlar mavjud. Bu buyruqlar FileNew tanlanganda chiqariladi. Bunda Delphi obyektlar repozitariysini ochadi. Repozitariy ixtiyoriy turdagi yangi elementlar: formalar (shakllar), ma’lumotlar moduli, oqim obyektlari (thread objects), komponentlar, automation obyektlar va boshqalarni yaratish imkonini beradi.
Obyektlar repozitariysiga bundan keyingi loyihalarda ishlatilishi mumkin bo’lgan yangi elementlarni qo’shish mumkin. Buning uchun Project Add Repositary buyrug’ini bajarish va hosil bo’lgan muloqot darchasini to’ldirish kerak.
- -
Do'stlaringiz bilan baham: |