Reja: Antifriksion pkmlar



Download 447,9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.02.2022
Hajmi447,9 Kb.
#469136
Bog'liq
14-maruza



77
14-ma’ruza 
Elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan polimer kompozitsion 
materiallar yaratish usullari. 
Reja: 
1.
Antifriksion PKMlar. 
2.
Friksion PKMlar. 
3.
PKMlar xalq iste’mol mollari sifatida. 
PKMlardan mashina uzellarida antifriksion va friksion materiallar sifatida 
keng qo‘llaniladi. PKMlar asosan ko‘p ishqalanadigan detallar va tarmoqlarda 
shesternalar, g‘ildiraklar, tormoz qurilmalarida, xarakatlantiruvchi kamarlar 
(remni), podshipniklar kabi joylarda ko‘p ishlatiladi. Bunday PKMlarni yaratish 
polimer to‘ldiruvchilar ko‘shib ishqalanish koeffitsientini kamaytirish bilan 
bog‘liq. Antifriksion xossalarga ega bo‘lgan PKMlarni olish asosan 
termoplastlarga 
grafit 
kukuni yoki molibden disulfidi qo‘shishga asoslangan. Matritsa-asos sifatida 
politetroftoretilen (teflon), poliamidlar (naylon, kapron) kabilardan foydalaniladi. 
Bunday materiallar kerakli fizik-mexanik kompleks xossalarga egaligi bilan birga, 
ular uncha qimmat emas. Agar podshipniklar sifatida to‘ldirilgan termoplastlar 
ishlatilsa, bronzaga qaraganda yemirilish tezligini pastligi, yurishini tekisligi 
(avtomobil) va ekspluatatsiya vaqtida moylanmaslik kabi xossalari bilan ustun 
turadilar.
Ko‘pgina holatlarda PKMlar ishqalanish tarmoqlarida yarim podshipnik 
sifatida po‘lat asosga qoplanadilar. Bunday podshipniklar metall podshipniklar 
o‘rnini to‘la egallaydi. Hozirgi kunda politetraftoretilendan olingan tolalar va 
kompleks iplar katta ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun dastlab organik, 
metall yoki shisha tolali mato olinadi. Olingan mato metall yoki
shishaplast qattiq joyga yelimlanadi.
Tolalar asosida olingan antifriksion qoplamalar sharnirli birikmalar va 
vtulkalar sifatida samolyotsozlikda, mashinalarda boshqarish rullari sistemalari, 
shuningdek yuqori yoki katta kuchlanishlarni past sirpanish tezliklari bilan 
qo‘shilgan joylarda ishlatiladi. 
Armirlangan reaktoplastlar asosida olingan PKMlar keskin burilish talab 
qilinadigan joylarda dengiz transportida keng qo‘llanilmoqda.
Yuqorida biz PKMlarni texnikada va kurilishda keng qo‘llanilishi haqida 
fikr yuritdik. PKMlar shuningdek elektronika, radio va elektrotexnika
antikorrozion qoplamalar, irrigatsiyada, gidroizolyasiyada va boshqa ko‘plab 
joylarda ham keng ko‘llanilib kelmoqda.
PKMlar shuningdek xalq iste’mol mollari sifatida va meditsinada ham keng 
qo‘llaniladi. 
Xalq iste’mol mollari va mebellar mashinasozlik va qurilish kabi 
tarmoqlarga o‘xshab materiallarga katta talab ko‘ymaydi. Lekin bu yerda talablar 
turli-tuman. Masalan mebellarning ayrim turlari oz vaqtda 200 kg va uzoq vaqtda 
100 kg yukka chidamli, zarbga chidamli va uzoq ishlatilish muddatiga ega bo‘lishi 


78
kerak. Mebellarni PKMlardan konstruksiyalash belgilangan talablardan chetga 
chiqishini talab qiladi. Masalan, krovatlar korpuslarini PKMlar barcha turlaridan 
yasash mumkin. Lekin bu krovatlar burchaklariga oyoqchalar o‘rnatganda polimer 
materiallarni kerakli qattiqlikni hamisha ta’minlab bera olmaydilar. Shuning 
uchun bu yerda asosiy vazifa materialni va konstruksiyani to‘g‘ri tanlashdir. Xalq 
iste’mol mollari sifatida qo‘yilgan to‘ldirilgan kompozitsion materiallar va
tolasimon to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan PKMlar keng ishlatiladi. To‘ldirilgan 
reaktoplastlardan (press -poroshoklar) radiopriborlar korpuslari 
elektro 
xo‘jalik asboblari tayyorlanadi. Asbest bilan to‘ldirilgan materiallar esa xo‘jalik 
elektr asboblari ruchkalari, knopkalar, elektr isitkichlar, rostlash ruchkalari
yasaladi. 
Press materiallardan podnoslar, kuldonlar, soat korpuslari yasaladi. 
To‘ldirilgan polimerlar yuvinish xonalarini jihozlashda ham ishlatiladi. Ko‘pgina 
qatlam plastiklar mebellarga bezak berishda, pollar sifatida ishlatiladigan 
koplamalar uchun yashiklar (kursilar), stollar tayyorlashda ishlatiladi. 
Hozirgi kunga kelib qimmatbaho tabiiy materiallar o‘rnini bosuvchi PKMlar 
yaratilmoqda. Bunga misol qilib, sun’iy terini olish mumkin. Matolar bilan 
armirlangan termoplastlar mebel sanoatida sun’iy charm sifatida ishlatilmoqda. 
Polivinilxlorid va poliuretanlar agar bir tomonlama mato bilan armirlansa, 
poyafzal kiyim va galanteriya maxsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Suv bilan 
to‘ldirilgan to‘yinmagan poliefirlarni xossalari polimer matritsa bilan suyuq 
dispers faza hosil qilib yog‘ochni xossalariga juda yaqin bo‘lib qoladi. Bunday 
mahsulotdan juda qiyin shaklli buyumlar yasash mumkin. Ular mustaxkam va 
qattiq. Bunday materiallar tashqi tuzilishi xossalari bilan yog‘ochga o‘xshash, 
lekin arzon. Ishlab chiqarilgan maxsulotlar tarkibida 50 dan 70% gacha suv 
bo‘ladi. Bunday materiallarni bir dan-bir kamchiligi ularni tarkibidagi suvni 
parlanib ketishi va buning natijasida maxsulotni darz ketishi va buzilishidir. 
PKMlardan polimer aralashmalari, AVS-plastiklar maxsulotni qadoqlashda, 
saqlashda foydalaniladi (masalan, qog‘oz bilan dublirlangan polietilendan sutni 
qadoqlash uchun paketlar yasaldi). 
PKMlarni meditsinada tutgan o‘rni ham juda katta. Ulardan meditsina 
uchun turli texnika asboblari, apparaturalari yasashda foydalaniladi. 
Oxirgi yillarda PKMlar yaratishni nazariy asoslariga, sirt xodisalari, fizik-
kimyosiga asoslanib turli tuman PKMlar yaratilmoqda. Oxirgi yillarda 
yaratilayotgan PKMlarni quruq va xo‘l metall sirtiga qoplash mumkin. Bir-biriga 
turlari o‘tuvchi polimerlar asosida olingan PKMlar barcha xossalari jihatidan 
an’anaviy konstruksion materiallardan ustunlik qilmoqda. 
Tayanch so‘z va iboralar. 
PKMlar, friksion va antifriksion xossalari, mashina ishqalanish uzellari, 
tormoz qurilmalari, podshipniklar, tolalar asosida olingan antifriksion qoplamalar, 
PKMlar xalq iste’mol mollari sifatida, PKMlardan tayyorlangan sun’iy teri, 
mebelsozlikda ishlatilayotgan PKMlar, PKMlardan tayyorlangan meditsina 
texnika asboblari. 


79
Qaytarish uchun savollar 
1.
Antifriksion PKMlarga misol keltiring. Ularni 
afzallik tomonlari nimada? 
2.
Friksion PKMlarga misol keltiring. 
3.
PKMlar xalq iste’mol mollari sifatida. 
4.
PKMlarni meditsinada tutgan o‘rni qanday? 
Foydalangan adabiyotlar 
1.
Lipatov Yu.S. Kompozitsionnыe polimernыe materialы. Kiev, 
"Naukova dumaka", 1976,192s. 
2.
Lipatov Yu.S. Fizicheskaya ximiya napolnennыx polimerov. M, 
"Ximiya" 1977g. 305s. 
3.
Lipatov Yu.S. Budushee polimernыx kompozitsiy. Kiev. "Naukova 
"dumka", 1984g. 135s. 
4.
Lipatov Yu.S. Mejfaznne yavleniya v polimerax. Kiev, "Naukova 
dumka", 1980g. 260s. 

Download 447,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish