Mavzu: Tuproqning umumfizik xossalari


-rasm. Strukturali madaniy tuproqlarning kovakligi. (N.A.Kachinskiy bo’yicha)



Download 113,1 Kb.
bet3/3
Sana07.07.2022
Hajmi113,1 Kb.
#755653
1   2   3
-rasm. Strukturali madaniy tuproqlarning kovakligi. (N.A.Kachinskiy bo’yicha)
1- kesakdagi nozik, asosan kapilyar kovakliklar, tuproq namlanganda suv bilan to’ladi;
2- kesakdagi o’rtacha kovakliklar (uyalar, kanallar), namlanganda qisqa vaqt suv bilan to’ladi, sungra shimilib ketgandan keyin- havo bilan to’ladi;
3- kesaklar orasidagi yirik kovakliklar, odatda havo bilan to’lgan;
4- kesaklar tutashish joyidagi kapilyar kovakliklar, nam tuproqda ko’p qismi suv bilan to’lgan.
Kapillyar va nokapillyar kovakliklar struktura bo’laklarining o’lchamiga bog’liq bo’lib, ularning prosent nisbati turlicha (25-jadval).
Bu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, 0,5-5 mm o’lchamli makroagregatlar bo’lgan tuproqlarda nokapillyar kovakliklar umumiy g’ovaklikka nisbatan 49-63 foiz va < 0,5 mm bo’lgan agregatlarda esa u 8 foizgacha pasayadi.
- jadval
tuproqdagi makroagregatlarning o’lchamiga ko’ra turli kovakliklarning
miqdori, foiz hisobida.
(A.G.Doyarenko bo’yicha)

Kovaklik

Makroagregatlar o’lchami, mm

<0,5

0,5-1

1-2

2-3

3-5

<0,5

0,5-1

1-2

2-3

3-5

tuproqning hajmiga nisbatan, foiz

tuproqning umumiy kovakligiga nisbatan, foiz

Umumiy

45,5

50,0

54,7

59,6

62,6

100

100

100

100

100

Kapillyar

42,8

25,5

25,1

24,5

23,9

92

51

46

41

37

Nokapillyar

2,7

24,5

29,6

35,1

38,7

8

49

54

59

63

A.G.Doyarenko tadqiqotlariga ko’ra, tuproqning eng maqbul suv-havo rejimi kapillyar va nokapillyar kovakliklarning nisbati taxminan 1 : 1, ya’ni deyarli teng bo’lganda yuzaga keladi. Ammo tuproqda yetarli darajada havo almashib turadigan sharoitni hamda barqaror nam zahirasini hosil qilish uchun nokapillyar kovakliklar miqdori umumiy kovakligiga nisbatan 55-65 foiz bo’lishi ma’qul. Bu ko’rsatkich 50 foizdan kam bo’lsa, havo almashishi sekinlashadi va anaerob sharoit vujudga keladi. Agronomik nuqtai-nazardan tuproqda nam bilan egallangan kapillyar bo’shliqlarning ko’p bo’lishi bilan bir qatorda, mineral tuproqlarda aerasiya bo’shlig’i 15 foizdan kam bo’lmasligi kerak.
tuproqning havo almashinadigan (aerasiya) kovakligini hisoblash juda muhim. Aerasiya kovakligi umumiy kovaklik bilan, shu davrda tuproqda saqlanadigan namning hajmiy miqdori orasidagi farqqa ko’ra aniqlanadi.
Kae = Kumum - V, V= d · a
Bunda, Kae - aerasiya kovakligi, tuproq hajmiga nisbatan, foiz: Kumum - umumiy kovaklik, foiz; V-suv bilan egallangan kovakliklar hajmi, tuproq hajmiga nisbatan, foiz; d - tuproq zichligi, g/sm3 ; a -tuproqdagi nam miqdori, tuproq og’irligiga nisbatan, foiz hisobida. Kovaklik turli tuproqlarning genetik qatlamlari bo’yicha farq qiladi va odatda haydalma yerlarda yuqori bo’ladi. Masalan, qo’riq tipik va to’q tusli bo’z tuproqlarda umumiy kovaklik, uning yuqori qatlamida 55-57, haydalma yerlarda bu ko’rsatkich 58-62 foizni tashkil etadi. tuproq kovakligini baholash shkalasi quyidagi -jadvalda berilgan.
-jadval
Tuproq kovakligigini baholash. (N.A.Kachinskiy bo’yicha)

Vegetasiya davrida qumoq va soz tuproqlar uchun umumiy kovaklik, foiz

Kovaklikning sifat bahosi

Vegetasiya davrida qumoq va soz tuproqlar uchun umumiy kovaklik, foiz

Kovaklikning sifat bahosi

>70

tuproq qavargan bo’lib, kovaklik nihoyatda yuqori

<50

Haydalma qatlam uchun qoniqarsiz

65-55

Madaniy haydalma qatlam uchun, kovaklik a’lo

40-25

Illyuvial gorizont uchun xarakterli bo’lib, kovaklik nihoyatda past

2. tuproqning solishtirma va hajm massalari hamda kovakligi - uning umumiy fizik xossalari deb yuritiladi. tuproqning unumdorligini oshirish albatta, mana shu umumiy fizik xossalariga bog’liq bo’ladi. Bu o’rinda tuproq qattiq fazasining zichligi (solishtirma massasi) ning meliorasiyasi to’g’risida gap borishi mumkin emas, chunki solishtirma massasi bu uzoq vaqt o’zgarmaydigan fizik konstanti hisoblanadi. Gap asosan butun vegetasiya davrida juda ham o’zgarib turadigan tuproqning hajm massasi, hamda u bilan funksional bog’lanishda bo’lgan kovaklik to’g’risida boradi. Ma’lumki, tuproq uch fazali sistema hisoblanadi. Lekin bu fazalarning nisbati ularga ishlov berish, sug’orish jarayonida ancha o’zgaradi. Bu o’zgarish asosan tuproqdagi havo va suvga tegishlidir, ya’ni tuproqda namning ko’payishi o’z navbatida havoning kamayishiga olib keladi va aksincha namning kamayishi xavoning ko’payishiga olib keladi, chunki suv va havo bir ma’noda - tuproq kovagida mavjuddir.


O’zbekiston tuproqlarida makroagregatlarning kamligi, hamda ularning suvga chidamsizligi hajm massasini vegetasiya davomida o’zgarib turishiga olib keladi. Sug’orish suvlari agregatlarni buzadi va ularni yanada zichlashishiga sabab buladi. Yangi sug’oriladigan yerlar asta-sekin zichlashib tuproq qovushmasining zichligi jihatdan o’rtacha o’rinda turadi. Turli tipdagi sug’oriladigan tuproqlar qovushmasining zichligi jihatdan bir-biriga yaqin turadi. Shunday bo’lsa ham, sahro zonasidagi va gidromorf sharoitidagi tuproqlar ayniqsa kuchli zichlashgan bo’ladi. Umuman, quyi qatlamlardagi tuproqning hajm massasi ustki qatlamdagi tuproqning hajm massasiga nisbatan kattaroq bo’ladi. Eng katta hajm massasi haydalma qatlam tagidagi qatlamdadir
S.N.Rijov haydalma qavat tagidagi zichlashgan qatlam, ya’ni "plug tovoni" sug’orish vaqtida berilgan suvning va qisman ishlash qurollarining tuproq strukturasini buzishi va tuproqni zichlashtirishi tufayli vujudga keladi, degan fikrni bayon qiladi. Shuning uchun ham qadimdan sug’oriladigan tuproqlarning haydalma osti qatlamlari bir muncha qatta hajm massasiga ega (1,6-1,8 g/sm3). tuproqning bu darajada zichlanishiga ko’p yillik sug’orish hamda haydov qurollarining bosishi sabab bo’ladi. Bu qatlamning zarari adabiyotlarda yetarli darajada keng yoritilgan va dehqonlar ham uni biladilar. Sug’orilmaydigan yerlarda "plug tovoni" bo’lmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, sug’oriladigan bo’z tuproqlarda mavjud mikroagregatlar oz miqdorda bo’lsada, butun vegetasiya davomida hajm massasini juda ham ko’tarilishiga to’sqinlik qilib, o’ziga xos fizik rejimini vujudga keltirishiga sabab bo’ladi.

Mustaqil ishlash uchun savollar.

  1. tuproqning zichligi va qattiq qismining zichligi va ularning agronomik ahamiyatini ta’riflang.

  2. tuproqning zichligi nimalarga bog’liq?

  3. tuproqning kovakligini va uning agronomik ahamiyatini ta’riflang?

  4. Sug’oriladigan dehqonchilik tuproqning fizikaviy xossalariga qanday ta’sir etadi

  5. Kapillyar namlik necha foiz bo’lganda tuproqda anaerob jarayon boshlanadi?

Download 113,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish