1.4 Ishlatilishi va ahamiyati
Benzoy kislota yaxshi antiseptik bo’lgani uchun tibbiyotda va qishloq xo’jalik mahsulotlaridan konservalar tayyorlashda uning natriy benzoat tuzi ishlatiladi. Ftal kislotalar aromatik dikarbon kislotalarning vakillaridir. Ular naftalin va ksilol izomerlarini oksidlab olinadi. Ftal kislotalar kristall moddalardir. Agar ular suyuqlanish temperaturasidan yuqori temperaturada qizdirilsa, faqatgina orto ftal kislotadan bir molekula suv chiqib ketishi hisobiga ftal angidridga aylanadi. Ftal agidrid sanoatda gliftal smolasi, fenolftalein fluoressein, eozin va boshqa moddalar olishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Fenolflatein muhitni aniqlashda indikator sifatida va tibbiyotda «purgen» nomi bilan surgi sifatida ishlatiladi. Ftal kislotaning dimetil efiri qishloq xo’jaligida repellent (chivinlar va boshqa hasharotlarni haydovchi) sifatida ishlatiladi. Tereftal kislota etilenglikol bilan polikondensatlanib polietilentereftalat smolasi hosil bo’ladi. Smoladan tayyorlangan poliefir tola Rossiyada lavsan, Amerikada dakron, Angliyada terilen deb ataladi. Tabiiy tola bilan lavsan aralashmasidan g’ijimlanmaydigan material olinib, to’qimachilik sanoatida keng ishlatiladi.
Benzoy kislota yaxshi antiseptik, uning natriyli tuzi past konsentratsiyalarda konservant sifatida ishlatiladi. Aromatik karbon kislotalarning funksional guruh saqlovchi hosilalari tibbiyotda keng ishlatiladi. Masalan, para-aminobenzoy kislotasining murakkab efirlari (anestezin, novokain va b.) mahalliy og‘riq qoldiruvchi vositalardir:
Sоrbin kislоta H3C-(CH=CH)2-COOH trans-kоnfiguratsiyaga ega bo‘lib, оziq-оvqat (meva va sabzavоt, baliq va go‘sht) mahsulоtlari uchun yaхshi kоnservant hisоblanadi. Karbon kislotalar organik sintezda katta ahamiyatga ega. Organik shisha ishlab chiqarishda va boshqa ko’plab sohalarda ishlatiladi.
Xulosa
Kurs ishiningning maqsadi to’yinmagan bir asosli karbon kislotalarning fizik kimyoviy xossalarini ularning ahamiyatini ko’rib chiqishdan iborat bo’lib, ularni to’liq o’zlashtirdim deb aytishim mumkin.
Kurs ishimda aromatik hamda aromatik bo’lmagan karbon kislotalarning va qo’shbog’i karboksil guruhdan uzoqda joylashgan karbon kislotalar (оlein, linоl va linоlein)ning fizik va kimyoviy xossalarini, tabiatda uchrashi va ahamiyatini keltirib o’tdim. Bulardan tashqari, karbon kislotalarning izomeriyasi, ularning nomlanishi va ahamiyati yoritilgan.
Benzoy kislotaning xossalari uning olinishi, aromatik halqaning hamda aromatik birikmalarning yon zanjirining oksidlanishi haqida ma’lumot berilgan.
Shuni aytishim mumkinki menga bunday ma’lumotlar foydali bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |