Mavzu: Tomatdosh ekinlar konservalarini tayyorlash texnologiyasi Kirish Asosiy qism



Download 0,97 Mb.
bet5/12
Sana27.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#709883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tomatdosh ekilar konservalarini tayyorlash texnologiyasi

Konserva sifatiga talab. Pyure tarkibida quyidagi ko‘rsatkichlar me’yorlanadi: quruq modda miqdori (6%-dan kam bo‘lmasligi kerak), qum (0,05% -dan ortiq bo‘lmasligi kerak), og‘il metallar miqdori.



    1. Tomoat pyuresini tayyorlash texnologiyasi

Po‘stloq va urug‘i ajratib olingan tomat massasi tomat pulpasi deyiladi. Pulpa gomogenizatsiyalanib deaeratsiyalangach u tomat sharbatiga aylanadi. Tomat sharbati, tomat pyuresi, tomat pastasi, hamda quyultirilgan tomat sharbati sanoat YaTM hisoblanadi.
Tomat pyuresi va pastasi tomat pulpasini bug‘latish natijasida olinadi. Ishlab chiqarish operatsiyalari quyidagilardan iborat: yuvish, inspeksiyalash, mevani chayish va undan suvni oqizish, tomatni maydalash, isitish, ishqalash mashinasida pulpa va chiqitga fraksiyalash.
Tomatlarni qayta ishlashga berish. Mevani qayta ishlashga uzatish uchun har 1 m-da 8-12 mm egilish bilan o‘rnatilgan gidravlik transportyor ishlatiladi. Unda suv oqadi. Suv tomatni yuvadi va sex ichiga suradi.
Gidravlik transportyor betonlangan kanal ko‘rinishida tashkil etiladi. U polda o‘rnatiladi va ustiga oson olinadigan metall plita yoki yog‘och qopqoqlar o‘rnatiladi. Bazan yog‘och tarnov ko‘rinishida qurilishi mumkin.
Gidravlik transportyordagi oqimning harakatlanish tezligi v quyidagi formula yordamida hisoblanadi

bunda C – transportyor ichki yuzasining silliqlik koeffitsienti (tomat liniyalarining sementlangan gidravlik transportyorlari uchun S = 26,5); R – gidravlik radius (oqim ko‘ndalang kesimi maydonining suv osti yoki “ivigan” perimetriga nisbati); I – egiklik (0,008-0,12).
Suv–tomat oqimining harakat tezligi 0,7-1,0 m/s-ni tashkil etadi. Og‘ir begona predmetlarni (tosh, yashchik mixlari) tutib qolish uchun transportyor uzunligida chuqurcha ko‘rinishidagi tutgichlar tashkil etiladi.
“Lang” (Vengriya) rusumli tomat pastasi liniyasida tomat solingan yashchiklar rolgang orqali tomatni transportyorga ag‘darish moslamasiga uzatiladi. Transportyordan tomatlar gidrojelobga o‘tadi. Suv gidrojelobni boshlanish va oxirida tomat harakatiga perpendikulyar yo‘nalishda o‘rnatilgan forsunkalar yordamida purkaladi. Uzunligi 16 m bo‘lgan gidrojelobda 4 -ta tutgich o‘rnatilgan. Tutgich usti yirik teshikli to‘r bilan to‘silgan. Gidrojelobdan tomatlar egik qirg‘ishli transportyor yordamida yuvish mashinasiga uzatiladi.
Yuvish. Tomatlar ventillyatorli yuvish mashinasida yuviladi. Gidravlik transportyor va yuvish mashinasi orasiga egik yoki “g‘ozbo‘yin” transportyor o‘rnatiladi. Yoinki to‘g‘ridan to‘g‘ri elevator yuvish mashinasi o‘rnatiladi.
Yuvish mashinasi va inspeksiya transportyoridan iborat agregat ham ishlatilishi mumkin. Ushbu mashinaning ishchi organi rolikli lenta ko‘rinishida tayyorlanadi.
Tomat sovuq suvda yuviladi, ba’zan vakuum-bug‘latish apparatlari kondensatoridan chiqqan suv (30-380S) ishlatiladi. Suvning birlik sarfi gidravlik transportyorda 4-5 l , yuvish mashinasida 0,7-1,2 l/kg xom ashyo. Dushlarda suv bosimi 200-275 kPa.
Yot mexanik jismlar tomat yuzasidan yuvish natijasida to‘liq olinadi, epifit mikrofloraning 87-97% yuvib yuboriladi. Yuvishning samaradorligini suvni gidravlik trasportyordagi suv oqimiga qarshi yo‘naltirib hamda yuvish mashinasining vannasida havoni barbotaj qilish yordamida oshirish mumkin. Yuvishda quruq modda miqdorining yo‘qolishi zararlangan va yorilgan tomatlar miqdoriga bog‘liq.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish