3-rasm. Ш12-АПК/4 inspeksiyalash transpartyori
Yuvish. Chuchuk qalampir, Shpinat va shovul barglari odatda qum va tuproq bilan ifloslangan bo‘ladi. Ular qiyin yuviladi, ayniqsa yomg‘ir paytida yoki undan so‘ng terilgan bo‘lsa.
Chuchuk qalampirdan loyni yuvib tashlash shart, chunki ularga Cl.botulinum. bakteriyalari o‘rnashgan bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa past kislotalilikka ega va mikrob sporalarini o‘sishi uchun yaxshi muhit bo‘lgan shpinatni qayta ishlashda xavfli. Buni nazarda tutib shpinat va shovul 2, hatto uch marotaba bosim 200-300 kPa bo‘lgan suv tarmog‘idagi dush ostida yuviladi. Agar barglar juda ifloslangan bo‘lsa oqar sovuq suvda 20-30 daqiqa ivitiladi.
Yuvishning yaxshi sifatiga vannadan tashqariga chiqarilgan uzuna valli kurakli yuvish mashinasida erishiladi. Bu mashinaning harakatlanuvchi qismlariga barglar yopishishini bartaraf etadi.
Blanshirlash va ishqalash-maydalash. Yuvilgan chuchuk qalampir yumshab ishqalash mashinasidagi jarayon oson o‘tishi uchun blanshirlanadi.
Shpinat barglari 760S temperaturali suvda 6 daqiqa, shovul barglari esa 850S temperaturali suvda 3-5 daqiqa blanshirlanadi. Suvda blanshirlashda shpinat va shovul barglari tarkibidagi ekstraktiv moddalarning yo‘qotilishi ularning barglardagi umumiy miqdoridan 15-20%-ni tashkil etadi. Yo‘qotishlarni kamaytirish uchun shpinat va shovul barglarini bug‘da blanshirlash tavsiya etiladi.
Issiqlik bilan ishlov berilgach barglar yuzasidagi namlik oqiziladi va issiq holatda ishqalash mashinasida ishlov beriladi. Mashina to‘rlari (sitalari) -ning teshiklari diametri 1,5-2 mm-ni tashkil etadi. Ishqalashda shpinat chiqitlari 5%, shovul chiqitlari 4-5%-ni tashkil etadi.
Qadoqlash, berkitish va sterillash. Ishqalab maydalangan massa 85-950S -gacha isitiladi va shu zahoti avtomatik to‘ldiruvchilar yordamida bankalarga qadoqlanadi.
Qadoqlashdan ilgari mahsulotning rN-i tekshiriladi, u quyidagi qiymatdan oshmasligi kerak: shpinat pyuresi uchun 5,4; shovul pyuresi uchun 3,5; shpinat va shovul aralashmasi pyuresi uchun 3,9. Kislotalilik past bo‘lganda mahsulotga limon kislotasi qo‘shiladi.
Oq tunuka zanglash jarayonining aksariyatini nafaqat nordon shovul, balki nordonligi kamroq bo‘lgan shpinat ham yuzaga keltiradi. Bunga sabab xom ashyo tarkibida ko‘p miqdorda mineral moddalar borligi, buning hisobiga mahsulot yaxshi elektrolit xususiyatga egaligi. Oq tunukaning yuzasida temirning ochiq joylari mavjud. Ikki metalning elektrolit bilan kontakti natijasida galvanik element hosil bo‘ladi va qalay mahsulot tarkibiga o‘tadi. Shuning uchun shpinat, shovul va ularning aralashmasidan tayyorlangan pyure laklangan bankalarga qadoqlanadi, shisha bankaga solinganda laklangan qopqoq bilan berkitiladi.
To‘ldirilgan bankalar berkitiladi, 40-75 daqiqa davomida 1200S temperaturada sterillanadi va jadal sovutiladi.
Yirik taradagi pyure (3 l) ham issiq holatda quyib konservalanadi. Mahsulot quyish vaqtida 950S temperaturaga ega bo‘lishi kerak. Pastroq temperaturada (850S) mahsulotga nizin (0,02%) va sorbin kislotasi (0,03%) qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |