U yoki bu davlatning eksport hajmi о‘sha davlatda ishlab chiqariladigan tovarlarning
chet elga yetkazib berish qobiliyati, ya’ni eksportni taklif qilishga, shuningdek, chet
elliklarning shu tovarni sotib olishga bо‘lgan ishtiyoqi, eksportga bо‘lgan talabiga bog‘liq.
Qishloq xо‘jaligining dastlabki mahsulotlaridek eksport moddalari haqida gap
ketganda har qanday davlat, odatda, jahon bozorida aniqlanadigan, belgilanadigan narx
bо‘yicha tovarlarni yetkazib berish imkoniyatiga ega bо‘lgan hajmdagi tovarlarni sotishi
mumkin. Bu, birinchi navbatda, qurilgan kichkina davlat gipotezasiga tо‘g‘ri keladi. Bu
holda eksport hajmini davlat ichida shunday xabarlar taklifini aniqlovchi ishlar asosida
2. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi eksportga ketishini aniqlash. Ikkala bosqichda
ham asosiy rolni narx stimullari о‘ynaydi. Ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi narxlar stimuli,
ushbu holatda ichki vakolatdagi mahsulotlar narxi va ishlab chiqarishda kо‘rilgan zarar
nisbati hisoblanadi Ishlab chiqarish umumiy hajmining qanday qismi eksportga ketishi ichki
narx va о‘sha tovarning chet elda sotilishi mumkin bо‘lgan narxi orasidagi nisbat bilan
aniqlanadi.
Eksport taklifining empirik formulasi quyidagi soddalashtirilgan tenglamaga
asoslangan bо‘lishi mumkin;
=
GAP
,
Yp
,
Py
Px
f
Px
X
(+) (+) (-)
Bu yerda:
X – eksportning milliy valyutadagi qiymati;
Rx – eksportning milliy valyutadagi narxi;
Py – milliy valyutadagi ichki narxlar;
Yp – eksport sektorining ishlab chiqarish quvvati;
GAP - qondirilgan ichki talab.
Nisbiy narxning о‘zgarish almashish kurslari, eksport soliqlari yoki subsidiyalar va
ichki zararlarga ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Almashish kursining pasayishi eksport narxining
milliy valyutadagi qiymatlari о‘sishiga olib keladi va buning natijasida mahsulotni davlat
ichkarisida sotilgan qiymatga nisbatan eksport foydaliligi о‘sadi. Shuningdek, eksport
subsidiyalari ham ayni ta’sirni kо‘rsatadi.
Eksport sektorining mavjud ishlab chiqarish quvvati eksport hajmining о‘sishini
cheklashi mumkin. Amaliyotda ushbu vaziyatni empirik baholash mushkul. Agar eksport
mahsuloti shuningdek, ichki bozorda ham sotilsa, unda eksport hajmiga ushbu davlatdagi
talabning ortiqchaligi ta’sir qilishi mumkin. Ishlab chiqarish quvvatining mavjud darajali
davrida talab ortiqchaligining pasayishi ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarish
rentabelligini ushlab turishda eksportga ketadigan mahsulot sotilishini о‘stirishga imkon
yaratadi.
Eksportning ba’zi kategoriyalari uchun eksport hajmini talab omillari asosida
prognozlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu holda, u yoki bu davlatning eksport mahsulotga
bо‘lgan talabiga о‘sha davlatning yirik savdo hamkorlari hisoblanuvchi davlatlardagi
daromad darajasi, shuningdek, ushbu davlat eksportining narxi va eksport bozorlariga davlat
eksportining narxi о‘rtasidagi nisbat va ular tо‘g‘risidagi omildan foydalaniladi. Eksportga
bо‘lgan talab funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:
=
Pn
Px
,
Pw
WD
f
Px
x
,
Bu yerda:
X – eksportning milliy valyutadagi narxi;
WD – milliy valyutada ifodalangan jahon talabi;
Rx – eksportning milliy valyutadagi narxi;
Pw – milliy valyutadagi jahon narxlari;
Pn – milliy valyutada ifodalangan eksport raqobatlari va import о‘rnini bosuvchi
talablar narxi.
Yuqorida keltirilgan tenglamada shu narsa kо‘rinib turibdiki, eksportga bо‘lgan talab
qisman о‘sha davlat mahsulotiga bо‘lgan jahon talabi bilan aniqlanadi. Shuningdek, bu
о‘sha davlat eksport mahsulotining qay darajada sotilishi va о‘sha bozordagi
raqobatchilarning eksport narxining о‘rtacha tortilganligi о‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq.
Bu о‘rtacha tortilgan narx, shuningdek, hamkor davlatlarda import о‘rnini bosuvchi
tovarning ichki narxlarini ham о‘z ichiga olishi kerak. Talab va nisbiy narxlarning о‘zgarishi
tо‘g‘risidagi modelni tuzish uchun ma’lum usullar yordamida savdo bо‘yicha hamkor
davlatlarda daromadlar va narxlar tо‘g‘risidagi ma’lumot kerak bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: