Transfertlar tahlili
Umuman olganda, xizmat kо‘rsatish sohasida debet va kreditlarning asosiy
kategoriyalarini savdoda kiritilgan ayni kо‘rsatkichlar, ya’ni nisbiy qiymatlar bilan bog‘lash
mumkin. Lekin bunday yondashuvning samaraliligi xizmat moddalarining ba’zi sohalarga
tavsiv etuvchi omillari murakkabligi, shuningdek, turli moddalar qiymati tо‘g‘risidagi
ma’lumotlarning yо‘qligi sababli chegaralanadi. Shuning uchun, odatda, xizmat kо‘rsatish
sohasida debet va kreditlarning umumiy prognozlashtirish imkonini beruvchi usullardan
foydalaniladi. Xizmat va transport kategoriyasining asosiy kо‘rsatkichlarini aniqlashda
asosiy omillar orasiga quyidagilar kiradi.
1. Yuk va sug‘urta debetlari importning transportirovkasi bilan bog‘langan bо‘lishi
mumkin. Kreditlar eksportlar bilan shunday holatda bog‘liq bо‘ladiki, agar о‘sha davlatning
transport tashkilotlari eksport yuklarini yetkazish nuqtasigacha transportirovkasini
ta’minlab bersa.
2. Boshqa transport xizmatlari, masalan, yо‘lovchi tashish va port xizmatlari,
shuningdek, tovar savdosi oqimi, turizm darajasi va о‘zimizdagi transport tashkilotlarining
raqobatbardoshligiga bog‘liq.
3. Turizm bilan bog‘liq kirim va tо‘lovlar foydalarga baholar sharoitidagi
raqobatbardoshligiga bog‘liq. Turizmdan tushadigan tushumlar, sayyohlar kelayotgan
mamlakatning daromad darajasiga bog‘liq. Sayyohlarga xizmat kо‘rsatishning
yaxshilanishi, masalan, xizmat kо‘rsatish darajasining oshishi, mehmonxonalardan taklif
qilinayotgan xizmat kо‘rsatishning oshishi, ma’qul ma’noda uzoq muddatda turizm
tushimlariga ta’sir etadi.
4. Investitsiyadan olinadigan daromadlar, qonun bо‘yicha tashqi qarz uchun
tо‘lanadigan foyiz tо‘lovlari katta debet hisoblanadi. О‘tgan va avvalgi chet el zayomlari
bahosi va hajmi ham shulardan kelib chiqadi. Chet el investitsiyasi natijasidagi mablag‘lar
oqimining о‘lchanishi bugungi kundagi shunday investitsiyalarning umumiy miqdoridan
kelib chiqadi. Kreditlarga kelsak, mablag‘ oqimi boshqa davlatlarga berilgan zayomning
foyizidan tushadigan tushumlar, shuningdek, chet el zahiralarining daromad darajasiga
bog‘liq.
5. Xususiy bir yoqli transfertlarni yirik qismidan biri kо‘p hollarda, chet eldan xizmat
qiluvchi migrantlarning о‘tkazilishi hisoblanadi. Xizmat qiluvchi migrantlarning qabul
qilinadigan davlatdagi umumiy maoshi va keyinchalik reportatsiya qilinadigan summani
hisobga olish kerak. Migrantlarga beriladigan maoshning umumiy hajmi ularni qabul
qiluvchi davlat iqtisodiy siklining qaysi bosqichda bо‘lishiga bog‘liq holda о‘zgarishi
mumkin, maoshlarni reportatsiya qilishga esa kelajakda ayirboshlash kursining darajasi va
soliq prognozlarini kutishlar, vositalarni reportatsiya qiluvchi stimullar ta’sir etadi.
6. Rasmiy bir tomonlama transfertlarning qiymati boshqa davlatlar hukumati
tomonidan aniqlanadi. Prognoz chet el transfertlaridan olingan byudjet prognozlariga mos
kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |