Bu o’rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka ega bo’lgan kishilar ko’pincha u yoki bu sohaning o’ziga xos spetsifik terminlari bilan ish ko’radi. Masalan, bo’lajak ximiklarning yozma yoki og’zaki nutqida atom, molekula, tovar , anion, xromofor, nikel kabi tor doiradagina qo’llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. Termin kasbiy ma‘no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o’rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o’zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so’z yoki so’z birikmadir. O’z-o’zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi.
Tilning leksikasi tildagi barcha so'zlarni o'z ichiga oladi. Tilda bor bo'lgan barcha so'zlar uning lug'at tarkibini tashkil etadi. Tilda bor bo'lgan
so'zlarning hisobi aniq emas. Har bir til o'zining lug'at tarkibiga ega bo'lib, yuz minglab so'zlarni o'z ichiga olgan. Eng mukammal tuzilgan lug'at ham barcha so'zlarni qamrab ololmaydi. Chunki tilning asta- sekin rivojlanish jarayonida uning lug'at tarkibi ham takomillashib boradi. Barcha yangi so'zlar yoki eski so'zlar lug'atdan o'rin olmagan bo'lishi mumkin. Odatda lug'at tarkibidagi so'zlar ishlatilishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1. Ko'p ishlatiluvchi so'zlar yoki faol lug'at
2. Kam ishlatiluvchi so'zlar yoki nofaol lug'at.
Leksikologiya tilning lug'at tarkibini turli qatorlarga yoki guruhlarga ajratib o'rganadi. Lug'at tarkibini bunday tasnif qilishda ularning tarixiy kelib chiqishi va ishlatilishiga e'tibor beriladi. Jumladan, barcha kishilar tomonidan keng qo'llanuvchi so'zlar alohida guruhni tashkil etadi. Ular kundalik turmushda eng ko'p ishlatiluvchi so'zlardir. Qo'llanishi ma'lum bir hudud bilan chega- ralangan so'zlar dialektizmlar leb ataladi va ular ham alohida guruhni tashkil etadi. Masalan, shoti so'zi Toshkent shevasida arava qismining nomi; Farg'ona shevalarida: a) narvon, b) arava qismi; pashsha so'zi Toshkent shevasida pashsha (муха), Farg'ona shevasida chivin; tuxum so'zi Toshkent shevasida tuxum (яйцо), j-lovchi shevalarda mayak, qipchoq shevalarida urug‘deb ishlatiladi.
Lug'at tarkibidagi fan va texnika sohalarida ishlatiluvchi so'zlar terminlar deb, ularni o'rganuvchi soha esa terminologiya deyiladi. Bunday so'z-terminlar nutqda ko'pincha ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lmaydi. Ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lishi va bo'lmasligiga ko'ra so'zlar tasnif qilinadi. Ekepressiv bo'yoqqa ega bo'lmagan so'zlar neytral so'zlar deyiladi. Bunday so'zlarga kelmoq, istamoq, kitob, qalam kabi kundalik hayotda qo'llanuvchi so'zlar kiradi. Ekspressiv bo'yoqda ega bo'lgan so'zlar stilistik ma'noda qo'llangan so'zlar deb ham ataladi. Bunday so'zlarga oy, kun, chashma, qosh, yer, nazar tashlamoq, chehra kabi so'zlar kiradi. Tilning lug'at tarkibidagi so'zlar, asosan, to'rt guruhga bo'linadi: 1) umumso'zlashuv nutqiga xos leksika; 2) mahalliy so'zlashuv nutqi leksikasi (dialektizmlar); 3) adabiy-kitobiy leksika; 4) umumadabiy til leksikasi (og'zaki va yozma nutqda ishlatiluvchi so'zlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |