Mavzu: Til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Milliy va adabiy til. Mavzu rejasi


-§. O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasining davlat tili



Download 118,04 Kb.
bet7/21
Sana27.06.2022
Hajmi118,04 Kb.
#711510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
1-MA'RUZA

6-§. O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasining davlat tili
Til jamiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Jamiyat a’zolari tilning yashashi, rivojlanishi uchun mas’uldirlar. Shu munosabat bilan, o‘tgan asrning 70-80-yillaridagi o‘zbek tilining ahvolini eslash o‘rinlidir. Bu davrda o‘zbek tilining faoliyat ko‘rsatish doirasi juda torayib, uning butunlay yo‘qolib ketish xavfi paydo bo‘ldi. Ana shunda jamiyatimizning ilg‘or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning taqdiri uchun qayg‘urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi qonun qabul qilindi. Aytish mumkinki, bu qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo‘yilgan ilk qadamlardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” 10.
Eng avvalo, ”davlat tili” tushunchasiga izoh berib o‘tish lozim. Bu degani til boshqa davlat ramzlari qatorida qonun asosida davlat himoyasiga olingani, til bilan bog‘liq masalalar davlat darajasida hal qilinadi, deganidir.
Quyida mazkur qonunni to‘laligicha keltiramiz.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
DAVLAT TILI HAQIDA

(yangi tahrirda)
1-modda: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda: O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitusiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda: O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi. Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar.

Download 118,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish