Mavzu: Til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Milliy va adabiy til. Mavzu rejasi



Download 118,04 Kb.
bet3/21
Sana27.06.2022
Hajmi118,04 Kb.
#711510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-MA'RUZA

2-§. Tilning paydo bo‘lishi
Olimlarning taxminiga ko‘ra, til ibtidoiy jamoa tuzumi davrida paydo bo‘lgan. Bunga shubha qilishga o‘rin yo‘q, chunki insoniyat tarixi shu davrdan boshlanadi. Inson inson deb atalishi uchun u hayvonot olamidan ajralib chiqishi lozim edi. Tilning paydo bo‘lishi mazkur jarayonni boshlab berdi. Xo‘sh, eng universal aloqa vositasi bo‘lgan til qanday paydo bo‘lgan? Bu o‘rinda biz hozir yer yuzida mavjud bo‘lgan uch mingga yaqin tilni nazarda tutayotganimiz yo‘q, balki umuman dastlabki tilni nazarda tutmoqdamiz.
Dastlabki tilning paydo bo‘lishi haqida hech qanday yozma ma’lumot yo‘q, chunki yozuvning, ya’ni og‘zaki nutqni uzoq masofaga, uzoq davrga yetkazish vositasining o‘zi ancha keyin paydo bo‘ldi. Demak, dastlabki tilning qachon, qayerda va qanday paydo bo‘lganligini faqat taxmin qilish mumkin. Bu uchta savolga taxminan quyidagicha javob berish mumkin: dastlabki til fikrlovchi inson shakllangan paytda, shunday inson paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyda va insonlarning bir-birlariga nimanidir aytish istagi yuzaga kelganligi uchun paydo bo‘lgan.
Dastlabki tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risida aniq moddiy dalillarning yo‘qligi bir qancha farazlarning (ba’zi manbalarda nazariya ham deyiladi) yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
1. Tovushga taqlid nazariyasi qadimgi Yunonistonda antik davrda (eramizdan oldingi 1-2 asrlarda) stoiklar degan faylasuflar guruhi tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, unga ko‘ra inson tili tabiatdagi turli tovushlarga taqlid qilish asosida paydo bo‘lgan emish. Haqiqatan ham, deyarli barcha tillarda tovushga taqlid bildiruvchi so‘zlar mavjud. Masalan, o‘zbek tilida taq-tuq, shitir-shitir; rus tilida gav-gav (it hurishiga taqlid), kva-kva (qurbaqa ovoziga taqlid), ga-ga (o‘rdak ovoziga taqlid) kabi so‘zlar bor va hatto shu so‘zlar asosida bir qancha so‘zlar ham yasalgan: shitirlamoq, taqa, kvakayet, gavknul. Bu nazariyaning g‘ayri-ilmiy nazariya ekanligi quyidalarda namoyon bo‘ladi:
1) tovushga tiqlid so‘zlar barcha tillarda ham juda ozchilikni tashkil etadi va lug‘at tarkibidagi boshqa so‘zlarning qanday kelib chiqqanligini bu nazariya asoslab bera olmaydi;
2) mantiqan fikrlaganda, rivojlangan tillarga nisbatan rivojlanmagan tillarda bunday so‘zlar ko‘p bo‘lishi kerak edi, vaholanki, tekshirishlar buning aksini ko‘rsatadi;
3) qadimgi odamning hali uncha rivojlanmagan hiqildog‘i bunday so‘zlarni talaffuz qilishga moslashmagan.
2. Undov nazariyasi eramizdan oldin yashab o‘tgan Epikur (341-270) degan faylasuf tarafdorlari bo‘lmish epikuristlar tomonidan o‘ylab topilgan nazariya bo‘lib, unga ko‘ra til insonning his-tuyg‘ularini ifodalaydigan oh, uf, dod kabi undov so‘zlar asosida yuzaga kelgan emish. To‘g‘ri, taqlid so‘zlar kabi undov so‘zlar ham har bir tilning lug‘at tarkibida mavjud va ular asosida ham yangi so‘zlar hosil qilish mumkin: uflamoq, dodlamoq kabi. Bu nazariya ham quyidagi kamchliklarga ega:
1) undov so‘zlar ham barcha tillarda juda ozchilikni tashkil etadi va bu nazariya ham lug‘at tarkibidagi boshqa so‘zlarning qanday kelib chiqqanligini asoslab bera olmaydi;
2) inson o‘z his-tuyg‘usini yolg‘iz qolganda ham ifodalashi mumkin, vaholanki, tilning asosiy vazifasi aloqa-aralashuv vositasi bo‘lishdir.
3) bu nazariya tilning paydo bo‘lishini ong bilan emas, his-tuyg‘u bilan izohlab qo‘ya qoladi.

Download 118,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish