Mavzu: Til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Milliy va adabiy til. Mavzu rejasi


-modda: Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda



Download 118,04 Kb.
bet9/21
Sana27.06.2022
Hajmi118,04 Kb.
#711510
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
1-MA'RUZA

16-modda: Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda: Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18-modda: Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda: Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo‘shma korxonalarning, shuningdek, milliy, madaniy jamiyatlar va markazlarning muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda: Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda: Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi.
22-modda: Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalar va geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23-modda: O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda: O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
7-§. Tilning tuzilishi va tizim sifatidagi xususiyatlari
Tilning tuzilishi. Yer yuzidagi har qanday til tuzilish jihatidan quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:
1. Tovushlar tizimi.
2. Lug‘at tarkibi.
3. Grammatik qurilishi.
Dastlab til og‘zaki shaklda paydo bo‘lgan va bu tilning asosini nutq tovushlari tashkil etgan. Har qanday tilda muayyan miqdordagi nutq tovushlari mavjud bo‘lib, bu shu tilning tovush tizimini tashkil etadi. Shu tovushlarning turlicha birikishi orqali so‘zlar hosil bo‘ladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida 30 ta nutq tovushi bor. Shulardan a, d, m, o tovushlarining turlicha joylashtirilishi natijasida odam, omad, moda kabi so‘zlarni hosil qilish mumkin.
Har qanday tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi shu tilning lug‘at tarkibi (ayrim darsliklarda leksika) deb yuritiliadi. Lug‘at tarkibi bir tilni boshqa tildan farqlantiradi. Leksika muayyan til paydo bo‘lgan paytdan boshlab shu tilning egasi bo‘lmish xalq tomonidan boyitib borilishi lozim, aks holda bu til iste’moldan chiqib, o‘lik tilga aylanadi.
Lug‘at tarkibidagi so‘zlar tarixiy jihatdan aynan shu tilga tegishli bo‘lmasligi mumkin, lekin bu so‘zlar shu tilda so‘zlashuvchi odamlar uchun o‘zaro muloqot vositasi bo‘lib kela olsa, ular mazkur tilning lug‘at tarkibiga mansub bo‘ladi. Masalan, kitob, maktab, a’lo so‘zlari aslan arabcha bo‘lib, o‘zbek tiliga taxminan VII-VIII asrlarda kirib kelgan. Hozirgi paytda bu so‘zlar o‘zbek millatiga mansub barcha odamlar uchun tushunarli va ular shu insonlar tomonidan o‘zbekcha so‘zlar sifatida qabul qilinadi. Hatto bu so‘zlar asosida kitobxon, maktabdosh, a’lochi kabi yangi so‘zlar ham yasalgan.
Tovushlar tizimi va leksikaning mavjudligi tilning muloqot vositasi darajasiga ko‘tarilishi uchun yetarli emas. Buning uchun so‘zlar o‘zaro birikib so‘z birikmasi va gaplar hosil qilinishi lozim. Buni esa tilning grammatik qurilishi belgilaydi. Demak, muayyan tilga mansub bo‘lgan so‘z, so‘z birikmasi va gaplarning qurilishi shu tilning grammatik qurilishi deb yuritiladi. ”Bizning fakultetimizda talabalar ko‘p to‘garaklarga qatnashadilar” gapini olib ko‘raylik. Avvalo, so‘zlarning qurilishini tekshiramiz: Biz-ning fakultet-imiz-da talaba-lar ko‘p to‘garak-lar-ga qatnash-a-di-lar”. Ko‘rinyaptiki, ko‘p so‘zidan boshqa barcha so‘zlar turli ma’noli qismlarga ajraladi. Endi so‘z birikmalarining qurilishini tekshiramiz: Bizning fakultetimizda, fakultetimizda qatnashadilar, ko‘p to‘garaklarga, to‘garaklarga qatnashadilar. Va, nihoyat, gap qurilishini tekshiramiz: ”Bizning (aniqlovchi) fakultetimizda (hol) talabalar (ega) ko‘p (aniqlovchi) to‘garaklarga (hol) qatnashadilar (kesim). Demak, tildagi har bir birlik o‘zining ichki qurilish qonuniyatlariga asosan tarkib topadi.

Download 118,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish