Mavzu: Til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Milliy va adabiy til. Mavzu rejasi



Download 118,04 Kb.
bet5/21
Sana27.06.2022
Hajmi118,04 Kb.
#711510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-MA'RUZA

3-§. Til ijtimoiy hodisadir
Ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunish kerak? Eng avval mana shu savolga javob berish lozim. “Ijtimoiy” degani yakka shaxsga emas, balki butun jamiyatga tegishli deganidir. Demak, nimaiki butun jamiyat uchun xizmat qilsa, jamiyat tomonidan rivojlantirilsa, shu narsa ijtimoiy hodisadir. Bunga birinchi navbatda til kiradi. Adabiyot, san’at, madaniyat ham ijtimoiy hodisalardir, lekin bu hodisalarning asosida baribir til turadi.
Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo‘lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir. Odamlar til vositasida o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. Insoniyat jamiyatining shakllanishida tilning roli beqiyosdir. Til bo‘lmasa, jamiyatning bo‘lishi mumkin emas, chunki til insonlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Bundan tashqari, til bir millatni boshqa millatdan ajratib turuvchi eng muhim belgilardan biridir. Til taqdiri jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog‘liq.
Til insonga, inson jamiyatga xos bo’lgan hodisadir. Til insonlar orasida aloqa vositasi bo`lgan bir qurol.
Til ma’lum bir fikrni ifodalaydi, shuning uchun insonlar gaplashganda o`z fikrlarini bildiradilar, fikr almashadilar. Shu bilan birga, gaplashuv orqali, fikr olishuv yo’li bilan inson o`z fikrini to’ldiradi, chuqurlashtiradi ham. Til fikr bilan chambarchas bog’langan. Til ong qadar eskidir. Ong, fikr paydo bo’lishi bilan til ham paydo bo’ladi.
Til tizimdir. Uning turli sohalari, tovushlari, so’zlari, qo’shimchalari, gap qurilishi bir-biri bilan bog’lanib, yagona bir sistemani tashkil etadi.
Til bir jihati, ya’ni tovush tomoni bilan tabiiy, yana bir jihati nutqiy qobiliyat tomoni bilan yakka shaxsga xos. Ammo, mohiyat e’tibori bilan jamiyat taraqqiyotining mahsuli bo’lib, ijtimoiy hodisadir. Bolaning qaysi tilda so’zlay boshlashi uni o’rab turgan til muhitiga bog’liq. Misol uchun, o`zbek bolasi go’dakligidan ruslar orasida tarbiyalansa, u faqat ruscha so’zlab, o’z ona tilini bilmasligi mumkin. Ammo bolaning biologik belgilari (yuz tuzilishi, sochining rangi va h.) o’zgarmagan holda saqlanib qoladi. Yana misol sifatida Maugli va bo’rilar orasida o’sgan ikki qizni misol qilsak bo’ladi.
Til juda katta ma’rifiy ahamiyatga ega. Mavjudotning mohiyatini, haqiqatini bilish «ma’rifat» deyiladi. Tilning ilmiy ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma’rifatni, ya’ni bilishning eng oliy martabasini o’z ichiga oladi.
Til kishilar orasida so’zlashish vositasigina bo’lib qolmay, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo’gan bilim ommalashib, uning ko’pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug’iladi. Undan tashqari til tufayli bilim avloddan -avlodga og’zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o’tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. Ya’ni til o’tgan avlodlar tajribasi, bilimlari natijalarini kelgusi avlodga yetkazuvchi ko’prik hamdir. Kishilar hayot tajribalari, ilmiy yutuqlarini so’zlarda, gaplarda, kitoblarda yig’adilar va ular avloddan-avlodga o’tib, boyib, rivojlanib boradi. Bu bilan yana taraqqiyot ta’minlanadi. Bular esa tilning ulkan ma’rifiy ahamiyatidir.
Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadigan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, til jamiyat faoliyatining barcha sohalariga xizmat qiladi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan konkret-tarixiy norma sifatida jamiyat a’zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy aloqa vositasidir.
Shunday qilib, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har doim rivojlanib turadigan o’ziga xos ijtimoiy hodisadir.

Download 118,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish