GO’RI AMIR MAQBARASI Maqbara Amir Temur buyrug'i bilan 1403-yilda Sohibqironning sevimli nabirasi, Jahongir Mirzoning o'g'li, taxt vorisi Muhammad Sulton sharafiga qurilgan. Muhammad Sultonning bevaqt, 29 yoshida vafot etishi Temurni qattiq iztirobga soladi. Unga bag'ishlanib qurilgan bu me'moriy obidaga keyinchalik Temurning o'zi ham dafn etiladi. 1449-yil 25-oktabrda o'g'li Abdulatif tomonidan o'ldirilgan Mirzo Ulug'bek ham shu yerga dafn etiladi. Maqbaraning ichki qismida 9 ta qabr mavjud bo'sa, hovlisida 30 dan ziyod jasad ko'milgan. GO’RI AMIR MAQBARASI Bundan tashqari maqbarada yana 3 ta qabr mavjud bo'lib, ularning 1 tasi katta kishiga, 2 tasi esa yosh bolaga tegishlidir. Olimlarning fikricha, katta qabr Shayx Shamsiddin Kulolning o'g'li Sayid Umarninki, kichiklari esa Ulug'bekning godakligida vafot etgan farzandlariga tegishlidir. Maqbara 1950-yilda ta'mirlanganda hovlidagi qabrlarning ko'pi yo'q qilinadi. Qabrlar ustidagi qabr toshlarning aksariyati hozirda Go'ri Amir hovlisida saqlanib qolgan. Bibixonim jome’ masjidi. Masjid qurilishi 1399-yil may oyida boshlangan. Temur bu paytda endigina Hindistondan katta o’ljalar bilan qaytgan edi. Masjid Bibixonim madrasasi (1399-1404)ro’parasida qurlgan. Bibixonim jome’ masjidi. Masjid qurilishi 1399-yil may oyida boshlangan. Temur bu paytda endigina Hindistondan katta o’ljalar bilan qaytgan edi. Masjid Bibixonim madrasasi (1399-1404)ro’parasida qurlgan. BIBIXONIM JOME’ MASJIDI Inshootni bunyod etishda Eron, Ozarbatjon, Hindistondan kelgan ustalar, sangtaroshlar va me’morlar ham jalb qilingan. Masjidni qurish uchun toshlar Zarafshon tog’laridan Hindistondan o’lja qilib olib kelingan fillarda tashilgan. Temur masjid qurilishini nazorat qilib turar ekan, davlat boshqaruvini ham yaqin orada joylashgan Bibixonim madrasasi va Tuman og’a xonaqosida turib amalga oshirgan. Ammo Ozarbayjonga to’satdan yurish qilishga majbur bo’lib qoladi. Qurilish ishlari 1404-yilning yozida nihoyasiga yetadi. Safardan qaytgan Temurga qurilish yoqmaydi,sababi masjidning eshigi Bibixonim madrasasi eshidan ancha past bo’lib qolgan edi.qish juda ham qattiq bo’lgani bois qurilish to’xtatiladi. 1405-yili Temur vafotidan so’ng masjidda qayta qurilish amalga oshirilmaydi. ULUG’BEK MADRASASI Ulug'bek davriga kelib Registon maydoni Samarqanddagi asosiy maydonga aylantirish ishlari boshlanadi. Uning buyrug'i bilan Tuman og'a timining g'arbiy tomonida hashamatli madrasa qurilishi boshlanib, 1420-yili qurib bitkazildi. Bundan tashqari, 1424-yili madrasa ro'parasida ulkan xonaqoh qurilishi boshlanib uning o'rnida bo'lgan tumam og'a timi maxsus buyruq bilan boshqa joyga ko'chiriladi. XV asrning 30-yillarida Eski Juma Masjidi o'rniga Mirzo Shohruhning otalig'i Alika Ko'kaldosh tomonidan yangi Jome' masjidi bunyod etiladi. ULUG’BEK MADRASASI 1417-1420-yillarda qurilgan bu madrasa oliy o’quv yurti sifatida xizmat qilgan. Madrasa Ulug’bek zamonida dunyoviy ilm markaziga aylandi. Uning darsxonalarida teologiyadan tashqari astronomiya, falsafa, matematika kabi fanlardan ma’ruzalar o’qilgan.
E‘TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Do'stlaringiz bilan baham: |