Eshiklarning yirik dasta quymalari o’z xususiyati jihatidan juda noyobdir. Ular naqsh bezaklari va yozuv xususiyatlariga ko’ra Shom-Misr va Eron badiiy an’analarining o’ziga xos chatishuvidan iborat, degan fikrga olib keladi. Bu eshik dastalari kattaligiga qaramay, ustalarning nozik san’ati tufayli bejirim chiqqan- nafis naqsh bezak va bitiklar ularga alohida go’zallik va mahobatlilik baxsh etadi. Amir Temurning o’zi o’rnak bo’ldi va xonadonning ayrim a’zolari, shuningdek vazirlar hamda mamlakatning boshqa badavlat kishilari madrasa, masjidlar va shifoxonalar barpo qilish va hadya etishda o’zaro musobaqalashishar edi. Shuning uchun Markaziy Osiyoning ma’naviy parvozi bevosita bo’lmasa ham, har holda Amir Temur xizmatlaridan deb hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |