Olimlarning izlanishlari natijasiga ko’ra, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida sopolni bezatishda yangi an’analarning texnologik asoslari umumiy tarzda “Temuriylar uslubi” deb nomlanmoqda. Bu uslub XIII-XIV asrlardagi sirlangan buyumlardan tubdan farq qiladi va kelgusi XVI-XVII asrlarga kelib bir oz o’zgargan tarzda davom etadi. Yuqori sifatli hashamdor idishlar mehmon kutish tantanalarida dasturxon bezashda yoki mehmonxona tokchalarini yashatishda asqotgan. Ular xitoy chinnisiga o’xshatma shaklida, oq silikat tarkibidagi loy- koshindan tayyorlanib, ko’k nafis naqshlar bilan bezatilgan. Oq idishlarni ko’k rang bilan naqshlash usulini Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo ustalari kashf etishgan. Oddiy idishlar esa ,odatda, oilaning kundalik turmushida ishlatishga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |