- Temperament – shaxsning psixik protseslari sodir bo’lishi dinamikasida umumiy harakat- chanligi va emotsional qo’zg’aluvchanligida ro’yobga chiqadigan,individual xususiyatdir.
TEMPERAMENT HAQIDA TUSHUNCHA - Temperament lotincha «temperamentum» so’zidan olingan bo’lib,»aralashma» degan ma’noni anglatadi.
- I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha ta’- riflaydi:»Har bir ayrim kishining va shuning- dek,har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir,har bir individ- ning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining asosiy «xa- rakteristikasidir»
- Temperament haqidagi ta’limot dastlab qadim- gi grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta’limotiga mu- vofiq,odamlarning tem- perament jihatdan turli- cha bo’lishi,ularning or- ganizmidagi suyuqlik- larning turlicha nisbat-da bo’lishi bilan bog’-liqdir.
GIPPOKRAT QARASHLARI - Gippokrat ta’biricha,inson tanasida to’rt xil suyuqlik mavjud bo’lib,ular quyidagilar:
1.O’t yoki safro 2.Qon 3.Qora o’t 4.Balg’am Gippokrat talimotiga muvofiq har bir inson-da shu 4 xil suyuqlik mavjud bo’lib,ulardan bittasi ustuvorlik kasb etadi. I.P.PAVLOV - XX asrning 20-30-yillarida I.P. Pavlov tomonidan asab tizimi tiplari haqida ta’limot ishlab chiqildi. Pavlovning tasdiqlashiga ko‘ra, hulq-atvorning individual xususiyatlari, psixik faoliyat dinamikasi asab tizimi faoliyatidagi individual farqlarga bog’liqdir. Asab tizimi faoliyatidagi individual farqlarning esa turli xil ifodalanishlar, nerv jarayonlarining aloqasi va nisbati – qo‘zg‘alish va tormozlanish sanaladi.
I.P. Pavlov asab tizimining uch asosiy xossasini ajratdi, bular qo‘zg‘alish va tormoz- lanish jarayonlarining kuchi, mutanosibligi va harakatchanligidir. Pavlov yuqoridagilar- ga tayanib tempera- mentni 4 ta tipga ajratadi. - I.P. Pavlov asab tizimining uch asosiy xossasini ajratdi, bular qo‘zg‘alish va tormoz- lanish jarayonlarining kuchi, mutanosibligi va harakatchanligidir. Pavlov yuqoridagilar- ga tayanib tempera- mentni 4 ta tipga ajratadi.
TEMPERAMENT TIPLARI
SANGVINIK
XOLERIK
MELANXOLIK
FLEGMATIK
TEMPERAMENT TIPLARI VA ULARGA TASNIF - Asab tizimining Pavlov tomonidan ajratil- gan tiplari faqat miqdor jihatdan emas, balki, asosiy xususiyatlari bilan ham tem- peramentning to‘rt xil tipi: nerv sistemasi-ning kuchli, mutanosib, harakatchan tipi –sangvinik; kuchli, mutanosib, harakatsiz tip – flegmatik; kuchli, qo‘zg‘alishi ustun bo‘lgan nomutanosib, o‘ta harakatchan tip – xolerik; kuchsiz, nomutanosib va rigid tip – melanxoliklarga mos keladi.
TEMPERAMENT TIPLARI XOLERIK Xoleriklarda faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun ular tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda bo’ladilar. Ularning intilishlari va qiziqishlarida katta,ularda barqarorlik, zo‘r qat’iylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa albatta. SANGVINIKLAR - Sangviniklar bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kula- veradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi.Diqqati- ni jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligi- ni, narsalarga yoki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.
FLEGMATIK TIP - Flegmatiklarning – hissiy qo‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati, ishchanligi chidamliligi, mato- nati, o‘zini tuta bilish bilan ajra- lib turadi. Harakatlarining va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to’play- di.
- Melanxoliklarning-sezgirligi yuksak (sezgi chega- ralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra,ko’zlari- dan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan,se- kin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq.G‘ayratsiz qat’iy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust.
UMUMIY TASNIF - Shunday qilib, temperament individning tabiiy belgilangan psixik xususiyatlarining individual o‘ziga xos yig‘indisidir.Bu xususiyatlarga umu- miy nerv-psixik faollikning jadallligi,zo’riqqanligi ta’sirlanish va harakatlarning maromi,individ- ning motorli, aqliy va kommunikativ sohasida namoyon bo‘ladigan xususiyatlarning kuchayi-shi va susayishi,sub’ektemotsional tuzilishining qo‘zg‘aluvchanligi, reaktivligi, barqarorligi,hissi- yotlarning nazorat qilinishi kiradi.Temperament faqat faoliyat va hulq-atvor usullarining dina- mik xususiyatlarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |