Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
deyarli hamisha birinchi o'rinni va ba'zan ikkinchi o'rinni olib kelgan, u biror marta 
ham uchinchi darajali mukofot olmagan. 
Sofokl 120 dan ortiq tragediya yozgan, shulardan bizgacha 7 tasi yetib kelgan. 
Sofokl  tragediyalari  Esxil  tragediyalari  dan  o'zgacha:  Esxil  asarlarida,  asosan, 
xudolar  qatnashadi.  Sofokl  tragediyalari  esa  bir  qadar  ko'tarinki,  dabdabador 
bo’lsa-da,  ularda  odamlar  qatnashadi.  Shu  sababli,  Sofokl  haqida  tragediyani 
falakdan zaminga olib tushgan sohibi qalam degan ta'bir yuradi. Sofokl asarlarida 
asosiy  e'tibor  insonga,  uning  ruhiy  kechinmalariga  qaratiladi.  Lekin  ayni  paytda 
Sofokl  pyesalarida  xudolar  bevosita  ishtirok  etmasada,  qahramonlar  taqdirining 
o'zgarishida ularning ta'siri kuchli.  
Esxil  singari  Sofokl  ham  dindor  kishi  bo'lgan,  ma'budlarning  kuch-qudratiga 
shak  keltirmagan  va  sofistlarning  ko'pgina  qoidalarini  qabul  qilmagan.  Masalan, 
Protagorning,  inson  hamma  narsaning  andozasi,  degan  qoidasini  u  tan  olmaydi. 
Aksincha,  uning  tragediyalarida  inson  bilimining  cheklanganligi,  shu  bois  uning 
xatoga yo'l qo'yishi va uqubatlarga giriftor bo'lishi muqarrarligi haqida tez-tez so'z 
bo'lib  turadi.  Ammo  Sofokl  insonni  barcha  jonzotlar  ichida  eng  oliyjanobi  deb 
biladi. 
Yunon tragediyasi Sofokl ijodi bilan tugal mukammallik darajasiga ko'tariladi. 
U  dramaga  uchinchi  aktyorni  olib  kirdi,  tragediyaning  dialoglarga  asoslangan 
qismi  epizodiylarni  ko'paytirdi,  xorning  chiqishini  kamaytirdi.  Lekin  Sofokl 
tragediyalarida  xor  ham  muhim  rol  o'ynaydi,  hatto,  xor  ishtirokchilari 
(xorevtlar)ning soni 15 kishigacha ko'paytiriladi. 
Sofoklni  alohida  shaxslar  taqdiri  qiziqtirgani  sababli  u  trilogiya  yaratish 
qoidasidan  voz  kechadi.  An'anaga  ko'ra  Sofokl  ham  shoirlar  musobaqasida  uch 
asar bilan qatnashgan. Lekin ularning har biri alohida mustaqil asarlar bo'lgan. 
Sofoklning  Fiva  turkumiga  oid  rivoyatlar  asosiga  qurilgan  asarlari  uning  eng 
mashhur tragediyalari hisoblanadi. «Antigona» (taxm. mil. av. 442). «Shoh Edip» 
(taxm.  mil.  av.  428).  «Edip  Kolonda»  (Sofokl  vafotidan  so'ng  mil.  av.  401-y. 
qo'yilgan) asarlari shular jumlasiga kiradi. Turli davrlarda yozilib namoyish etilgan 
bu  tragediyalarning  hammasi  asosida  Fiva  podshosi  Edip  va  taqdir  taqozosi  bilan 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish