Mavzu: Tasviriy sanat darslarida talabalarning badiy



Download 4 Mb.
bet4/7
Sana18.02.2022
Hajmi4 Mb.
#454909
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tasviriy s

Kompozitsion faoliyat
Kompozitsiya bolimi dasturda yetakchi o‘rinni egallaydi va quyidagi qismlardan
tashkil toradi:
a) rangtasvir kompozitsiyasi;
b) dekorativ kompozitsiya;
d) haykaltaroslilik kompozitsiyasi.
a) Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan rasmlar
ishlash jarayonida o‘z aksini topadi. Bunda tanlangan mavzuga ko‘ra, uning
17

elementlari qog‘oz yuzasida bir-biriga bogMiq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani


hosil qiladi. Mavzuli kompozitsiyalar îuzishda detallarning o‘rnini almashtirish,
qo'shimcha detallar kiritish orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilar ham
muhim ahamiyat Icasb etadi. Mazmunni ifodalashda kompozitsiyaning asosiy
qonuniyatlariga rioya qilish lozim. Bular kompozitsiyaning bir butunligi, detallarni,
shakllami, ranglami xillashtirish orqali hamma tasviriy vositalarni bosh g‘oyaga
bo'ysundirishdan iborat.
Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya,
nosimmetriya, muvozanat, detallaming oichovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilinadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlaii asosan tevarak-atrofdagi hayotni aks
ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. O‘quvchilar mashg‘ulotning bu
turida rasmni naturadan emas, baiki xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar. Xayoldan va
tasavvurdan ishlangan kompozitsiya narsaning o‘ziga qarab rasm ishlashga qaraganda
ancha murakkab bo‘lib, u o‘quvchidan ham, o'qituvchidan ham katta mas’uliyat talab
etadi.
Mavzuli kompozitsiya mashg‘ulotIarida, bolalar rasmda tasvirlanishi kerak
boMgan obyekt bilan tanishtirilishi, undagi ba’zi bir narsaiaming xomaki chizmalarini
ishlashlari lozim bo'ladi.
Odatda o‘qituvchi bolalarga bir yoki bir necha mavzuni tavsiya etadi.
O‘quvchilar esa mavzulardan birini tanlab, shu asosda kompozitsiya ishlaydilar.
Mavzu asosida rasm chizishda o‘quvchilar narsaiaming asliga qarab rasm ishlash,
dekorativ rasm ishlash, san’atni va borliqni idrok etish darslarida olgan bilim va
malakalariga tayanadilar. Mavzu asosida rasm ishlash darslarida bolalarning
fantaziyasi va tasawurlari faollashadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining asosiy vazifalari bolalarga
narsaiaming shakli, rangi, ularning tuzilishi haqida tushunchalar berish, eng qiziq
mavzu tanlay olish, qog‘ozda rasmni to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish kabilardan
iboratdir. Bulardan tashqari perspektivaning elementar qoidalari haqida tushuncha
berish (yaqindagi narsaiaming kattaroq, uzoqdagilaming kichikroq ko‘rinishi), mavzu
18

asosida rasm chizishda, obraz va narsaiaming o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri


tasvirlashga o‘rgatish ham kompozitsiyaning vazifasiga kiradi.
Tasviriy san’at asarlaridagi kompozitsiyaning prinsipi va qonunlari bilan
o‘quvchilaming mazmunli rasm ishlash usuli o‘rtasida muayyan umumiylik bor.
Shuning uchun tasviriy san’atdagi kompozitsiyaning hamma qonunlarini umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida o‘tiladigan tasviriy san’at predmetidagi kompozitsiyaga yoppasiga
tatbiq etish mumkin.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi o‘quvchiIarda
ijodiy tafakkur, tasawur va fantaziyani kerakli darajada rivojlantirishdir. Kompozitsiya
qonuniyatlarini o‘quvchilar ongiga yetkazishda tasviriy san’at asarlarining
reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.
Mavzu asosida kompozitsiyalar ishlashda bo‘yoqlardan foydalanish murakkab
vazifalardan hisoblanadi. Chunki bunda ko‘rgazmaIi vosita va metodik usullardan
to‘g‘ri foydalanilgan holdagina rangshunoslikka oid bilim, malaka va ko‘nikmalami
o‘zlashtirishga erishiladi. Bulardan tashqari rangtasvir kompozitsiyasi
mashg‘ulotlarida bolalami rangli qog‘ozlar bilan ishlashga o‘rgatish ijodiy ishlaming
yanada qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi. b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi
naqshlaming namunasidan ko‘chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ
bezak ishlari singarilami qamrab oladi.
U o‘quvchüarga turmushda uchraydigan narsalaming vazifalari, ulaming shakli,
bezak elementlarining o‘zaro bog‘liqligi haqida tushuncha berishni hamda yuksak
mahorat bilan tasvirlangan narsalami didsiz, pala-partish ishlangan narsalardan farq
qila bilishga orgatishni, shuningdek, ulaming badiiy didini tarbiyalashni maqsad qilib
qo‘yadi.
Dekorativ kompozitsiya darslarida bolalarga har qanday naqshlaming
elementlarini tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan olingani haqida tushuncha
beriladi. Binobarin, naqsh ishlash mashg'ulotlarida rasm ishlovchi real shaklni
o‘zgartirishi, uni soddalashtirishi, unga yangi detallar qo‘shishi mumkinligi qayd
qilinadi.
19

Boshlang‘ich sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va geometrik


shakllarga asoslangan yo'lsimon, kvadrat, doira, to‘rtburchak shakllardagi naqshlar
chizdiriladi.
Dekorativ kompozitsiya ishlaridan awal naqsh tuzishda ishlatiladigan
elementlami o‘ziga qarab rasmini chizish lozim. Shuningdek, o‘quvchilarga tabiiy
shaklni stillashtirish boyicha mashqlami bajarib borish foydalidir. Stillashtirish
dekorativ tarzda qayta ifodalanadigan shakllarning tuzilishi, silueti, rangiga
taalluqlidir.
O‘quvchilar naqsh namunalaridan ko‘chirish darslarida naqsh chizishning o‘ziga
xos xususiyatlari, ritm, simmetriya va uning ahamiyati bilan tanishadilar, ranglarning
nomlarini o‘rganadilar, bo‘yoq va ulami omuxta qilib ishlatish ustida ish olib boradilar.
Naqsh namunalaridan ko‘chirish va mustaqil naqsh ishlash darslarida
0‘quvchilar ko‘z bilan chamalashni o‘rganadilar, qalam, akvarel, mo‘yqalam, rangli
qog'ozlar, tabiiy materiallar bilan ishlash usullarini O‘zlashtiradilar.
Mustaqil ravishda ijodiy naqsh ishlash orqali bolalaming ijodiy qobiliyati,
fantaziya va tafakkuri o‘stiriladi.
Dekorativ-amaliy san’at asarlari xalqning go‘zallik, yaxshilik haqidagi
tasawurlarini bolalarga yetkazib, mehnatni va xalq ustalari mahoratini ardoqlashga
o‘rgatadi. Adabiy asariarga illyustratsiyalar ishlash esa o‘quvchilaming eng qiziqarli
mashg‘ulotlaridan bo‘lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi qahramonlarning
obrazlarini o‘z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar.
Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda ertaklarga
kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid odam, hayvon rasmlari va
ba’zi bir narsalaming o‘ziga qarab rasmini chizib oladilar. Adabiy asarlarga
illyustratsiya ishlash mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga asarlardagi voqea sodir
bo‘layotgan mamlakat yoki davming madaniyati, xalqlar turmushining o‘ziga xos
xususiyatlari, klyim-kechaklari, me’morchiligi va ulaming xarakterii tomonlari haqida
so‘zlab berish, unga oid narsalar ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar o‘quvchilarga ranglar va
uning nomlari, tuslari hamda ulaming kishilar hayotidagi ahamiyati haqida bilimlar
20

berishni vazifa qilib qo‘yadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar asosan akvarel, guash


bo‘yoqlar bilan rasm ishlaydilar. Rangtasvir, dekorativ ishlami bajarish jarayonida esa
asosiy va hosila ranglar, ulaming tuslaridan foydalangan holda ish olib borishlariga
to‘g‘ri keladi.
Avvalo, o‘quvchilar «Asosiy va hosila ranglar» bilan tanishadilar. Ularning
nomlarini bilib oladilar. Bo‘yoqlami o‘zaro aralashtirish orqali yangi rang tuslarini
hosil qilish bilan amaliy ravishda shug‘ullanadilar. Asosiy (qizil, sariq va ko‘k) ranglar
va ularning o‘zaro aralashuvidan hosil bo‘lgan hosila (yashil, binafsha va zarg‘aldoq)
ranglardan o‘z ish faoliyatlarida to‘g‘ri foydalana olishni o‘rganadilar. O‘quvchilai
keyin «Iliq va sovuq ranglar», «Rang tuslari va ulaming nomlari» kabi mavzularda
nazariy bilimlami ham egallab boradilar. Shuningdek, o‘quvchilar «Ranglar halqasi»
bilan yaqindan tanishadilar va tevarak atrofdan ana shunday rang tuslarini topislini
o‘rganadilar.
Mavjud bo‘yoq tarkibiga suvni oz yoki ko‘proq qo‘shish orqali rang tuslari hosil
qilinadi. Bunda ma’lum bir (masalan qizil) rangning to‘qdan och ko‘rinishgacha
boMgan bir talay tuslari hosil boMadi. O‘quvchilar dars jarayonida amaliy tarzda rang
tuslarini hosil qilishni bajarib ko‘radilar. O‘quvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi
rang tuslarining boyligi va xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun «Tabiatda
rang» mavzusi kiritilgan.
O‘quvchilar sayohat paytida darsda o‘rgangan ranglarni va ulaming tuslarini
tabiat qo‘ynidan topishga harakat qiladilar.
Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar kundalik turmushda
uchraydigan ranglar va ulaming inson his-tuyg‘ulariga, kayfiyatlari ta’siriga ham
bog‘liq bo‘ladi. • Bulardan tashqari, o‘quvchilar o‘zlari yashab turgan joyda mavjud
bo‘lgan idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar, yog‘och buyumlarining qanday rangda va
nima uchun ana shu rangga bo‘yalganligi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Chunki
ranglar inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ayrimlari ko‘zni quvontirib,
kayfiyatni chog‘ qiladilar, ba’zi birlari esa kishi ko‘nglida g‘ashlik, g‘amguzorlik
uyg‘otadi. Ana shunda kishi didini o‘stiradigan, ko‘zni quvontiradigan ochiq
ranglardan foydalanish lozimligi o'quvchilarga uqtiriladi.
21

d) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va dekorativ


haykaltaroshliklarga bo‘linadi.
Real haykaltaroshlikda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan
mavzularda haykallami asliga o‘xshatib ishlaydilar. Bunda o‘quvchilar tasviriy san’at
mashg‘ulotlarining boshqa turlarida orttirgan bilim, ko‘nikma va malakalarga
tayanadilar.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy yoki plastilindan
clumaloqlash, bosib yalpaytirish, siqimlab cho‘zish, ortiqcha qismlarini inaxsus
sidirgich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari bilan tanishadilar.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud boiib, ular yaxlit,
alohida-alohida loy yoki plastilin boiaklariga ishlov berish orqali amalga oshadi.
Dekorativ haykaltaroshlik haykaltaroshlikning turlaridan biri boiib, u
o‘quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o‘yinchoqlar ishlash orqali maxsus
bilim hamda malakalar hosil qiladi. Dekorativ haykaltaroshlikda ishlov berish
usullarining soddaligi, shakllaming oddiyligi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Dekorativ haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘zbek xalq kulol ustalarining dekorativ
haykallaridan (mayda plastika) keng foydalaiüsh bolalami ijodiy rivojlanishiga katta
ta’sir ko‘rsatadi.
Loydan ishlangan haykallarga bezak berilganidan so‘ng ular guash bo‘yogida
bo‘yalib, ustidan lok qoplanadi. Lekin ayrim ishlar bo‘yoqsiz ishlanishi ham mumkin.
Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini
oshirish maqsadida turli badiiy, tabiiy materiallardan foydalanish ham nazarda
tutilgan. Bundan maqsad o‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlarini turli materiallar
va texnologiya yordamida bajarishga o‘rgatishdir. Odatda, bu mashg‘ulot turi boshqa
faoliyat turlari (rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozisiya, naturaga qarab rasm
ishlash) tarkibiga singdirib yuborilgan bo‘lib, u yoki bu mashg‘ulot turi yuzasidan
beriladigan o‘quv topshirig‘i mazmunini yanada samarali va qiziqarli qilib
o‘tkazilishini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, mazkur mashg‘ulot turiga alohida namunaviy
topshiriqlar bo'limi ajratilmagan.
22

Tabiiy materiallar - mayda toshchalar, chiroyli ko‘rinishdagi daraxt shoxchalari,


ildizlar, quritilgan barglar va gullar, archa bo‘qogiari, sabzavot va mevalarning
urug‘lari, po‘stloqlar, bug‘doy, arpa poyalari va shu kabilardan iborat. O‘quvchilar ana
shu tabiiy materiallardan foydalangan holda ayrim o‘quv topshiriqlarini bajarishni
o‘rganadilar. Bu o‘z navbatida ulaming ijodiy faoliyatlari ko‘lamini yanada
kengaytirishga yordam beradi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish