SANA:________________ SINF:_____________
Mavzu: "Qishki o'yinlar" mavzusida rasm ishlash.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish .
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni ,o’ziga bo’lgan ishonchni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilaming narsalaming shakli, rangi, ularning tuzilishi haqida tushunchalarini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
san’at asarlarini tahlil qilish.
Darsning jihozlamshi:"Qishki o’yinlar" mavzusida o'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar, shu mavzudagi rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarning reproduksiyalari.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
3
|
5
|
20
|
10
|
7
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni.
O'qituvchi o'quvchilar bilan savol-javob orqali qish faslida ro'y beradigan tabiatdagi o'zgarishlar, o'quvchilaming qishgi ta'tilda nimalar bilan shug'ullanishlari, qish fasliga xos o'yinlar haqida suhbat uyushtiradi.O'quvchilarning javoblari umumlashtirib boriladi. Qish o'yinlaridan chana uchish, qorbo'ron, chang'i uchish, qorbobo yasash, konki uchish kabi turlaridan boshqa yana qandaylariborligi so'raladi. Darslikda berilgan rasm asosida hikoya tuzish topshiriladi.Darslikda berilgan qorbobo yasash tartibi tushuntiriladi.
O'quvchilar tuzgan hikoyalari, tasavvurlari va fantaziyalari asosida rasm ishlashlari lozimligi aytib o'tiladi. O'qituvchi o'quvchilardan o'zlari ishlaydigan rasmlarida qishki o'yinlardan aynan qaysilarini aks ettirmoqchi bo'layotganliklari aniqlanadi. Ularga bu borada rasm kompozitsiyasi yuzasidan ko'rsatmalar beriladi.
III.Amaliy mashg'ulot: Darsda o'quvchilar o'zlari tanlagan qishki o'yinlardan birini tasvirlaydilar. Bunda ular darslikdagi rasmlardan ijodiy foydalanadilar.
IV.Darsga yakun yasash:Sinfda amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlilqilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
V.Uyga vazifa: 81-bet, “Chana uchish” mavzusida rasm chizish.
TASDIQLAYMAN: _______________ O’IBDO’
Do'stlaringiz bilan baham: |