Mavzu: Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi Maqsad: Ta'limiy



Download 0,55 Mb.
bet48/76
Sana18.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#500485
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76
Bog'liq
7 konspekt zoologiya 2-qism

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu bayoni: Tashqi tuzilishi. Sutemizuvchilarning oyoqlari odatda ancha baquvvat va uzun bo'lib, tanasi ostida joylashgan. Shuning uchun ularning tanasi yerdan dast ko'tarilib turadi. It yurganida barmoqlariga tayanadi. Boshi harakatchan bo'yin orqali tanasiga birikkan. Sutemizuvchilarda uchinchi qovoq rivojlanmagan; sutemizuvchilarning tashqi qulog'i va quloq suprasi rivojlangan. Itlarning quloq suprasi harakatchan boiadi.
Jim qoplami. Sutemizuvchlarning terisi jun bilan qoplangan boiadi. Jun qoplami ikki qavatdan iborat. Sirtqi qavati uzun va qayishqoq, lekin dag'al qiltiqlardan, ostki qavati esa mayin va kalta tuklardan tashkil topgan. Mayin tuklar orasida havo ko'p bo'ladi, ular hay von tanasidagi haroratni yaxshi saqlaydi. Dag'al qiltiqlar tuklar bilan birga terini himoya qilib turadi. Sutemizuvchilar tanasida tuyg'u vazifasini bajaradigan yirik va uzun qillar ham bor.
Ko'pchilik sutemizuvchilarning terisida ter bezlari bor. Bezlar issiq havoda tana haroratini doimiy saqlash va qo'shimcha ajratish organi vazifasini bajaradi. Issiq havoda bezlar orqali ajralib chiqadigan ter hayvon tanasini sovitishi bilan birga organizmdan ortiqcha tuzlami chiqarib yuboradi. Itlarning terisida ter bezlari boimaganidan ularning tanasi nafas olishi tufayli soviydi. Shuning uchun itlar issiq havoda og'zini ochib, tez-tez nafas oladi.
Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida muguz tirnoqlari yoki tuyoqlari bo'ladi. Ba'zi hayvonlar (qoramollar, karkidonlar, antilopalar)ning boshidagi shoxlari ham muguzdan iborat.
Skeleti. Sutemizuvchilar skeleti bosh, umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda ular kamarlari skeletiaridan iborat (96-rasm). Sutemizuvchilarning bosh miyasi ancha kuchli rivojlanganligi tufayli miya qutisi ham boshqa umurtqari hayvonlarnikiga nisbatan yirik bo'ladi. Umurtqa pog'onasi bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum bo'limlariga ajratiladi. Bo'yin 7 ta umurtqadan iborat. Ko'krak umurtqalari 12 - 15 ta bo'lib, qovurg'alar va to'sh suyagi bilan birgalikda ko'krak qafasini hosil qiladi. Bel 2-9 (itlarda 6) ta umurtqadan iborat. Bel umurtqalari o'zaro harakatchan qo'shilganligi tufayli hayvonlarning tanasi beldan bukilishi mumkin. Dumg'aza bo'limidagi 3 - 4 ta umurtqa chanoq suyagi bilan qo'shilib ketgan. Dum umurtqalarining soni (uchtadan bir necha o'ntagacha) dumning uzunligiga bog'liq.
Sutemizuvchilar oyoqlarining skeleti sudralib yumvchilarnikiga o'xshash suyaklardan iborat. Oldingi oyoq kamari skeleti ikkita kurak va unga qo'shilib o'sgan ko'krak tirgak suyagi hamda ikkita o'mrov suyagidan iborat. Itning o'mrov suyagi rivojlanmagan. Orqa oyoq kamari, ya'ni chanoq 3 juft suyakdan iborat.
Tishlari. Sutemizuvchilarning tishlari har xil tuzilgan. Itning jag'lari oldingi qismida ponasimon kurak tishlar, ulardan orqaroqda konussimon yirik qoziq tishlar, og'iz bo'shlig'ining ikki yon tomonida yassi oziq tishlar joylashgan. Itlar va boshqa yirtqich hayvonlarning kurak tishlari birmuncha mayda, qoziq tishlar va ularning yonida joylashgan yirtqich tishlar kuchli rivojlangan. Tishlarning har xil tuzilishi ularning vazifasi bilan bog'liq. Tishlar jag'laming chuqurchasida joylashgan. Muskullari. Sutemizuvchilarning muskullari juda ko'p va xilma- xil bo'ladi. Ko'pchilik sutemizuvchilarning orqa muskullari, qo'l va oyoq hamda qo'l va oyoq kamarining muskullari kuchli rivojlangan. Itning pastki jag'ini harakatga keltiruvchi muskullar ham kuchli rivojlangan

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish