Rivojlantiruvchi: Qushlarning ko'payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi haqidagi bilimlarini darslik va qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, fikrni bayon etish ko'nikmalarini rivojlantirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu bayoni: Ko'payish davri. Qishki sovuq kunlar o'tib, havo isiy boshlashi bilan qushlar ko'payishga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahoming o'rtalarida ko'payishga kirishadi. Qushlaming ko'payish davri tuxumdan chiqadigan jo'jalar uchun oziqning mo'1-ko'l bo'lishiga bog'liq. Juft hosil qilishi. Ko'pchilik qushlarning erkagi va urg'ochisi ko'payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan, ko'pchilik chumchuqsimonlar va musichalarmng jufti faqat bir mavsum, yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak va bir necha urg'ochilardan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi. Qushlar jufti saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urg'ochisini taklif etadi. Karqurlar va qurlarning xo'rozlari ochiq maydonda o'zaro bahs qilish uchun to'planishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib, o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o'rtasida qisqa muddatli jang ham bo'lib o'tadi.
Uya qurishi. Ko'pchilik qushlar tuxum qo'yish uchun uya quradi (87-rasm). Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go'ngqarg'alar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi o'rmon qushlari daraxtlarning kovagida, o'rdak va turnalar yerda uya quradi. Qishloq qaldirg'ochlari uylarning bo'g'oti ostidagi yog'och to'sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so'lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalong'och qoyaga tuxum qo'yib, uni bosib yotadi. Tuxumning tuzilishi. Qushlarning tuxumi yirik bo'ladi. Tuxum markazida suyuq sariqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o'rab turadi. Sariqlik ikki tomondagi kanopcha yordamida tuxum po'chog'iga osilib turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlari bir me'yorda isishi uchun ularni oyog'i bilan dam-badam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, ya'ni qush tanasi yaqinida turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |