Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi



Download 1,54 Mb.
bet47/98
Sana02.02.2023
Hajmi1,54 Mb.
#907113
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasavvuf va badiiy ijod

XOJA ORIF REVGARIY
Bu zot Revgarda 560 hijriy sana – 1165 milodiy sanada tavallud topganlar va o‘sha erda 660 hijriy sana – 1212 milodiy sanada vafot etgan.
Xoja Orif Revgariy quddisa sirruhu o‘rta bo‘yli oy yuzli, katta ko‘zli, ingichka qoshlari hilol kabi kishi edi. U kishining ranglari gul kabi bo‘lib, vujudlaridan hushbo‘y hid taralib turgan.
Xoja Orif Revgariy quddisa sirruhu yillar davomida Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruhuning xizmatlarida bo‘lganlar va bosh halifa o‘rinbosari darajasiga etgan.
Xoja Orif Revgariy Rasululloh s.a.v.ning sunnatlariga diqqat bilan amal qiladigan zot edilar. U kishi Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruhuning vafotlaridan keyin u kishining yo‘llari davomchisi bo‘ldilar.
XOJA MUHAMMAD BAHOUDDIN NAQShBAND
Bu zot Buxoroi sharifning Qasri Orifonida 718 hijriy sana – 1318 milodiy sanada dunyoga keldilar va xuddi o‘sha erda 791 hijriy sana -1389 milodiy sanada dunyoni tark etdilar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari uzun bo‘yli, bug‘doy rangli, katta soqolli va kulcha yuzli zot edilar.
Aslida Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari tug‘ilgan qishloqning nomiHinduvond bo‘lib, Buxorodan bir farsax uzoqda joylashgan edi. So‘ngra Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlarining sharaflarigaQasri Orifon deb nomlanadigan bo‘ldi.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari dunyoga kelishlari bilan o‘sha paytda Xojagon tariqati peshvolari bo‘lgan Muhamad Bobo Sammosiy hazratlari o‘z shogirdlari bilan birga Qasri Orifonga keldilar va go‘dak Bahouddinni ma’naviy farzandlikka qabul qilidilar.
Rivoyatlarda zikr etilishicha, o‘shanda Muhammad Bobo Sammosiy hazratlari o‘z halifalari Amir Kulol hazratlariga "Bu bolaning tarbiyasi senga oiddir", deganlar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari Amir Kulol hazratlariga qo‘l bergan bo‘lsalar ham manbalarda u kishining haqiqiy shayxlari o‘zlaridan bir qancha sanalar ilgari o‘tib ketgan Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy rahmatulloh alayh ekanliklari qayta-qayta ta’kidlanadi. Bu xildagi ma’naviy tarbiyaga tasavvuf olamida "uvaysiylik yo‘li" degan nom berilgan.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlarining oliy maqomlari u kishining yoshlik chog‘laridanoq zohir bo‘la boshladi. U zot o‘ta zehnli va idrokli edilar. Alloh taolo bu kishiga ulug‘ zotlarga sho‘ogird bo‘lish baxtini berdi. Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari go‘daklik chog‘larida Muhammad Bobo Sammosiy hazratlarining huzurlarida tarbiya oldilar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari Muhammad Bobo Sammosiy hazratlariga shogird sifatida ishtirok etganlar. Mazkur suhbatdan olgan zavq va huzurdan so‘ng to‘g‘rimasjidga kirib ikki rakaat namoz o‘qiganlar hamda "Ey, Robbim! Menga balo yukaini ko‘taroqqa ko‘mak ber! Bu xususda menga yaxshilik qil!" deya duo qilganlar.
Bu xabar Muhammad Bobo Sammosiy rahmatulloh alayhga etib borganda u kishi "Ilohim! Sening roziging nimada bo‘lsa, o‘shani menga ber!" deya duo qildilar va g‘oyasi doimo Allohning roziligini topmoq bo‘lgan kishiga balo etmaydi, Alloh bir valiysiga balo tushirsa , O‘z inoyati ila uni ko‘tarmoqqa quvvat ham berajagini aytdilar.
Muhamad Bobo Sammosiy rahmatullohi alayhning vafotlaridan keyin Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlarining otalari u kishini Samarqandga yubordilar, u erda mashoyixlar suhbatida bo‘ldilar. Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari qisqa muddatdan keyin yana Qasri Orifonga qaytdilar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari bolalik hamda kamolot chog‘larida Sayyid Amir Kulol hazratlarining xizmatlarida bo‘ldilar.
Shu bilan birga Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari ma’naviy jihatdan Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy rahmatulloh alayhga bog‘landilar va u zotning ta’lim – tarbiya hamda sayri-sulukka oid barcha ilmlarini jamlab muhofaza qildilar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Muhammad Bobo Sammosiy va Sayyid Amir Kulol xazratlarining ta’limot va talqinotlarini hakimona tartibga solib, tariqatda olamshumul asoslarni barpo qildilar.
Xoja Maxmud Fag‘naviy hazratlaridan boshlab to Sayyid Amir Kulol hazratlarigacha bu silsila kishilari joyiga qarab goh maxfiy zxikrni, goh jahriy zikrni ravo ko‘rar edilar. Jahriy zikr ko‘proq ixtiyor etilar edi. Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari bu masalani atroflicha o‘rganib chiqib, Qur’on va Sunnatdan dalillar hamda o‘z ustozlaridan ta’limot olib maxfiy zikrni ustun ko‘rdilar. U kishi, sufiy xilvatda bo‘lsa ham, jamoatda bo‘lsa ham maxfiy zikr qilagani afzal, dedilar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari yuqorida zikr etib o‘tilganidek, Sayyid Amir Kulol rahmatulloh alayhdan tariqat iznini olganlaridan keyin o‘sha vaqtning ko‘zga ko‘ringan shayxlari va allomalaridan bo‘lgan Mavlono Orif hazratlarining suhbatlarida etti yil bardavom bo‘ldilar. So‘ngra Xoja Halil Ota hazratlarining xuzurlarida o‘n ikki yil xizmat qildilar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari hanafiy mazhabida edilar.U kishi birinchi daf’a haj qilganlarida o‘zlari bordilar. Ikkinchi marta haj qilganlarida o‘z shogirdlari Muhammad Porso hazratlarini ham birga olib bordilar. Yo‘lda ketayotibHirotga etganlarida, Mavlono Zayniddin rahmatulloh alayhning ziyoratlariga kirdilar va uch kun davomida u zotning suhbatlarida bo‘ldilar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari Hijozdan qaytishda bir muddat Marvda turib qoldilar. So‘ngra yo‘lni davom ettirib, Buxoroga etib keldilar.
Keyin Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari Qasri Orifonda bir masjid qurdilar va qurilishda o‘zlari g‘isht tashib ishladilar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari suhbatlarga katta ahamiyat berar edilar. U kishi qaerga borsalar yaxshilik qilish, sulh, irshod va xalq bilan mashg‘ul bo‘lar edilar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari etmish uch yoshlarida dorulfanodan dorulbaqoga rihlat qildilar.
Xoja Bahouddin Muhammad Naqshband hazratlari silsila omonatini zohiran Sayyid Amir Kulol rahmatulloh alayhdan, botinan Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy rahmatulloh alayhdan olganlar.[6]

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish