XOJA ABDULHOLIQ G‘IJDUVONIY Bu zot Buxoroi Sharifning G‘ijduvonida 515 xijriy sana-1121 milodiy sanada tug‘ilganlar va o‘sha erda 595 xijriy sana-1199 milodiy yilda vafot etganlar. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruxu uzun bo‘yli , katta boshli, oq rangli, go‘zal yuzli zot edilar. Ukishining qoshlari qalin, ko‘krak va elkalari keng edi. U kishining ota-onalari Buxoroga Malatiyadan xijrat qilib kelgan edilar. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruxuning otalari ismi Abdujalil solix va orif bir kishi edilar. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruxuning onalarining qornida bo‘lgan kezlarida otalari Abduljalil o‘z yaqinlari bilan malatiyadan Buxoroga xijrat qiladilar. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruxu besh yoshliklaridan Buxoroning buyuk olimlaridan biri bo‘lgan shayx Sadriddin xazratlaridan Qur’oni karimni o‘rgana boshladilar. U kishi yoshlik chog‘laridayoq Kalomulloxning daqiq ma’nolarini xam anglab etadigan darajaga erishdilar. Tez orada Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruxu oyati karimalar xaqida aytgan fikrlari ustozlarni xam xayratga soladigan bo‘ldi. Bir kuni u kishi o‘z ustozlariga “A’rof” surasidagi “Robbingizga tazarru’ ila va maxfiy duo qiling.Zotan U Xaddan oshuvchilarni sevmas”oyati xaqida “Maxfiylikning xaqiqati va xafiy zikr qandoq bo‘lur?” “Agar inson zikr va duoni oshkora qilsa riyokorlik xavfi bor.Oraga riyo kirgach, xaqiqiy zikr va duo bo‘lishi mumkin emas” dedilar. Bu va bunga o‘xshash fikrlar samapasi o‘laroq Allox taoloning inoyatiga ila u kishi naqshbandiya tariqatida zikr xafiy va vuqufi adadiy joriy bo‘lishiga sabab bo‘ldilar. Shuningdek “nafiy va isbot” yo‘li ila bo‘ladigan zikr xam aynan Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruxuning nomlari Bilan bog‘liqdir.
Bunda bosh egilgan xolda nafasini tutaroq ettidan yigirma bir martagacha “Laa ilaxa illollox”ni qalbdan zikr qilish ila boshlanur. Bu xam Zikri xafiy, xam nafyi isbot va xam xaqqoniy muroqabadir.
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruxu yigirma yoshlarida shayx Yusuf Xamadoniy xazratlari ila ko‘rishdilar va u zotdan dars ola boshladilar.Keyinroq ko‘zga ko‘ringan mashoyixlarning biriga aylandilar. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruxu naqshbandiya tariqatida o‘n bir asosga ega bo‘lgan dastur ishlab chiqdilar, Sayri sulukka kirgan xar bir kishiga bu dasturni bilish juda xam zarurdir:
1. Xush dar dam Xush so‘z aql-xush,xushyorlik ma’nolarini, dam esa nafas ma’nosini bildiradi. Bu shiordan xar bir olingan va chiqarilgan nafasda xushyor bo‘lish,Alloxni esdan chiqarmaslik ma’nosi o‘z aksini topgan. Ya’ni sufi xar nafasida Alloxni yod etib turishi lozim.