Nomoddiy xizmatlardan tashqari, mijozga maxsus tovarlar yoki moddiy tovarlar, masalan, shaharlar rejalari, metro haritalari, esdaliklar, turistik asbob-anjomlari va h.k. taklif etilishi mumkin. Asosiy va qo’shimcha xizmatlar majmuyi bu turistga sayohatning maqsadiga binoan taklif etiladigan turistik tur. Turistga sotish uchun mo’ljallangan turga bo’lgan mulkiy huquq, turmahsulot, deb ataladi. Har qanday tovarni, Shu jumladan, turmahsulotni sotish jarayonida sotish uslubi muhim o’rin tutadi. Sotish uslubi deganda, turmahsulotni iste‘molchilarga bevosita sotish jarayoni bilan bog‗liq barcha asosiy operatsiyalarni amalga oshirish uslublar yig‗indisi tushuniladi. Sotish uslubining tanlanishi mijozlarga xizmat ko’rsatish texnologik jarayoni darajasi va tarkibini oldindan belgilab beradi, turfirma xodimlari soniga, maydonlar o’lchamlariga, kommunikatsiya vositalari va axborot texnologiya bilan ta‘minlanish darajasiga, sarf-harajatlar miqdoriga va boshqa ko’rsatkichlarga jiddiy ta‘sir etadi. Sotish uslublarni xilma-xil belgilar asosida ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |