3. Internet orqali elektron sotishlar uslubi. Bu usulning afzalliklari ko’p:
axborot berishning cheklanmagan hajmi, turistlarni ommaviy shakldao’ziga tobe etish, kechayu kunduz kirish huquqiga ega bo’lish, joriy yangilanish imkoniyati, interaktiv tartib, ya‘ni iste‘molchi taklif etadigan xizmatlar ro’yxatini o’zi ko’rib chiqib, darhol turfirmaga elektron xat orqali buyurtma yuborish mumkinligi. Mijozlarga xizmat ko’rsatish muhim unsuri munosabatlarni hujjat orqali rasmiylashtirish bo’ladi. 1998 yil 28 sentyabr 2 oktyabrda Jahon turistik tashkiloti tomonidan Olma Ota shahrida «Ipak yo’li» bo’yicha turoperatorlarning seminarlari o’tkazildi. Uni
Amerika, Osiyo va Yevropa turistik agentlarining vakilliklari ishtirok etdi. Bu tartibda mehmonxona xo’jaligida so’nggi yutuqlari, transport ta‘minotini takomillashtirish, tur mahsulotning marketing va reklama qilish faoliyati kelajakda turmahsulotning ishlab chiqarish kabi masalalar ko’rildi. Mazkur loyiha Jahon turistik tashkiloti «Ipak yo’li» bo’yicha uchinchi xalqaro
Turoperator yoki turagentning turistik faoliyatini amalga oshirish to’g‗risida litsenziya, uning yuridik manzili va bank rekvizitlari to’g‗risida axborotlar. Turistik mahsulotni realizatsiya qilish uchun zarur bo’lgan turistik hajmi haqida ma‘lumot, turoperator va uning turistik faoliyatini amalga oshirish to’g‗risidagi litsenziya, uning yuridik manzili va bank rekvizitlari to’g‗risida ma‘lumot. Turistik mahsulotning haridorgir xususiyatlari to’g‗risida aniq axborot, bunga yana yashash dasturi va marshruti haqida axborot, turistlarning xavfsizligi turistik mahsulotning sertifikatsiyasi natijalari to’g‗risida axborot ham kiradi. Sayohat boshlanishi va tugashi, davomiyligi, vaqti va kuni. Turistlarni kuzatib yurish va uchraShuvlar tartibi. Tomonlar huquqlari, majburiyatlari va mas‘uliyatlari. Turistik mahsulotning chakana narxi va to’lov shartlari. Guruhda turistlar sonini minimal miqdori, guruh to’lmaganligi sababi, sayohat qoldirilganligi haqida turistni ogohlantirish muddati. Shartnomani buzish shartlari, bundan kelib chiqqan kelishmovchiliklarni bartaraf etish va tomonlar sarf-harajatlarini qoplash tartibi. Turist tomonidan noroziliklarni bildirish muddati va tartibi. Shartnomaning boshqa shartlari tomonlarning bitimi asosida aniqlanadi. Turist turoperatordan yoki turagentdan sayohat davomida, kim tomonidan berilishidan qat‘iy nazar, turga kiradigan barcha xizmatlarni talab etish huquqiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |