Biznes reja tuzilishi
Biznes reja tuzilishi deyilganda, biz, unda yoritiladigan materiallar qisqacha tavsifiga e’tibor beramiz. Agar korxona o‘z faoliyatiga chetdan sarmoya (kapital) jalb qilishni nazarda tutsa, banklar va investitsion kompaniyalar uchun biznes reja vizit kartochkasi vazifasini o‘taydi. Uning yana bir vazifasi imkoniyatli (potensial) investomi korxona bilan yaqindan tanishtirish va hamkorlikda ushbu loyihani joriy etishga undash hisoblanadi. Har bir korxona o‘zi uchun «Biznes reja» tuzadi, ulaming reja tuzishdagi tutgan yoMlari, rejaning tuzilishi biznes xarakteridan, aniq maqsadidan va qarz beruvchining alohida talabalardan kelib chiqadi. Masalan: sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilar «biznes reja»si bilan aholiga servis xizmat ko‘rsatuvchilar «biznes reja»si bir-biridan tubdan farq qiladi. Biznes rejaga qo‘yilgan talablar o‘zgarib turadi: birinchidan, u investitsiya jalb etishga qaratilganmi; ikkinchidan, korxonaga rahbarlik qilishdagi ichki hujjat vazifasini o‘taydimi. Ammo- biznes rejani tuzish shaldidan qat’i nazar, shunday asosiy savollar borki uni tuzishda ular har tomonlama o‘ylanishi, baholanishi va aks ettirilishi darker.
Birinchisi: Korxona qanday faoliyat bilan shug‘ullanadi?
Ikkinchisi: Uning asosiy maqsadi nima?
Uchinchidan: Oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishdagi tutayotgan strategiyasi va taktikasi qanaqa?
To‘rtinchidan: qancha moliyaviy mablag‘lar talab etiladi, qaysi muddatga va ushbu resurslardan qanday foydalaniladi?
Beshinchidan: qachon va qanday tartibda ssuda qaytarib beriladi?
Bundan tashqari tuzilgan biznes reja ishlab chiqishning umumiy talablarga rioya qilishi kerak.
Ularga: Rejani qisqa bo'lishi, biznes haqidagi barcha asosiy ma’lumotlar qamrab olinishi va hajmi 7-10 betdan ortmasligi kerak. Ayrim holatlarda kengroq biznes reja tizimi talab etiladi, uning hajmi 50 betgacha borishi mumkin. Har qanday holatlarda biznes rejaga ikkinchi darajali masalalar kiritilishi mumkin emas. Jarayon (texnologiya) va mahsulotlami faqat texnik holatlarini yoritib berishga yo‘l qo'ymaslik zarur. Umum qo'llanishda bo'lgan terminlardan foydalanish tavsiya etiladi. Biznes reja sodda va to‘la bo‘lishi, rejalar aniq tahiilga asoslanishi lozim. Tahlilda aniq raqamlardan va takliflardan foydalanish zarur. Takliflar oldindan berilgan fikrlarga asoslangan va mustahkamlangan bo‘lishi shart. Masalan: bozomi o‘rganishda to‘g‘ri statistik, demografik tadqiqotlar natijalari va biznes olib boruvchi shaxslar xulosalaridan foydalanish lozim. Ko‘p hollarda investorlar va qarz beruvchilar asossiz axborotlarga tayanib, mablag'larini tavakkal qilib yuboradilar. Biznes reja investorlar va qarz beruvchilarga korxonaning asosiy pozitsiyani va holatlarini ko‘rsatib beradi. Korxona rahbarlarini ko'zlangan maqsadga erishishidagi qobiliyatlarini ham bildiradi. Bu omillardan investor to‘la xulosa chiqarib olishi mumkinki, mablag‘ni ushbu korxonaga jalb etilishi kelgusida ijobiy natijalar beradi. Shu bilan bir qatorda yuzaga kelgan ayrim muammolami hal etadi. Ya’ni:
belgilangan maqsadga erishish yoiidagi yuzaga kelgan tavakkalchilikka ham tavsifhoma berishi shart. Agar muammo va tavakkalchilik korxonaga bog‘liq bo‘lmagan holda yuzaga kelsa, tashqi doirada korxonaga bo'lgan ishonchni yo‘qolishiga yoki izdan chiqishiga olib kelishi mumkin;
asossiz, tasdiqlanmagan qaror qabul qilishga yo‘l qo'ymaslik darkor. Masalan, kelgusi yilga sotish hajmi 2 barobar ortadi deb belgilash yoki yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi deb hisoblash va hokazo. Aniq, asosli fikrlar va iqtisodiy hisob-kitoblar kerak, ular axborot manbalari bilan asoslangan bo‘lishi shart.
Biznes rejaga korxona strategiyasi, imkoniyatlari, kiritilgan bo‘lishi, shu jumladan to'siqlar, ulami bartaraf etishning to‘la imkoniyatlari yoritilishi zarur. •
Biznes reja va moliyaviy hisob-kitoblar, ichki foydalanish uchun tashqi foydalanuvchilarga nisbatan kengroq yoritilishi kerak.
Biznes reja tuzish ko‘p vaqt talab qiladi. Uning sifeti menejerlar tajribasi va olgan bilimlariga bog‘liq bo‘ladi. U yetarli darajada to‘liq bo‘lishi va har qanday investorga korxona haqida baicha ma’lumotlarga ega bo‘lishi imkonini bera olishi kerak. Bundan tashqari «Biznes reja» menejerlarga korxona faoliyatini boshqarishda yordam berishi kerak. Biznes reja tuzishga kirishgan har qanday menejer, o‘zidan katta kuch, uzoq vaqt talab qilishini his eta bilishi lozim. Ushbu jarayon korxona faoliyatini tahlili jihatidan qayta baholashni o‘z ichiga olishni bilishi shart.
Hozirgi kunda jahon amaliyotida biznes rejalaming 5 ta bo‘limlardan tortib 18 ta bo‘limgacha tuzib chiqilgan ko‘rinishlari rnayjud. Biznes rejalar tarkibi odatda biznes mazmuni, mohiyati, doirasi va darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Aniq tasawur hosil qilish maqsadida, ayrim misollar keitiramiz.
Biznes rejalar taxminiy tuzilishi:
bo‘lim. Firma imkoniyatlari (kirish).
bo‘lim. Tovarlar (xizmatlar) turlari.
bo‘lim. Tovarlami (xizmatlar) sotish bozorlari.
bo‘lim. Sotish bozorida raqobat holati.
bo‘lim. Marketing rejasi.
bo‘lim. Ishlab chiqarish rejasi.
bo‘lim Tashkiliy reja.
bo‘lim. Firma faoliyati huquqiy ta’minoti.
bo‘lim. Tavakkalchilikni baholash va sug'urta.
bo‘lim. Moliya bo'limi.
P-bo‘lim. Moliyalashtirish stryategiyasi.
Respublikamizda yengil avtomobillar ishlab chiqarishi bo‘yicha yagona hisoblangan «UzDEUavto» qo‘shma korxonasining 1997-yilgi biznes rejasi tarkibi quyidagi boMimlardan iborat:
bo‘lim. Asosiyholat.
bo‘lim. Sotish rejasi.
bo‘lim. Materiallar bilan ta’minlash.
bo‘lim. Ishchi kuchi rejasi.
bo‘lim. Ishlab chiqarish xarajatlari.
bo‘lim. Sotish va sotishdan keyingi xizmatlar.
bo‘lim. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar.
bo‘lim. Investitsiya rejasi.
bo‘lim. Moliya rejasi.
Agar biz bugungi kundagi 1999-yilgi biznes rejaga murojaat qiladigan bo‘lsak, unda bir qator o‘zgarishlar yuzaga kelganini guvohi bo‘lamiz. Investitsiya rejasi, sotish va sotishdan keyingi xizmatlar bo‘limi o'mini marketing rejasi raqobatbardoshlikni baholash bo'limlari egallamoqda. Bunday o‘zgartirishlarning sababi korxonani strategiyasidan kelib chiqadi.
Endi biz biznes rejalaming ayrim bo'limlarini tuzib chiqishning o‘ziga xos alohidaliklariga to'xtalib o‘tamiz.
Biznes rejaning ushbu bo‘limida korxona faoliyatiga har tomonlama tavsifiioma beriladi. Tavsifhomada o‘tgan davrda erishgan yutuqlari, bugungi kundagi holati va kelgusida rivojlanishiga zarur holatlar tahlil keng yoritiladi. Bu bo‘limni asosiy elementlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
korxonaning o‘tgan davrdagi faoliyati, mulk shakli darajasi bugungi kimdagi va kelgusidagi maqsadi;
faoliyat turi (chakana savdo, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish);
mahsulotlar (xizmatlar) turiga tushuncha, (bundan uning ko‘zlagan maqsadi alohidalik tomonlari, mualliflik huquqi, patent savdo markasi va hokazo);
ma’lum bir bozorda mahsulot sotilishining umumiy tomonlari va imkoniyatlari;
korxonaning tarmoqda tutgan o‘mi (aniq bir mahsulot, bozor segmenti va mavjud raqobatchilar bo'yicha);
korxonaning tarmoqdagi roli va tarmoq ichida rivojlanishi tendensiyasi (istiqbollari);
korxonaning asosiy maqsadlari;
tashkilotchilar, asosiy investorlar va rahbarlar;
qanday tashkiliy tuzilishga ega;
o‘tgan davrdagi yutuqlari va hozirgi kundagi kuchli tomonlari;
o‘tgan davrdagi muammolari va hozirgi kundagi kuchsiz tomonlari;
korxona muvaffaqiyatining kritik omillari va tavakkalchilikning tendensiyasi imkoniyatlari;
texnik qayta qurollashtirish va texnik taraqqiyot bo‘yicha tadbirlar;
foydalanilayotgan texnologiyaning holati;
moliyaviy hisobni olib borish usuli;
buxgalteriya hisobida foydalanilayotgan tizimlar;
korxonada mulkni sug‘urta qilish tizimi; .
qo‘shimcha sug’urta turlariga zaruriyat;
sug‘urta organlari va sug‘urta miqdori;
xavfsizlik tizimi va uning tovar material boyliklami muhofaza qilishdagi funksiyasi;
korxona hududiy ishlab chiqarish majmuasiga tavsifiioma;
korxonaning joylashgan o‘mi: afzalligi, kamchiligi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bu bo‘limdagi ma’lumotlaming ko‘pchiligi o‘tgan davrga va haqiqiy holatga asoslangandir. Ba’zi holatlarda kelgusi davrda rivojlanish haqida ma’lumotlar beriladi. Barcha talab etilgan ma’lumotlaming yoritilishi biznes reja sifati ortishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |